Kanal adminlari yo’l qo’yadigan eng katta xato

Odamzotning eng katta xatositezkor natijalarga intilishida. Hammasi tez va shu yerda bo`lishini hohlaymiz. Siz qanchalik ko`p harakat qilmang, 9 ta ayol bilan bir vaqtda yotsangiz ham 1 oyda farzand tug`dira olmaysiz.

Xatoning boshlanishi…

Ko`pchilik adminlar o`z kanallarini obunachilari soni bilan maqtanishadi. Ularning baxtlilik darajalari – obunachilar soniga bog`liq. Shu sabab, ular asosiy e`tiborni sifatga emas balki songa qaratishadi.

Omad sari olingan noto`g`ri yo`nalish ularni Nakrutka deb nomlangan tuzoqga olib keladi.

Nakrutka hisoblagichalar ko`rsatkichini sun`iy ravishda o`zgartirish. Real hayotda ko`pchilik elektr va gaz hisoblagichlarini orqaga qaytarish narkutka bo`lsa – internet olamida statistik ma`lumotlarni ko`paytirib ko`rsatish deyiladi.

Kanal obunachilarini sun`iy ravishda ko`paytirib – uning sifatini o`ldirishadi.

Qanday qilib, nakrutka qilishadi ?

Nakrutka qilish uchun qo`shimcha bilimlar shart emas. Shunchaki, navbatdagi gunoh ishni qilish uchun hohish bo`lsa bas.

Nakrutka maxsus dastur va onlayn servizlar orqali amalga oshiriladi.

Misol uchun: Membersgram, telemember kabi dasturlar orqali kanal obunachilari sonini ko`paytirish mumkin. Mazkur dastur orqali kanalga “jonsiz auditoriya” jalb qilinadi.

Onlayn servizlar orqali kanalga obunachi sifatida turli botlar, o`chib ketgan yoki aktivligi yo`q profillar qo`shiladi. Bunday obunachilar postlaringizga “namoyishlar” bermaydi, so`rovlarda ishtirok etmaydi va aktiv bo`lmaydi.

Nega kanalni nakrutka qilishadi ?

Kanaldan tezroq pul ishlash:

Tabiiyki, har qanday reklama beruvchi – o`z reklamasi samaradorligini o`ylaydi. Reklamani qancha ko`p odam ko`rsa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo`ladi. Shu sabab, reklama beruvchilar obunachilar ko`p kanallarni izlashadi.

Tajribasiz reklama beruvchi, obunachilar soniga tayangan holda nakrutka qilingan “jonsiz” kanaldan reklama sotib oladi. Lekin afsuski, reklama kutilgan natijani bermaydi.

Raqobat uchun :

Sizning kanalingizga o`xshagan mavzudagi kanallar ko`p. Ularning o`z o`rni, uslubi va muxlislari bor. Siz ular bilan obunachilar soni jihatidan raqobatda ustunlikga ega bo`lish uchun – ongli ravishda kanalni nakrutka qilishingiz mumkin. Bu asosan pullik e`lon joylashtiradigan kanallarga tegishli(uybozor, moshinabozor, telefonbozor va h.k).

Har qanday e`lon beruvchi inson – sotayotgan maxsuloti savdosi tezlashishi uchun iloji boricha obunachisi ko`p kanalga murojaat qiladi. Analiz qilishga ko`pchilikning ilmi yetmagani bois, nakrutka qilingan kanallar biznesi gullayveradi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegram: Kanallar va pullar

Kataloglarga qo`shilish uchun:

Telegram kanallar soni ko`paygani sari ularni bir joyga jamlash va saralash zarur. Bir joyga saralangan telegram kanallar — kataloglarga aylanadi. Kanalni bunday kataloglarga qo`shish – qo`shimcha obunachilar oqimini kelishiga sabab bo`ladi.

Lekin, ba`zi kataloglarga qo`shilish uchun minimal obunachilar soni bo`yicha cheklov bor. Masalan 1000 ta. Bu natijaga erishish uchun ko`p vaqt yoki ko`p pul kerak. Yoki sehrli qurol – nakrutka dasturi. Obunachilar sonini nakrutka orqali tezda ko`paytirib, bunday kataloglarga qo`shilib olish ham mumkin.

To`plamlar va Megalarda ishtirok etish uchun:

To`plamlar – sizning kanalingiz statistikasiga yaqin bir necha kanallar jamlanmasidan iborat post hisoblanadi. Bu postni to`plamda ishtirok etayotgan barcha adminlar kelishilgan vaqtda o`z kanallarida nashr qilishlari lozim. Bu o`zaro reklama almashishning tekin usuli.

Mega – bir necha to`plam(10-15 ta kanal)lar jamlanmasidan iborat post hisoblanadi. Unda ishtirok etish va nashr qilish shartlari – huddi top`lamnikidek.

Bunda nakrutka nega kerak ? Tasavvur qiling, kanalingiz haqiqiy obunachilari soni 200 ta. Lekin, uni sun`iy ravishda 1000 taga ko`tarib olsangiz, obunachilari 1000 talik kanallar bilan tekinga reklama almashishingiz mumkin. Faqat bitta nyuans: siz reklama almashayotgan kanallar ham nakrutka qilingan bo`lishi mumkin. Qaytar dunyo, birodar.

Xulosa:

Bilasizmi, agar menga bu maslahatlarni 1 yil oldin berishganida, hozir judayam yuqori natijalarga erishgan bo`lar edim. Lekin, hudoga behisob shukur deyman bu ilmga erishishni nasib qildi.

Agar umringizni odamlarga naf keltiradigan ish uchun sarflamayotgan bo`lsangiz – u bekorga o`tib ketmoqda.

Kanal obunachilari – bu sizning jonli auditoriyangiz. Siz ularga foydali ma`lumotlar ulashasiz, o`rgatasiz va o`rganasiz. Rizq olishni halol yo`lini izlang, halol raqobatda qatnashing, qiziqarli kontent tayyorlang va hech qachon taslim bo`lmang!

Buni ham o`qib ko`ring:   Nakrutkami ? Muammosiz !

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.