7 daqiqada fotogalereya ochish

Barchaga salom, uzoq kunlik tanaffuslardan so`ng, yana sizlar bilan bo`glanim turganimdan hursandman. Bugun , maksimal muddat – 7 daqiqada Fotogalereya ochish haqida gaplashamiz. Eng qizig`i jarayon mablag` talab qilmaydi – BEPUL. Demak biz, UCOZ tizimida fotogalereya ochamiz

Kerakli ish qurollari

UCOZ tizimida fotogalereya modulini o`rnatishdan oldin, undan ro`yhatdan o`tish lozim. O`z shablon saytimizga ega bo`lganimizdan keyin, unga Fotogalereya modulini o`rnatishni boshlaymiz. Ro’yhatdan o’tish uchun bu yerga bosing.

Fotogalereya modulini qo`shish

Ro`yhatdan o`tganingizdan so`ng, saytingiz faqatgina “Asosiy sahifa” moduliga ega bo`ladi. Biz yana “Fotogalereya” modulini qo`shishimiz kerak.

 

Buning uchun Admin panelning “Модули” bo`limiga o`tamiz va “+” belgisiga bosamiz.

Выберите модуль bo`limidan Фотоальбомы ni tanlang va Установить tugmasiga bosing

Admin panelning Modullar bo`limida yangi modul – Фотоальбомы paydo bo`ladi.

Eng kerakli sozlamalar

Fotogalereya moduli qo`shildi. Modul stabil  holada ishlashi, foydalanuvchilar uchun ishlashga qulay bo`lishi uchun bir qancha sozlamalarni o`zgartirib chiqish lozim.

Admin panelning Модули bo`limidan Фотоальбомы ni tanlang

Ayni damda biz Fotoalbom modulining boshqaruv panelidamiz. Avvalo, Fotoalbomga rasmlarni yuklashdan oldin, Kategoriyalar ni o`rnatib olish lozim. Buning uchun, Kатегории bo`limini tanlang.

Sahifada, UCOZ ning standart kategoriyalari ro`yhati mavjud. Hohishga qarab, ularni o`chirish yoki qoldirish sizning qo`lingizda. Menimcha, o`chirib tashlagan yaxshi.

Kategoriyalarni o`chirish uchun, ularni tanlash lozim. Kategoriya tanlanishi bilan ekranning pastida qizil Удалить tugmachasi chiqadi. Unga bosing va kategoriya bilan hayrlashing.

Diqqat!!! Kategoriya o`chirilsa, uning ichidagi materiallar ham o`chib ketadi.

Kategoriyani qo`shish uchun, o`ng taraf yuqorida joylashgan Добавить категорию tugmasiga bosing.

Kichik oyna ochiladi. Unga kategoriya nomi va ta`rifini yozing va Добавить ga bosing.

Kategoriyalar bilan ish yakunlangandan so`ng, Fotoalbomning asosiy sozlamalari bo`limiga o`tamiz. Eslatib o`taman, har bir harakat bajarilgandan so`ng uni ekranning o`ng taraf yuqorisida joylashgan “Сохранить” tugmasi yordamida saqlash esdan chiqmasin. Настройки bo`limidagi sozlamalarni quyidagidek qilib sozlang.

Настройки-Основные

Название модуля : Modul nomini o`zingizga moslashtirib olavering

Настройки-Внешний вид

Описание категорий в меню: yoqilgan

Тип масштабирования изображений слайдшоу: Вписывать

Настройки- Изображения

Тип уменьшения изображений при создании демо-картинки : сжатие

Fotogalereyaga rasm qo`shish

Va nixoyat, eng asosiy ishga ham yetib keldik. Fotogalereyaga rasm qo`shishni 2 xil usuli bor.

Buni ham o`qib ko`ring:   Ucoz saytni sozlashning oltin qoidalari

ADMIN PANEL ORQALI RASM QO`SHISH

Admin panel -> Fotoalbom moduli — > Материалы -> Добавить tugmachasi

Категория – Rasm qo`shmoqchi bo`lgan kategoriyangizni tanlang

Название фотографии – Rasm nomi, yozilishi shart!

Краткое описание – hohishga qarab, rasm haqida qisqacha izoh qoldiring

ДОБАВИТЬ tugmachasiga bosing va rasm qo`shiladi.

 

SAYTDAN RASM QO`SHISH

Saytingiz bosh sahifasiga kirib, Fotogalerega bo`limiga kiring va [ Добавить фотографию ] ga bosing

Bu usul bilan bir vaqtda bitta kategoriyaga bir nechta rasm qo`shsangiz bo`ladi.

Kategoriyani tanlang va Выбрать tugmasiga bosib, kerakli rasmlarni tanlang.

Barcha rasmlar tanlab bo`lingandan keyin Загрузить tugmasiga bosing.

Yangi ochilgan oynada, har bir rasm uchun nom yozishingiz so`raladi. Agar hohlasangiz Пропустить все tugmasiga bosing va bu jarayonni o`tkazib yuboring.

Modulni asosiy sahifaga chiqarish

Agar sayt faqat fotogalereya uchun ochilgan bo`lsa, u holda sizga Fotogalereyani “Saytning asosiy moduli” sifatida belgilashni maslahat beraman. Saytingizga kirgan foydalanuvchilar, Fotogalereyadagi materiallarni bosh sahifada ko`radilar.

Buning uchun, admin panelga kiring:

Настройки — > Системные

Главная страницаFotoalbom ni tanlang

Xulosa

Savollaringiz bo`lsa, izoh qoldirish orqali bering. E`tiboringiz uchun rahmat.

Maqola manzur kelgan bo`lsa, ijtimoiy tarmoqlarda do`stlaringiz bilan ulashing!

3 комментария

  1. Assalomu aleykum bitta sovolim boridi. Ucoz manga saytimga har bitta kirgan odam uchun pul t6lidimi yoki saytimdagi reklamani ustiga bosgani uchun manga pul tushadimi ? javob uchun oldindan rahmat.

    1. Assalom alekum.
      Banner reklamasi orqali pul ishlahni nazarda tutayotgan bo`lsangiz, unda ham ko`rsatgani uchun ham ustiga bosilgani uchun pul to`laydi
      Kontekst ya`ni matnli reklamada faqat ustiga bosilganda pul to`ladani

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.