Konstruktor tanlashda adashmang!

Siz o`z shaxsiy saytingizga ega bo`lmoqchisiz, lekin ishonchli va namunaviy konstruktor tanlashda qiynalayapsizmi ? Biz qaror qabul qilishingizga yordam beradigan ma`lumotlarni siz uchun jamlab qo`yganmiz va u sizni kutayapti… Marhamat !

Konstruktor o`zi nima ?

Yoshligimizda hammamiz Lego konstruktorini o`ynaganmiz. Internetda sayt konstruktorlarini shu lego ga qiyoslasa bo`ladi. Konstruktor sizga tayyor bloklarni beradi. Ularni joylashtirish orqali o`z saytingizni qurasiz. Uning qanchalik sifatli va chiroyli chiqishi faqat o`zingizga bog`liq.

Konstruktorning yagona minus tomoni, u sizga shakl jihatdan chegaralangan bloklarni beradi. Ya`ni, legoda mashina yasadingiz, lekin dumaloq bloklar yo`qligi sabab, to`rtburchak bloklardan unga g`ildirak yasaysiz. Huddi shunday, konstruktor ham sizga bergan bloklardangina sayt yasay olasiz. Boshlovchi masterlar uchun shuning o`zi ham kifoya.

Eng namunaviy konstruktorlar ro`yhati:

Quyida eng zamonaviy ommabop konstruktorlar ro`yhati bor. Bu yerda ularni yaxshi va yomon taraflari yozilgan. O`zingizga ma`qulini tanlaysiz degan umiddamiz:

Ucoz – Rossiyaning eng mashxur sayt konstruktori. Bu konstruktorning tekin tarifi ham bor. 300 ga yaqin dizaynlar. Hozirgi vaqtda eng ommabop va kuchli konstruktorlardan biri. Ucoz orqali siz hohlagan saytingizni ochishingiz mumkin. Sayt vizitka, blog, lending, yuklamalar sayti, yangiliklar sayti. Tekin tarifida hatto o`z domeningizni ulashga ham ruhsat berishadi.

Tekin tarifining minus tomonlari bu – imkoniyatlar cheklanganligi (sayt uchun joy kam, seo modul yo`q va magazine bo`yicha). Tekin tarifda ular saytingizga banner joylashtirib qo`yishadi. Har gal saytingizga kirgan foydalanuvchilar ekranning yuqori qismidagi o`ng tarafida ucozning reklamasini ko`rib turishadi.

UCOZDA SAYT OCHISH, QADAMBA QADAM

Wix – Shablonlarga boy eng chiroyli konstruktor. Bunday konstruktorda sayt ochishni umuman bilmaydigan odam ham ishlay oladi. Saytga kerakli bloklarni sichqoncha orqali tortib sahifaga tushirsangiz bo`ldi. Uning eng yashi tomoni bu dizaynlarga boyligida. Faqat bunday konstruktorda vizitka sayt, lending va blog ochishingiz mumkin. Wix ning yo`nalishi shu.

Buni ham o`qib ko`ring:   Ucozni zabt etamiz

Minus tomonlari – tekin tarifi yo`q.

WIX DAN SAYT OCHISH .

Webasyst – Internet do`kon ochaman deganlar uchun eng yaxshi taklif. U bilan cheklanmagan tovarlarga ega internet dokonin ochsangiz bo`ladi. Maxsus SEO moduli, internetda tovarlaringizga to`g`ri ta`rif berish va reklama qilishda, saytni ommalashtirishda yordam beradi.

Minus tomoni – Birinchi oy tekin, keyin oyiga 399 rubldan. Tekin shablonlari ham 9 dona. Qolgani 2 dan 10.000 rublgacha.

WEBASYST – INTERNET DO’KON OCHAMIZ

Xulosa:

Yuqoridagi har bir konstruktorning o`z yo`nalishi bor. Shu yo`nalishda ular eng ommaboplari hisoblanadi. Oddiy sayt –vizitka, reklama sahasi uchun Ucoz ni bezovta qilish shart emas, Wix dan foydalansa ham bo`ladi. U qulay va unda ishlash oson. Agar funksionalga boy, imkoniyati kengroq sayt ochmoqchi bo`lsangiz Ucoz ni tanlang. Agar internet do`kon ochmoqchi bo`lsangiz unda Weabsyst xizmatingizga tayyor.

3 комментария

  1. Salom admin saytingiz foydali maqolalarga boy ekan ishlashda charchamang! Siz lark.runi bilasizmi? bilsangiz u haqida foyfali ma’lumotlar bersangiz.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.