Avtor haqidagi uzun hikoya — qisqacha

Hush kelibsiz!

Assalomu alaykum, hurmatli blog o’quvchilari. Sizlarni ushbu saytda ko'rib turganimdan judayam hursandman. o’quvchi va blog ortasidagi muloqot yanada qiziq bo’lishi uchun ismi sharifimni hozircha sir saqlab turaman. Sizlarga ma'lum tomoni faqatgina mening taxallusim….Smash. Bu taxallus bilan bir paytlar uzmob.uz saytida faoliyat yuritganman. Shu shu internet olamida faqatgina foydalanuvchi o`rnida qolmaslik uchun kurashib kelmoqdaman.

Muqaddima….

Aslida hikoya mana bunday bo’lgan edi :). Xazil albatta. Ilk bor internetga 2007-2008- yil adashib kirib qolganman. Maktabda o’qib yurgan paytimda uydagilarga : Informatika ustozimiz internetda pochta ochish kerak deb, uyga vazifa berdilar deb, ozgina yolg’on ishlatib, internet yoqtirib olganman.

Sayt qanday ochiladi deya o’zimga juda ko’p bor savol berganman. Lekin, javob darxol kelmagan. Keyinchalik, bir do’stimni taklifi bilan uzmob.uz saytiga kirib qolganman. Ana shundan keyin jarayon ancha tezlashgan. Usha saytdagi maqolalar orqali sayt ochish va shunga aloqador barcha bilimlarga ega bo’lganman. Vaqt o’tishi bilan shu saytning hurmatli foydalanuvchisiga aylanganman va ban olganman. Keyin o’qish ish boshlanib bu saytga kirmay ham qo’ydim. Esimda doim Rustik nomli foydalanuvchi bilan tortishib o’tirardim.

Blogning asl maqsadi:

Bu blog aslida sizlar, sayt ochish yoki internetdan qo’shimcha daromad olishni istaganlar uchun ochilgan. Birinchi qadamni tashlash doim qiyin bo’ladi. Aynan shu bosqicha juda ko’p savollar paydo bo’ladi. Shu vij-vij savollaringizga blogimizdan javob topsangiz bag’oyatda hursand bo’lamiz. Maqolalar bo’yicha savollaringiz bo’lsa, behijolat fikr qoldirishingiz mumkin. So’z beraman, agar o’lib qolmasam javob yozaman. Hayotda hamma narsa bo’ladi 🙂

Bilingki, G`alaba sabr ila kelajak!

P.S shoshmay turing:

Yaqinda telegramda o’z kanalimizni ochdik. Blogga qo’shilgan yangi maqolalardan tezkor habardor bo’lishni istasangiz:

@WEBOLOGY_UZ — obuna bo’ling!