Haqiqiy aforizmlar — ular qanday bo’ladi ?

Qachondir o`ylab ko`rganmisiz, chiroyli iqtibos(aforizm)larni
kim yozadi ?
Ko`cha bollaridan — malikalargacha, buyuk faylasuflardan yangi zamon yozuvchilarigacha.

Siz foydalanayotgan statuslaringizni tekshirasizmi ?

Nega bu savolni berayotganimni hozir bilib olasiz. Yaqinda chiroyli so`zlar bilan yozilgan rasmli aforizmga ko`zim tushdi. Aforizm avtori Bernard Shou(yozuvchi). Men uchun chiroyli status rasmlarini olib, profilga qo`yish odatiy hol. Lekin, bir necha kundan keyin nima bo`lganini siz tasavvur ham qila olmaysiz. Men huddi shu statusni bir odam profilida ko`rdim. Yagona farqi shunda ediki, avtor umuman boshqa odam yozilgan. Men o`zimni, ko`krak o`rniga so`rg`ich tutqazib
qo`yishgan go`dakdek his qildim go`yo. Va men o`ylanib qoldim… Hamma uchun…

Biz o`qiyotgan iqtiboslar qanchalik o`z egasiga tegishli ?
Ular haqiqiy avtormi yoki ?

Axir aforizm yozilgan rasmlar hozir trendda. Ularning ahamiyatli jihati shundaki, odamlar ayni damdagi holatlaridan kelib chiqib tanlashadi. Ba`zida bu so`zlar qalbimizga judayam
yaqin tuyiladi.

Iqtiboslar bizgacha yetib kelguniga qadar chalasavod «avtorlar» qo`lida o`zgarib ketishi hech gap emas. Eng qo`rqinchlisi, masu`liyatni his qilmaydigan «islomiy iqtiboslar» ni yasaydigan adminlar. Ularning birgina imloviy xatosi yoki bee`tiborligi bir necha ming kishini adashtiradi.

So`zlar — biron shaxsni tashqariga chiqargan hayollari jamlanmasi hisoblanadi. To`g`risini aytganda, Adolf Gitler, ateist, pedofil, gomoseksualist yoki terorist yozgan aforizmlarni profilimga qo`yib ularni fikriga hayolan qo`shilmoqchi emasman. Agar haqiqiy avtor kimligini siz bilmasangiz, uni siz bilgan odamlarning hech bo`lmaganda 1 tasi bilish ehtimoli bor. Bu esa siz uyalib qolishingiz mumkin degani.
Shuning uchun, foydalanayotgan har bir aforizmlaringizni avvalo avtori haqida qiziqishingizni maslahat beraman.

Qadimda bir buyuk shaxs:
Inson ongiga berilgan zarba, atom zarbasidan 1000 barobar
kuchli. Chunki, atom zarbasi ofatlarini hisoblasa bo`ladi,
lekin ongi zaharlangan odamlarni hisobini bilish mumkin emas, degan ekan.
Va bu buyuk so`zlarning avtori Islom Abdug`aniyevich Karimov
bo`lib, mazkur so`zlar uning kitoblaridan olingan.
O`qing, O`rganing va albatta Tekshiring.

Buni ham o`qib ko`ring:   Blockchain sodda tilda

Siz ishlatayotgan aforizmlaringiz avtorini tekshirasizmi ? Javoblaringizni komentariyada kutaman.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.