Internetdagi Ahmadboy yoki Bankir bot nayrangi

Ahmadboyni kim eslay oladi ? Haqiqiy shovvoz, xalqdan olgan pulini salqga qaytarib berdi. To`g`ri qisman. Umuman olganda, men Ahmadboyni yomonlamoqchimasman. Axir u hech kimni pulini majburlab olmagan. Og`ir mehnat o`rniga oson pul topishni o`ylagan va bir vaqtni o`zida «Sudxo`rlik» dan qo`rqmagan odamlar Ahmad Piramidaning o`ljalariga aylandilar. Haromga javoban Yaratgan ularni buyuk yolg`on bilan jazoladi.

 «Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!» deganlaridir» (Baqara surasi, 275).

Jazolarini bu dunyoda olganlari uchun Allohga rahmat deyishsin.

Bankir bot vasvasasi

Engi asosiy mavzuga o`tsak, Bankir bot. Bu bot atrofida ko`tarilgan shov-shuv barcha divan qahramonlariyu, kontratki ko`ziga ko`rinib ketgan talabalar orasida keng tarqaldi.  Ha nima ? Har bir botga taklif qilingan ishtirokchi uchun 2$  — qorinni og`ritadimi ?

Mazkur botning foydalanuvchilarga yaratib bergan sharoiti,  uning raqobatdoshlari orasida juda katta kuchni berdi. Hamma botlar buxanka bersa, Bankir sizga patirnon, qaymoq va shirchoy bermoqda. Shubhali emasmi ?

Ruslarning bir maqoli bor: Tekin pishloq faqat qopqonda bo`ladi.

Falsafiy suhbatdan obyektiv faktlarga o`tsak:

Bankir bot moshennikmi ?  Nega ?

Botda Matizga pul yig`ib qo`yganlar yig`lamasin, lekin HA! Botga ishonish judayam shubhali. Chunki :

1 — Bot siz bajarayotgan vazifalarga judayam ko`p haq to`laydi.

2 — Bot ishlashdan ko`ra uning qotib qolishi ko`proq.

3 — Ishlagan pullaringizni yechib olish uchun 1$ talab qiladi. Agar u rostan ham pul to`laganda konvertatsiya uchun pul so`ramasdan, uni siz ishlab topgan haqqingizdan ayirib qolgan bo`lar edi.

Eng qizig`i, ishlab topgan pulimni yechib olishga kelganda, bot — «Sizning hamyoningiz rublda ekan. Biz esa haqni Dollarda to`laymiz. Pulni hisobingizga yechib olish uchun konvertatsiya qilish lozim. Konvertatsiya haqqi 1$» deya javob qaytaradi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Membersgramm - Sifatga tupuring

Men qanday to`lov tizimini ishlatishimni botga bildirmadim. Lekin uning ekstrasensorlik qobiliyati, unga meni rubl hisobida ish yuritadi deb tanishtirgan shekilli.

Bu habarni o`qib, «Ha, albatta. Hozir ishlab topgan pulimni konvertatsiya qilib, 1$ni to`lab yuboraman» dedimu lekin «Оплатить» tugmachasiga bossam — bankirbot ni admini hisob raqamiga pul o`tkazish sahifasiga tushib qoldim.

Demak, meni pulim hech qanday konvertatsiya qilinmaydi. Ular shunchaki meni webhamyonimdan 1$ ni o`z hisoblariga o`tkazib yuborishadi va men yana ko`z yoshlarim, sho`r peshonam va ishonuvchan xarakterim bilan qolib ketaman.

Sxema qanday ishlaydi

Mazkur aferistlik sxemasi qanday ishlashi uchun, o`zingizni moshenik o`rniga qo`yib ko`ring(bilaman, hech narsa o`zgarmaydi 🙂).

Sizda odamlarni ishonchidan foydalanib, qisqa muddatda katta pul ishlash niyyatingiz bor. Nima qilish kerak ? Judayam katta va`dalar beradigan botni yaratib, unga odamlarni jalb qilish kerak.

Oson pul topish ilinjida bo`lganl, ar botga a`zo bo`lishdi va birdaniga katta summalarni ishlay boshlashdi.  Minimal pul yechish qiymatini 100$ qilamiz. Chunki, foydalanuvchilarga bergan imkoniyatimiz bilan ular bu 100$ ni uzog`i 3 kunda yig`ib qo`yishadi.

Ha aytgancha, har qanday piramida — unga yangi a`zo bo`lgan gunohkorlar evaziga faoiliyat yuritadi. Shu sabab, botga yangi foydalanuvchilarni jalb qilganlarga ko`proq haq beramiz.

Ahir hozir hamma bozorchi va matematik. Qisqa arifmetik hisoblashlar orqali ular — post ko`rib, kanalga a`zo bo`lgandan ko`ra yangi odamlarni jalb qilish ko`proq daromad keltirishini bilishadi va ko`proq odam jalb qilishga kirishishadi(Oriflame, Faberlic, Gano Excel sistemasi).

Ho`sh botdan qanday daromad olamiz ? Ha, topdim. Foydalanuvchilarga «Konvertatsiya» haqida cho`pchak o`ylab topamiz va 1$ talab qilamiz. Hisobida 100$ dan oshiq pul to`plagan odam 1$ ni berib yuborishiga deyarli shubha yo`q.

Buni ham o`qib ko`ring:   Post tagida Ulashish tugmachasini o'rnatish

1$ — hozirgi vaqtda unga a`za tutadigan darajada katta summa emas.

Endi hisob kitobga o`tsak:

Yangi foydalanuvchi, botga a`zo bo`lgani uchun 10$ bonus beriladi. Demak, pul yechib olishi uchun 90$ to`plashi lozim.

90$ — 45 ta yangi a`zo.

45 tasidan 20 tasi botni o`ynasa, 10 tasi 1$ dan bersa — 10$. Bu faqat bitta odamdan.

Admin uchun har bir aldangan o`lja — 1$ degani.

Ho`sh, unda puli to`langan baxtli foydalanuvchilar skrinshoti qayerdan keldi ?

Ha, bot to`laydi. Lekin hammaga ham emas. Butun mahallani pulini olib, 10 dan 1 qismini bitta odamga to`laydi. Pulini olgan odam hursandligidan adminga sog`liq salomatlik tilab «Boyakamiz bor bo`lsinlar» deb qo`yadi.

Xulosa:

Agar bot sizga ham pul to`lasa, bilingki — bu bir necha balki yuz balki ming odamning haqqi. Hursand bo`lishga hali erta. Shu sabab, halol mehnat qiling, to`g`ri fikr yuriting va eng asosiysi — oson pul topishga intilmang.

«Бас, Аллоҳ, албатта, содиқ бўлганларни ҳам билажак, ёлғончиларни ҳам билажак»

Maqolani o`g`irlamoqchi yoki ko`chirib olmoqchi bo`lganlar diqqatiga, Iltimos, avtorlik ssilkasini qo`yib behijolat ko`chiraveringlar. Maqola maxsus Webology.uz sayti uchun — Webology admini tomonidan yozildi.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.