Kanal uchun eng kerakli 5 bot

  Men shunday taklif beramanki, uni rad eta olmaysiz (Cho`qintirgan ota filmidan).

Kanalingiz uchun o`zgacha inqilob. Quyida sizlar uchun har bir kanal admini ega bo`lishi shart bo`lgan botlarni bir postga jamladik. Ular postlaringizni ko`rkam qiladi va obunachilar bilan aloqani kuchaytirishga yordam beradi.

@vote – so`rovnomalar

@vote boti orqali siz kanalingizda hohlagan mavzuda so`rovnoma o`tkazishingiz mumkin. Obunachilaringiz bilan muloqot qilish uchun juda yaxshi imkoniyat.

Izlash maydoniga @vote deb yozing. So`rovnoma tuzish uchun botga /start deb yozing.

Birinchi bo`lib, so`rovnoma mavzusi/savolini yozing. Keyin ketma ketlik bo`yicha variantlarni yuboring. Kerakli miqdorda variantlarni yuborganingizdan so`ng, /done deb yozing. Bot, avtomatik tarzda sizni so`rovnoma bilan kanalingizga yo`naltiradi. Obuna qilsangiz bas.

@like – postlarga like bosing

@LIKEbu juda katta kuch. Unga ega bo`laman deb qanchadan qancha odamlar o`zlarini ne kuyga solmaydilar. Ha, hozir bunday gaplarni mavridi emas, aytdim qo`ydimda. Bu bot orqali siz postlaringiz obunachilarga manzur keldimi yo`qmi bilib olishingiz mumkin.

Bu botni 2 xil yo`l bilan ishlatsa bo`ladi.

  • Izlash maydoniga @like deb yozing. Layklarni ishlatish uchun botga /start deb yozing. Birinchi postni yuboring. Keyin, o`z smaylik tugmalaringiz ro`yhatini tuzing. Yodda tuting, smayliklar / belgisi bilan ajlatilishi lozim.
  • Chatning o`zidan like li post tuzsa bo`ladi. Buning uchun xabar yozish maydoniga @vote deb yozing va post yozishni boshlang. Bunday postda faqat 2 ta tugmacha bo`ladi like va dislike(zo `r va yomon).

@markdownbot

@markdownbot – Postingiz matnlarini yog`liq yoki kursiv(qiyshiq) qilish imkoniyatini beradi. Kerakli matnni ajralib turadigan qilib belgilash matnlaringizni yanada tushunarliroq qilishga yordam beradi.

@markdown botini ishlatish

@gif – Postlaringizni GIF lar bilan boyiting

@gif boti sizga turli hildagi gif(animatsion rasmlar)ni topishga va post ko`rinishida yuborishingizga yordam beradi. Hammasi zo`r, lekin kichik nyuans bor. U ham bo`lsa, bot faqatgina ingliz tilini tushunishida.

Buni ham o`qib ko`ring:   Membersgramm - Sifatga tupuring

Botni ishlatish uchun habar yozadigan maydonga @gif kalit_so`z (kalit so`zni o`rnida o`zingiz hohlagan narsa) ni yozing. Bot sizga shu kalit so`z bo`yicha topilgan giflar ro`yhatini jo`natadi.

@TGstat_Bot – Kanalingiz statistikasi

Har qanday shaxsiy kanali bo`lgan admin, o`z kanal statistikasi bilan doim qiziqadi. Statistika boti sizga – obunachilar sonini, postingizni qancha odam o`qiganini va qancha kanallarda sizni kanalingiz ta`kidlangani sonini ko`rsatib turadi. Bu judayam qimmatli bot va u siz uchun tekinga ishlaydi.

Bu bot orqali siz hohlagan kanalingiz statistikasini bilishingiz mumkin. Bu, boshqa kanallardan reklama sotib olayotganda judayam kerakli bo`ladi. Kanalingiz statistikasini bilish uchun botingizni https://tgstat.ru/add_channel manziliga o`tib ro`yhatdan o`tkazasiz. Bot taxminan 10 daqiqa ichida qo`shiladi. @TGStat_Bot ga kirib kanalingiz manzilini yuborasiz. U sizga statistikani diagramma ko`rinishida yuboradi.

 

Xulosa

Zamon og`ir, vaqt tez o`tadi, hammamiz bir kun o`lamiz. Yana nima deb kayfiyatingizni buzsam ekan. Xa, kanalingiz judayam sodda!. Hazil albatta. Ishonamanki, yuqoridagi botlar sizni oddiylikdan qochib, professional postlar yozishingizga yordam beradi.

 

 

8 комментариев

  1. Maqolangizda kanal uchun kerakli botlarni maslahat beruvdiyiz lekin ularni men ishlatolmayapman videolar bilan koʻrsatib batafsilroq malumot berishni iloji yoʻqmi

    1. Salom, avvalo blogimizga tashrif buyurganingizdan minnatdormiz. Shu kungacha, men doimiy ravishda bu botlardan foydalanaman va hozircha hech qanday texnik xatoliklarga yo`liqmadim. Demak, bot 100% sozlangan. Shu sabab, botni boshqacha usulda ishlatishga harakat qilib ko`ring
      VOTEBOTni ishlatishning yana bir oson yo`li bor.
      1) Mana bu manzilga o`ting
      2) «START» tugmachasini bosing
      3) Botga kerakli Savolni yuboring
      4) Endi shu savol uchun variantlarni yuboring. 1 habar yuborsangiz u 1 ta variant o`rnida o`tadi
      5) Yetarli variantlarni yuborganingizdan so`ng, botga /done so`zini yuboring
      6) Siz tayyorlagan so`rovnovnoma chiqadi va bir nechta tugmalar chiqadi. Ular ichidan Publish poll tugmasini bosing
      7) Endi shu sorovnomani qaysi kanal/guruh da e`lon qilmoqchi bo`lsangiz, ushani tanlang
      8) Siz tanlagan chatga kirganda, habar yozish maydonchasi ustida so`rovnomangiz chiqishi kerak, unga bosing va so`rovnoma e`lon bo`ladi.

      LIKE botda ham huddi shunday usulda ishlanadi.
      LIKEBOT ga o`ting va «START» tugmachasini bosing
      1) Botga Like bosilishi kerak bo`lgan habarni yuboring
      2) Kerakli Smaylikni yuboring(Odatda, like belgisi yoki yurakcha jo`natiladi, u yog`i sizning tasavvuringizga bog`liq)
      3) Publish tugmachasini bosing va kerakli chatga jo`nating

      Savollaringiz bo`lsa, marhamat. Doim hizmatingizga tayyorman.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.