Aldanganlar qismati. Telegram mosheniklardan ehtiyot bo’ling

Telegramda fitnachilar domiga tushib qolmang

(Manbaa: VC.RU / Viktor Samoylenko maqolasi)

Kelinglar telegramga boshqa tarafdan nazar solamiz. Har qanday tangani 2 tarafi bor. Asrning eng yaxshi messenjeridan ko`nglik qolib ketmasligi uchun nimalardan ehtiyot bo`lish kerak ?

Foydalanuvchilar uchun

Odatiy kontent iste`molchilari uchun xavf-xatarlar kam, lekin baribir bor. Masalan, botlar.
Bilamizki, telegramda yodamchi botlar talaygina. Ular bizga: futbol matchlari uchun chiptalarni band qilishadi, restoranlarda maxsus joylarga buyurtma berishadi, kinoteatrdan sevimli filmlarimiz seanslariga o`rindiqlar band qilishadi. Boshqalari turli tovar va xizmatlarni sotishda yordam beradi — oddiy o`quv qurollaridan tortib, yangi yilga qorbobolargacha.
Mana shu yerda ehtiyot bo`lish lozim. Hakerlar siz ishongan botlarni funksionalini «bajaradigan» botlarni yasashadi. Lekin, qilingan to`lov evaziga hech qanday xizmat olmaysiz.

Ulardan qanday himoyalanish mumkin ?

Birinchidan, har qanday o`zimi hurmat qiladigan kompaniyalar, hech qachon sizga shaxsiy habar yozishmaydi. Ular foydalanuvchilarga spam habarlar jo`natish o`rniga, telegram botlarini maxsus platformalarda ommalashtirishadi. Masalan: saytlar, ijtimoiy-tarmoqlar, erkin internet ommaviy nashrlarida.
Ikkinchida: har qanday botni tekshiring. Offitsial telegram botlar, siz kompaniya bilan har qanday vaziyatda bog`lanish uchun aloqa raqamlarini qoldirishadi. Yana, siz botga offitsial saytdagi profilingiz orqali kirishingiz kerak.
Shu sabab, agar sizga o`z xizmatlarini taklif qilish uchun shaxsiy habarlar bilan murojaat qilishsa, bilingki ular- moshenniklar.

Qo`ng`iroqlar va asablar…

Info
Telegramda qo`ng`iroqlar amalga oshirish imkoniyati paydo bo`lgandan so`ng, ba`zi moshenniklar foydalanuvchilarga qo`ng`iroq qilib asablariga tegishni boshlashdi.
Agar asablaringiz sizga kerak bo`lsa, qo`ng`iroq qabul qilishni faqat kontaktlarga ruxsat berish funksiyasini aktivlashtirish lozim.
Buning uchun : “Настройки — Приватность и безопастность — Звонки” ga kirib, faqat kontaktlar ni tanlash kerak.

Kanal administratorlari uchun

Kanallar huddi botlar kabi alohida e`tiborga loyiq. Agar siz mashxur shaxs yoki mediaga aloqangiz bo`lmasa, kanalingizni rivojlantirish uchun reklama zarur. Qisqa qilib aytganda, agar siz kanal ochish niyyatingiz bo`lsa, uning ommalashishi uchun mavzusi kanalingizga aloqador kanallardan reklama sotib olishingiz kerak.
Mana shu yerda ziyraklikni kuchaytirish lozim.
Kanal administratorlari uchun o`z kanallarida reklama sotish e`lonlarini joylashtiruvchi maxsus guruhlar bor. Mana shu guruhlarda ba`zi parazitlar zax bosgan qurbaqadek umr o`tqazishadi. Xo`sh, savdo guruhlarida moshenniklar qanday usul bilan foydalanuvchilarni aldashadi ?
Ular o`zlarini reklama sotayotgan kanal administratorlaridek tanishtirishadi. Siz reklama uchun pul to`laysiz lekin reklamangiz kanalda chiqmaydi. Ba`zida ular, to`lovni bir qismini to`lashingizni yoki maxsus chegirmalar taklif qilishadi va shu orqali sizni hushyorligingizni sotib olmoqchi bo`lishadi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegram akkauntni o'chirish

Aldanmaslik uchun nima qilish kerak ?

Birinchidan, kanal administratori bilan bog`lanish va reklama haqida kelishuv olib borish uchun faqatgina KANAL INFO sidagi ko`rsatilgan kontakt orqali bog`lanish kerak.
test
Ikkinchidan, reklamani maxsus analitik resurslar(tgstat.ru, telemetr.me)dan tanlab, administratori bilan to`g`ridan to`g`ri bog`langan ma`qul.
Bu saytlarda tekshiruvdan o`tgan kanallar joylashtiriladi. Kerakli tematikani tanlang, reklamani tez va xavfsiz sotib oling.

Xulosa:

«Guruch ko`rmaksiz bo`lmaydi» — deganlaridek, har qanday messenjer yoki ijtimoiy tarmoqlarda kichkina xatoliklar bo`ladi. Kichik noqulayliklariga qaramay, Telegram dunyodagi eng mashxur messenjer bo`lib qoladi.

 

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.