E-mail kerakmi ? Muammosiz!

Odamzot borki, doim ishini tez, oson va kam harajat bilan bitirishga urinadi. Shu sababmi, bir marttalik ishlatish vositalarining savdosi yaxshi.

                Yaqinda bir saytdan fayl ko`chirishga majbur bo`lib qoldim. Lekin, ming afsuski bu sayt meni banlagan edi(oxirgi paytlar ko`p banlashayapti). Saytan yangi profilni ro`yhatlash orqali muammoni hal etmoqchi edim afsuski pochta qutim eski banlangan profilim tomonidan band ekan. Birgina fayl uchun yangi pochta ochishga erindim. Juda. Shunda menga vaqtincha e-mail xizmati yordamga keldi.

Turli saytlardan keladigan SPAM xatlar joningizga tegib ketdimi ? Unda quyidagi matn siz uchun!

U nimadur, o`zi boru tagi yo`q ?

Vaqtinchalik pochta xizmati sizga, 5 daqiqaga ixtiyoriy manzildagi pochta qutisini ishlatib turish imkoniyatini beradi. Bu xizmat orqali siz begona saytlardan xatlarni qabul qilishingiz mumkin. Mening muammoyimda eng maqbul yechim shu edi.

Maxsus manzilni ro`yhatdan o`tayotganimda kirgazdim va vualya! Ish berdi. Sayt pochta tasdiqlash kodini men kiritgan manzilga yubordi. Men esa, ayyorlik bilan serviz orqali u xatdagi kodni o`lja saytga qaytib kirgazdim va Kirgazdim.

Servizlar ro`yhati

Servizlar ham qizlarning nozi kabi turli hil. Qaysidur serviz sizga 5 daqiqaga bersa, yana biri 1 soatlik muddat beradi. Servizdan foydalanish bepul. Lekin, ishlatgan pochtangizni muddatini cho`zdirmoqchi bo`lsangiz mullajiringdan voz kechishga to`g`ri keladi.

Quyida serviz saytlar ro`yhati kiritilgan:

 

Esdan chiqmasin

Umuman olganda bu ro`yhatni cheksiz davom ettirsa bo`ladi. Lekin sizlarga eng yaxshi va tezkor servizlar ro`yhatini taqdim etish niyyatida edim.

Buni ham o`qib ko`ring:   Blockchain sodda tilda

P.S. Yana bir narsa esdan chiqmasin. Ba`zida xatlar vaqtinchalik pochtaga kelmay qoladi. Bu, siz ro`yhatdan o`tayotgan sayt vaqtinchalik pochta xizmati serverini qora ro`yxatga tiqib qo`ygan degani. Shuning uchun, biri ish bermasa, boshqasidan foydalaning!

 

 

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.