CAPTCHA — o`lay agar men robot emasman

CAPTCHA orqali pul ishlab ro`zg`or tebratayotganlar uning aslida nima va qachon paydo bo`lganidan habarlari bormikin ? Bu ish orqali savob olish yoki gunoh qilish mumkin ekanliginichi ?

CAPTCHA o`zi nima ?

Qisqa qilib aytganda:

Completely Automatic Public Turing Test to tell Computers Humans Apart – ya`ni , o`zbekchaga tarjima qilganda “Ingliz tili darsida orqa partada uxlash kerak emas edi” degan ma`noni beradi. Hazil albatta, CAPTCHA: Tyuringning kompyuter va odamni ajrata oladigan to`liq avtomatlashtirilgan testi”

Har safar biron saytdan ro`yhatdan o`tayotganingizda yoki fayl yuklayotganingizda robot emasligingizni tekshiruvchi tushunarsiz rasm chiqsa – bilingki shu CAPTCHA yoki siz yuzingizni yuvmagansiz.

Kelib chiqish tarixi

2000-yilga kelib spam robotlarga qarshi kurash ommalashdi. Lyuis Fon Allen boshchiligidagi Karnegi Mellon universiteti robotlarni odamlardan filtrlashning yangicha yo`lini o`ylab topishdi. Ekranga faqat odam o`qiy oladigan “buziq harflar” ni ko`rsatish. Odam esa maxsus formaga shu harflarni to`g`ri yozish orqali robot emasligini isbotlardi. Usha davr spam botlari odamzot tomonidan berilgan bunday zarbaga dosh bera olishmadi.

2009-yilda Lyuis Fon Allen tekshiruv tizimini mukammallashtirish maqsadida yangi g`oyani taqdim etdi. Lyuis: “Odamlarning shuncha yil davomida tekshiruv kodi maydoniga yozgan simvollari bekor ketmasligi kerak” dedi va yangi reCAPTCHA ni taqdim etdi (bu CAPTCHA sizga ko`p uchragan).

E`tibor berganmisiz ba`zi tekshiruv kodlari kitoblarning skanerlangan rasmlariga o`xshaydi ?

Huddi shunday. Yangi tizim foydalanuvchiga 2 ta kod beradi:

Birinchisi: Tekshiruv so`zi. Kompyuter tomonidan aniqlanib bo`lgan kod. (Kod to’g’ri kiritilganini shu so’z orqali aniqlashadi)

Ikkinchisi: Avtomatik matn aniqlash tizimi aniqlay olmagan ixtiyoriy xujjatning fragmenti(bo`lagi) .

CAPTCHA kodini terayotganda: tekshiruv kodini to`g`ri tersangiz ikkinchi kod natijasi saqlanib qoladi va hujjatlarni elektronlash tizimiga yuboriladi va o`z navbatida ularga gazeta/jurnal/kitob larni elektron holatga keltirishga yordam beradi. Bu kodni 10-15 ta odam topsa u keyingi kodlar uchun birinchisi ya`ni tekshiruv kodi sifatida xizmat qiladi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda sarmoyasiz pul ishlash

Shunday qilib kuniga millionlab odamlar turli kitoblarni elektron variantini ishlab chiqarishda o`zlari bilmagan holda yordam berishadi.

reCAPTCHA ni ham buzishdi

Endi CAPTCHA ni robotlar buzishmaydi. Ular hozir odamlardan ish o`rinlarini olib qo`yish bilan band. Endi CAPTCHAni odamlarning o`zi buzadi. Ahmoqgarchilik dersiz balki ? Ha. 100%.

Internetda 10 lab pullik CAPTCHA aniqlash servizlari mavjud bo`lib, ular har bir captchani to`g`ri topgan foydalnuvchiga pullik rag`bat berishadi. Ya`ni, maqola boshida aytganimdek, shunchaki kodni terib pul ishlashadi. Lekin, ularning ko`pchiligi “Har bir to`g`ri terilgan CAPTCHA bu yana bitta spam xatning yuborilishi uchun qilinayotgan harakat” ekanligidan habari yo`q.

Google reCaptcha

Hozirgi vaqtda captcha ning eng oxirgi versiyasi — bu Google tomonidan tuzilgan captcha bo’lib, unda hech qanday kod terilmaydi. Sizni saytdagi harakatingiz va o’zingizni tutishingiz orqali google sizni robotdan ajratib oladi. Ishoning, mana man degan robotham saytlarda odamga oxshab harakat qila olmaydi.

Xulosa

Mana, CAPTCHA nima ekanligini bilib oldingiz. Endi uni to`g`ri topish savob ekanligini yoddan chiqarmang. Lekin, CAPTCHA saytlarda ham ko`p o`tirmang. Sababi, spam xat yuborishga yordamlashayotgan servizingiz sizning ham pochtangizga shu xatni yuborayotgan bo`lishi mumkin!

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.