Eng yaxshi TEKIN VPN servizlar

Barcha blog tashrif buyuruvchilari va obunachilarga salom va bir vaqtining o`zida – uzoq vaqt post qoldira olmaganim uchun uzur so`rayman. Bir tiyinga qimmat ishlarim ko`payib ketdi.

Saytlarga kira olmayapsizmi ? Telegram ba’zida ishlamay qolayaptimi ?  Maqola sizga yordam beradi.

Hullas, hamma telegram taqdiri endi nima bo`ladi ?, nega men ba`zi saytlarga kira olmayapman ? degan savollar bilan o`zini qiynayotgan bir paytda biz, muammoni tekin va i sifatli yechimini topdik.

Habaringiz bor, Roskomnadzor nomli maxluq telegram serverlarini bloklash bilan birga, quyuq suyuq aralash boshqa servizlar IP adreslarini ham bloklamoqda. Bu servizlardan to`g`ridan to`g`ri foydalana olmaydigan gunohkorlar endilikda maxsus VPN dasturlar orqali serverlarga ulanib, o`z ishlarini davom ettirmoqdalar. Mana sizga, sifatli va tekin (bilaman ahmoqona jaranglaydi) VPN servizlar ro`yhati. Ularni Google Play Marketdan yuklab olib, bemalol android qurilmangizda ishlatsangiz bo`ladi.

P.S. Servizlarning barchasidan kompyuter orqali ham foydalansa bo`ladi, mabodosiga.


ExpressVPN – 30 tekinman, undan keyin sekinman

Bu serviz 100% tekin emas. Unda 30 kunlik sinov muddati bor. Yana bir qiziq joyi, agar unga to`lov o`tkazgan bo`lsangiz va serviz sifatidan ko`nglingiz to`lmasa, ular sizga pulingizni qaytarib berishadi (unisiga javob yo`q, o`zim sinab ko`rmaganman, lekin shunaqa deb yozib qo`yilgan)

  • Tezkor VPN serviz, xatto Netflix da kino ko`rsa ham bo`ladi
  • Ishlatish qiyin emas, shunchaki yulab olinsa bo`ldi
  • 90 dan oshiq davlatlar serveriga ulansa bo`ladi

TunnelBear – 500 mb gacha tekin

Tasavvur qiling, siz qaysidir saytga kira olmayapsiz. Shunchalik darajada shoshayapsizki, xojatxonaga kirish ham esingizda chiqib qoldi. Sizga taqiqlangan saytdagi malumot juda zarur. Nima qilamiz ? TunnelBear ni ko`chiramiz.

Plyuslari: Turli qurilmada ishlaydi(iphone, android, kompyuter)

Minuslari: Tekin tarifida bir oyga 500mb traffik beradi. Undan keyin o`chadi (


HideMe – 2 GB gacha tekin

Malayziyaning bag`ri keng servizi sizga 22 davlatda joylashgan 28 ta serverdan 1 oy davomida 2GB limit gacha foydalanish imkoniyatini beradi. Traffik 2 GB ga yetdimi, pul to`lash haqidagi ertak boshlanadi.


BetterNet – doimo tekin

Doimo tekin – bu BetterNetning shiori. Undan foydalanish oson, yuklab ol va ishlat. Traffik cheklanmagan shu sababli yangi VPN ishqibozlari orasida ommalashgan. Faqat bitta minusi bor : Serverga o`zingiz tanlab ulana olmaysiz. Dastur avtomatik tarzda 10 ta serverdan biriga ulab qo`yadi. Uzur, yana bir minus tomoni, serverlari yaxshi himoyalanmagan.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda pul ishlash sirlari


Windscribe – tekinxo`rlarni kamsitamiz

Tekin VPN servizlar ichida eng zo`ri desa ham bo`ladi.

  • Tekin tarifida 10GB gacha ruxsat
  • Tezligiga gap yo`q
  • Taklif qilgan do`stingiz uchun 1 GB dan qo`shimcha traffik olasiz
  • O`zining maxsus reklama bloklash tizimi va feyrvoli bor

Yagona minusi : Tekin tarifida faqat cheklangan serverlardan foydalanish huquqiga egasiz. Ha nima, to`lab qoyuvmidingiz ? derdim, agar menejer bo`lganimda


Xulosa

Yuqoridagi servizlardan menga eng ma`quli ExpressVPN bo`ldi. Sababi, cheklanmagan traffik. 30 kun ichida exxe, nima gap nima so`z. Balki, boyib ketib, pullik tarifiga o`tib olarman.

Agar maqsad doimiy tekin ishlatish bo`lsa, Windscribe ham yaxshi taklif.

4 комментария

    1. Assalomu alaykum. Maqolada keltirilgan ba`zi servizlar VPN dan tekin foydalanish uchun ma`lum traffik bilan chegaralab qo`yishgan. Traffik tekin degani, u chegaralanmagan degan ma`noda. Megabaytlaringiz ketaveradi.
      VPN server orqali saytga kirayotganda, Siz:
      1 — VPN serverga ulanasiz
      2 — Server sizning ip adresingizni o`zgartiradi
      3 — Internetni VPN server orqali ishlatasiz. Ya`ni cheklovlar olib tashlanadi.
      Agar VPN ishlatmasangiz taqiq qo`yilgan saytga kira olmaysiz.
      VPN server siz ishlatgan har bir megabaytni hisoblaydi va limitga yetganida siz uchun ishlamay qoladi. Undan keyin faqat pullik to`lov orqali ishlatishingiz mumkin.
      Agar trafik tekin bo`lsa, cheklov bo`lmaydi. Ishlataverasiz

  1. Admin, rahmat sizga ma`lumotlar uchun, saytdagi barcha maqolalarni o`qib chiqdim, bu maqolalarni o`zingiz yozib chiqasizmi, juda ajoyib. Hazil ham me`yorida, shu saytga kirsam maqolalarni maza qilib o`qib chiqaman, ishlashda to`xtamang omad !

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.