Kanal emas O’likxona: Kanalni jonlantiramiz

Kanalingiz doim aktiv foydalanuvchilardan iborat bo’lishini hohlaysizmi ? Unda kanalni “o’lik” va “eksponat” foydalanuvchilardan tozalab turing.

“Eksponat” akkauntlar: bir necha oy davomida telegram ishlatmaydigan foydalanuvchilar kiradi. Hozirgi vaqtda: Telegram sabab ovqatlari kuyib ketgan ayollaru, “Erga tegib ketgan” bokiralar kiradi.

“O`lik” akkauntlar : Telegramni tag – tugi bilan o`chirib tashlagan foydalanuvchilar kiradi. Masalan: Ovqat kuyish chastotasi ko`payib ketganidan, erining shapaloq impulsidan bahra olgan ayollar.

Kanalni tozalash

Kanalni keraksiz postlar bilan to`ldirib misoli “axlatxona” ko’rinishiga keltirib qo’ygan bandalar uchun – avvalo kanaldagi postlarni tartiblashni maslahat bergan bo’lar edim.

Kanalni passiv foydalanuvchilardan tozalashga kelsak, bizga @crosser_bot yordamga keladi.

Bu nega kerak ?

Hozirda ,O`zbekistonda ochilayotgan yangi kanallarning ko`p qismi nakrutka orqali obunachilarni to`ldirishmoqda. Nakrutka orqali kanallarni asosan “passiv foydalanuvchilar” va “botlar” yordamida to’ldirishadi.

Eslatma uchun: Nakrutka qilingan kanaldan reklama sotib olish — dimlamani puliga gumma yeyish degani.

Crosser_bot nafaqat tozalash ishlarini olib boradi, balki kanal auditoriyasi qanchalik “jonli” ekanligini ko’rsatadi.

Jonli deganda nimani tushunish kerak ?

Deylik, kanalingizda 1000 ta odam bor. Lekin postlaringiz o`rtacha 300 tadan ko`p ko`rilmayapti. Bu – kanalingizda taxminan 750 balki , undan ko`p odam passiv, ya`ni o`lik degani. (Hozir matematika qirollari menga 1000-300 = 700 bo`ladi, 750 qayoqdan keldi deb baqirib qolishadi. Men esa: Kanalga doimiy obunachilardan tashqari, kunlik tashrif buyuruvchilar ham bo`ladi, 50 ta ularni hisobi deyman. Ular yana jim o`tirishda davom etadilar.)

Ular kanal uchun “soxta obro`”, “fonogramma”, “kserokopiya qilingan pul” dan boshqasi emas. Aqlli odam sizning kanalingizdan hech qachon reklama sotib olmaydi.

Demak, passiv foydalanuvchilarni tozalash – kanalingiz obrosini tushirish o`rniga ko`tarar ekan. Ya`ni: “Qozonda bori cho`michga chiqadi” degani akalar.

Buni ham o`qib ko`ring:   Kanal uchun eng kerakli 5 bot

Crosser_Bot dan foydalanish

Avvalo, @crosser_bot ga ulaning va Start tugmachasini bosing

Kanalingiz haqida barcha haqiqatni bilmoqchi bo`lsangiz Аудитория tugmachasiga bosing

Shu joyda, kichik pauza olib, bir narsani eslatib o`tishim kerak : Crosserbot sizga ma`lumotlarni ko`rsatishi uchun uni kanalingiz administratori qilib tayinlashingiz va Yangi adminlar qo`shish huquqi ni berishingiz kerak. Havotir olmang, u kanalingizga ziyon keltirmaydi

Crosser_bot ni kanal administratori qilib, kerakli huquq bilan ta`minlagandan so`ng Crosserbot ga kanalingiz manzilini yuboring. Masalan: @webology_uz

Bir oz kutgandan so`ng, u sizga barcha statistik ma`lumotlarni ko`rsatadi.

Statistika posti tagida «Посмотреть неактивных» tugmachasiga bosing

Bot sizga O`chib ketgan va Aktiv bo`lmagan foydalanuvchilar haqidaga ma`lumotlarni ko`rsatadi.

Ta`bingizga qarab o`zingiz hohlagan tugmani bosing va ularni kanaldan o`chirib tashlang.(Men o`chib ketgan akkauntlardan tozalamoqchiman)

So`nggi harakat : Потвердить удаление tugmachasiga bosish bilan tugallanadi.

Yeb qo`ymay desangiz

Hozir telegram olamida chala adminlar ko`paygan payt. Kanal statistikalari nakrutka qilingan, kontent o`g`irlangan va taxminim bo`yicha miyyasining chap yarim sharlari yaxshi ishlamaydi.

Bir ko`z bilan qaraganda, kanal foydalanuvchilari ko`p, postlar doimiy ravishda qo`shiladi va siz bu kanal aktivligiga ishonib reklama sotib olmoqchi bo`lasiz. STOP!

Kanaldan reklama sotib olishdan avval uning foydalanuvchilari va postlarning o`rtacha necha martta ko`rilganini yaxshilab qarang.

Agar post auditoriyasi 5000 kishini tashkil qilsayu, postlar o`rtacha 3500-4500 atrofida ko`rilgan bo`lsa bu yaxshi kanal. Agar post maksimal – 2000 martta ko`rilgan bo`lsa, ahvol chatoq. Bu kanal nakrutka ning hisobiga kun kechirayapti. U yerdan reklama sotib olsa bo`ladi, faqat juda arzon narxga. Yoki, umuman sotib olmagan yaxshi.

Siz tekshirayotgan kanalning 1-2 kun oldingi postlarini necha martta ko`rilganiga e`tibor bering. Nisbatan aniq ko`rsatkichni – 1-2 kun oldini postlar ko`rsatadi.

Xulosa

Men haqimda: Avvaliga nakrutka qilishni o`rgatib, endi undan voz kechishni taklif qilayapti, ovsarmi bu ? deyishingiz mumkin. Lekin, mensiz ham bilasizlar, dunyoda yaxshi va yomonning o`z o`rni bor.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda kanal ochish nega kerak ?

Masalan, telegramda shunday kataloglar borki, ularga qo`shilish uchun obunachilar soni 1000 dan oshgan bo`lish kerak. Ana shunday paytda nakrutka sizga ozgina bo`lsa ham yordam beradi. Lekin, undan doimiy foydalanishni maslahat bermayman.

P.S. Umuman olganda menga farqi yo`q 🙂

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.