Bloklangan saytlarni ochish

Bir bor ekan, bir yo`q ekan…

Yaqinda bir saytdan ro`yhatdan o`tdim(sayt nomi sir bo`laqolsin) . Admin bilan tortishib qolganim sabab u meni ip-adresim bo`yicha banladi(blokladi, qarg`adi). Natijada mazkur saytdan foydalanish baxtidan ayrildim. Sayt sozlamalari shunchalik o`jar ediki, ro`yhatdan o`tmagan foydalanuvchilarga u yerda kun yo`q edi. Muammo hal, yangi profil ochaman. Yangi profilni ochdim, lekin afsus saytda o`xshash ip-adreslardagi profillarni aniqlash funksiyasi bor ekan. Admin meni darxol aniqlab, yangi profilimni ham blokladi.

Taslim bo`lishimga bir baxya qolganda google menga yordam berdi. Men Proxy anonimayzerlar bilan tanishdim va yaqindan do`st tutindim. U bilan qilgan sayohatim vaqtida men uchun berk bo`lgan ko`pgina saytlarni ochdim. U meni yaxshi tushunar edi. Demak, tanishing proxy anonimayzerlar

Anonimayzer o`zi nima ?

Proxy Anonimayzer — sizni ip adresingizni boshqa ip bilan almashtirib qo`yadi. Natijada siz O`zbekistonda bo`lasiz, lekin internet olami uchun Shvetsariya, AQSH yoki Rossiyada istiqomat qiluvchi fuqaro bo`lib ko`rinasiz. Hullas, haqiqiy ayyorlik.

Menga ayon bo`lishicha proxy anonimayzerlar juda ko`p ekan. Lekin, men ulardan ishlash uchun eng qulay va osonini tanladim. Bunday servizlardan tekinga foydalanish evaziga brauzeringiz yuqorisida kichik reklama ba`zi ba`zi bilan chiqib turishi mumkin. Tekin bo`lgani uchun, ko`z yumsa arziydi )

Anonimayzerlar ro`yhati

Ana endi ikkinchi taomni ham tanovvul qilsak bo`ladi. Kutib oling, anonimayzerlar ro`yhati:

Qanday foydalaniladi ?

Bu juda oson. Deyarli barchasi bir xil. Anonimayzer saytiga kirasiz va siz uchun bloklangan saytni manzilini yozasiz. 1 2 sekundan so`ng, anonimayzer sizni shu saytga boshqa ip adres bilan yo`naltiradi. U yog`i kayfiyatingizga havola.

Kichik nosozlik

Aytish yodimdan ko`tarilibdi. Agar siz internet provayderlardan(uzonline, tps, sarkor telekom, comnet va h.k.) foydalansangiz, proxy ni esdan chiqaring. Chunki anonimayzer saytlar provayderlarning qora ro`yhati da turadi. Shu sabab, bu saytlar sizda ochmasligi mumkin.

Hayot harakat qilganlarni yoqtiradi!

5 комментариев

    1. Ha, afsuski(balki yaxshilikgadur) proxy servizlar provayderlar tomonidan bloklangan. Aynan shu sayt(webology.uz)ning hosting shartnomasiga qo`l qo`yayotganimda hoster : «Iltimos faqat proxy tunnel ochmang» degan edi. Aks xolda saytim bloklanar ekan. Shunaqa gaplar.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.