ControllerBot — universal ish quroli

Oldimizga qo`yilgan vazifalar tez va oson yechim topishi bu barcha admin, nafaqat admin balki odamzotning orzusi bo`lsa kerak. Obunachilar kanaldagi postlar bir xil va zerikarli tus olmasligi uchun Kanal uchun eng kerakli 5 ta bot sizga yordam berar edi.

Shu 5 qurolni o`zida mujassam etgan 1 gina bot endi sizni ham vaqtingizni ham asabingizni tejaydi.

P.S. Post judayam uzun. O`qish vaqtida uxlab qolsangiz yerga qattiq yiqilmaslik maqsadida oldindan yostiq tayyorlab qo`ying.

Controller bot – admin uchun universal qurol

 

@ControllerBot – kanal yuritish uchun eng kerakli ish qurollar to`plami. Bobomning xo`jalik qurollari chamadonidek mukammal emasku, lekin ishlatsa bo`ladi.

@ControllerBot orqali siz:

  • Belgilangan vaqtda kanalga post e`lon qilishingiz
  • Postlaringizga HTML teglari orqali bezatishingiz
  • Postlar tagiga emoji-smayliklar yordamida ovoz berish tugmachalarini joylashtirishingiz (LIKE lar)
  • Postlarga inline-knopkalar o`rnatishingiz mumkin.

ControllerBot ni kanalga ulash

@ControllerBot orqali postlarni e`lon qilish uchun avval yangi bot tuzish kerak. Yangi bot — kanalingiz uchun admin paneldek xizmat qiladi. Ya`ni, kanaldagi e`lonlarni barchasini shu bot orqali e`lon qilasiz.

Qisqa qilib aytganda : Botfather dan yangi bot ochamiz va token ni Controllerbotga yuboramiz.

Batafsil:

  • @ControllerBot ga /add buyru`gini yuboring
  • @BotFather ga kiring va start tugmachasini bosing
  • @BotFather ga /newbot buyrug`ini yuboring
  • Botga nom bering. @BotFather sizga botning token kodini yuboradi . U taxminan 5882235663:AAGTay-zmz03qwevFeLddrjn1c_g6Y8zJ1A ko`rinishida bo`ladi. Uni ko`chirib oling.
  • @ControllerBot ga kiring va Tokenni
  • O`z kanalingizga kiring va hozirgina ochgan botingizni admin qilib tayinlang
  • @ControllerBot ga kiring va kanalingiz @username(manzili, niki) ini yuboring. Masalan: @webology_uz
  • @ControllerBot siz yaratgan bot haqiqatdan admin ekanligini tasdiqlagandan so`ng, u — sizga qaysi vaqt zonasi to`g`ri kelishini so`raydi. Unga Tashkent deb yuboring. U sizni Uzbekistan ga tegishli ekanligingizni so`raydi siz Вернo tugmachasini bosing.
  • Tabriklaymiz, bot sozlandi. @ControllerBot siz ulagan kanallarni ro`yhatini yuboradi. Ulardan yaqinda ulagan kanalingizni tanlang.
Buni ham o`qib ko`ring:   Post tagida Ulashish tugmachasini o'rnatish

Endi kanalga post yuborish uchun siz tuzgan bot dan foydalanasiz. Bu bot siz uchun admin panel dek hizmat qiladi.

@ControllerBot siz tuzgan botga yo`naltirgandan so`ng, kanal postlari uchun boshlang`ich sozlamalarni tanlab chiqish kerak. Dastlabki sozlamalar ham chakki emas, bu yog`i o`z fantaziyangizga bog`liq.

Birinchi post

Ilk postni yozish uchun :

Siz tuzgan yangi bot (Keyinchalik : Boshqaruv boti) ga kiring va o`zingiz hohlagan matnni yozing.

Har safar matn yozganingizda Boshqaruv boti tayyor post namunasini sizga yuboradi.

Tayyor bo`lgan postni obuna qilish uchun Далее tugmasini bosing.

Bot sizga e`lon qilish uchun variantlar taklif etiladi.

 

Задать таймер удаленияE`lon qilmoqchi bo`lgan postingiz kanalda e`lon bo`ladi lekin siz belgilagan vaqtda avtomatik tarzda o`chib ketadi. Kanalda reklamani shu funksiya bilan qo`yish samarali

ОпубликоватьSiz yozgan post darxol kanalda e`lon qilinadi (Bizga shunisi kerak)

ОтложитьSiz belgilagan vaqtda kanalda e`lon bo`ladi.

Biz Опубликовать tugmachasini bosamiz. Bot postni e`lon qilishni tasdiqlashingizni so`raydi. Yana Опубликовать tugmachasini bosing va postingiz kanalda e`lon qilinadi.

HAR BIR POSTNI YUBORGANINGIZDAN SO`NG, BOT SIZGA EHSON QILISHNI SO`RAYDI. YANGI POST YOZISH UCHUN ESA Вы уж как нибудь сами tugmachasini bosing.

Belgilangan vaqtdagi postlar (Отложенные посты)

Endi postlarni o`zingiz belgilagan vaqtda kanalda e`lon qilishingiz mumkin. Masalan: Ertangi postlarni bugun yozib qo`yishingiz mumkin. Bot esa siz belgilagan vaqtda e`lon qilaveradi.

Buning uchun kerakli postni yozing va Далее tugmachasini bosing. Faqat bu safar Отложить tugmachasini bosing.

 

Kerakli kunni tanlang va botga kerakli soatni yuboring.

Endi post siz hohlagan vaqtda kanalda e`lon qilinadi.

Postlarga Like tugmachalarini o`rnatish

Endi @likebot yordamida har bir postni oldin unga keyin kanalga yuborish shart emas. Controllerbot sozlamalari orqali siz har bir post tagiga avtomatik like tugmachalari chiqadigan qilishingiz mumkin.

Buning uchun Boshqaruv boti ga kiring. Настройки tugmachasiga bosing.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda sarmoyasiz pul ishlash

Реакции по умолчанию tugmachasiga bosing va o`zingizga yoqgan smayliklarni yuboring.

Diqqat! Hohishga qarab 1 yoki bir nechta smaylik yuborishingiz mumkin

Post tagiga rasm qo`yish

Postdan oldin rasm yoki undan keyin rasm yuborish bu qiyin ish emas. Lekin Rasm va Matn bitta postda bo`lishi bu o`zgacha ko`rinadi.

Buning uchun Boshqaruv botiga kiring va kerakli matnni yuboring. Bot sizga javoban yuborgan post namunasi tagida Прикрепить фото tugmachasiga bosing.

Kerakli rasmni tanlab botga yuboring:

Post tagiga tugmachalar o`rnatish

Hozir ssilkalar o`rniga inlayn tugmachalar dan foydalanish urfga aylangan. Post tagiga tugmacha o`rnatish uchun:

Buning uchun Boshqaruv boti ga kiring va kerakli matnni yuboring.

Yuborilgan matn namunasi sizga post ko`rinishida kelganda Добавить URL кнопки tugmachasiga bosing.

Endi tugmacha uchun ssilkalarni yuboring. Tugmalar bir yoki undan ko`p bo`lishi mumkin.

Tugmacha qo`yish formati : Tugma nomi – http://ssilka

Google – http://google.ru

Shu usulda kerakli tugmalar ssilkasini yig`ib botga yuboring

Endi siz yuborgan post tagida Google nomli tugmacha bo`ladi. Unga foydalanuvchi bosganda u google bosh sahifasiga yo`naltiriladi

HTML kodlar

Postlaringiz matnida kerakli so`zni yog’liq yoki qiyshaygan matn yozmoqchi bo’lsangiz — matnlaringizda shunchaki tegishli html teglarni ishlating.

Masalan:

<b>Yogliq matn</b> — (Natija: Yog’liq matn)

<i>Qiyshiq matn</i> — (Natija: Qiyshiq matn)

<a href = «http://webology.uz»>Webology.uz</b> — (Natija : Webology.uz)

Teglar orqali matnni hohlagan joyida hohlagan so’zga bezak berishingiz mumkin:

<b>Webology.uz</b> blogiga hush kelibsiz. — (Natija: Webology.uz blogiga hush kelibsiz)

Xulosa:

Hamma adminlarga oson, adminlarga oson deydi. Qayoqda deysiz…. o`z foydalanuvchilarini hursand qilaman deb 3 xil botning 9 xil qilig`iga chidab, ulardan ma`lumotlarni yig`adi va sizga jo`natadi. Exx odamlar odamlar…

Bizga sizning kamtarona e`tiboringiz va shaxsiy fikrlaringiz judayam muhim. Savol va takliflar bo`lsa, komentariyada qoldirishingiz mumkin.

5 комментариев

  1. Zo’r maqola bo’ldi gap yo’q.
    Hamma kanalda shunaqa psotlarni ko’rib shularni o’rganishga kirishib mana sizlarni yordamilar bilan tushunvoldim.

    1. Adashmasam bunaqa funksionalga ega bot hali tuzilmagan. Tuzilganda ham undan foydalanadigan odamlar ham bo`lar edi. Sababi, botga kanaldagi ma`lumotlarni o`chirish imkoniyatini berish ahmoqgarchilik deb o`ylayman

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.