LiveGrambot — Obunachilar bilan jonli muloqot

Kanalingiz obunachilar siz bilan shaxsiy habar orqali muloqotga chiqishlari bu – kanalingiz jonli ekanidan dalolat beradi.

Lekin, bunday habar yozadigan foydalanuvchilar ortgani sari ularga javob qaytarish imkoniyati pasayib ketadi. Tasavvur qiling ,50 ta yangi habar va hammasi foydalanuvchilardan.

Chatlar ko`payib, hammasi chalkashib ketganidan do`stingizni “Bugun choyxonaga borasanmi ?” degan habarini o`qishga choyxona tugagandan keyingina vaqt topa olasiz.

Agar mana bunday qilsakchi ?

Agar foydalanuvchilar sizga yozgan habarlari bitta chatda jamlangan bo`lsachi ? Ya`ni, 50 xil obunachi sizga 50 ta xabar yozsa ham hammasi 1 ta chatda namoyon bo`ladi. Huddi… huddi guruhlardagi habarga o`xshab.

Tanishing Livegram botfoydalanuvchilar bilan muloqot qilishni osonlashtiruvchi bot.

Botning plyus taraflaridan :

  • U mutlaqo tekin.
  • Foydalanuvchilar uchun siz sharpadek anonim holatda bo`lasiz. Ya`ni ular sizga shaxsiy habar emas, livegram uchun yaratgan botingizga habar yozishadi( bu haqida pastroqda)
  • Barcha chatlar bir oydana – huddi guruhlar kabi.
  • Spamdagi foydalanuvchilar ha
  • U mutlaqo tekin

 

Qanday qilib ishlataman ?

1) Avvalo Livegram bot ga kirib start tugmachasini bosing:

2) botga /addbot buyrug`ini yuboring

3) Livegram botni ishlatish uchun uni yangi botga ulashingiz lozim. FOYDALANUVCHILAR AYNAN SHU YANGI BOT ORQALI SIZ BILAN ALOQAGA CHIQISHADI!

Yangi botni Botfather orqali yaratib, Token kalitni Livegramga yuboring (Men @test_live_gram botini misol tariqasida tuzdim). Botni qo`shgandan keyin, sozlash uchun Livegramdan Настроить ботga bosing

4) Sozlamar haqida ortiqcha ta`rifga izoh yo`q. Hammasi aniq qilib ko`rsatilgan. Mazkur botga ilk bor foydalanuvchilar murojaat qilganda salomlashuv so`zi bor. Shuni o`zgartirishni maslahat berama. Buning uchun Настройки -> Тексты -> O’zbekcha -> Изменить тексты tugmasiga bosing va kerakli matnni yuboring

Aloqaga chiqish

Siz yaratgan yangi muloqot botiga(misol: @test_live_gram) har safar foydalanuvchilar habar yozganida ular bitta chatda foydalanuvchi ismi bilan namoyon bo`ladi. Ularga javob berish uchun huddi oddiy guruhlarda odamga qanday javob bersa shunday javob beraverasiz. Ya`ni, habar ustiga bosib Ответить (Reply) ga bosasiz va javob matnini jonatasiz:

Buni ham o`qib ko`ring:   Kanal uchun eng kerakli 5 bot

Xulosa:

Mazkur bot yaxshi adminlar ga qo`rqoq chalahakerlarga yaxshi. Chunki, ular siz bilan muloqot qilayotganda o`zligini yashira olish imkoniga ega bo`ladilar. Shu sabab, faqat yaxshi maqsadda foydalanishni maslahat beraman.

P.S. Mazkur bot orqali siz bilan hatto spamdagi foydalanuvchilar ham suhbat qura oladilar. Lekin shuni unutmang, yaxshi odamga spamxonada balo bormi?

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.