Liveinternet hisoblagichini o’rnatish

Saytga tashrif buyuruvchilar hisoblagichini o`rnatish unchalik qiyin ish emas. Lekin, deyarli har qanday web saytda joylashtirilishi shart bo`lgan qism hisoblanadi.

Hisoblagichlar nega kerak ?

Bunga bir necha sabablar bor:

  • Saytingizga kuniga nechta odam kirganini aniq bilib turasiz.
  • Tashrif buyuruvchilar qaysi saytdan sizni saytingizga tashrif buyurganini bilasiz. Bu esa o`z navbatida siz sotib olgan reklama maydonlari qanchalik yaxshi ish berayotganini kuzatish imkoniyatini beradi.
  • Saytingizga qaysi davlatlardan tashrif buyurishayotganini bilib turasiz.
  • Saytning qaysi sahifasi nisbatan ko`proq ko`rilganini bilib olasiz. Saytingizga adashib tashrif buyurib qolgan mehmon avvalo bosh sahifani ko`zdan kechiradi. Unda o`ziga qiziq tuyulmaydigan ma`lumotarni ko`rsa, sahifani tark etadi. Agar siz mehmonlarning ko`p qismi asosan qaysi sahifaga birinchi bo`lib tashrif buyurishini bilib olsangiz, shu sahifani qiziqarliroq qilishingiz va foydalanuvchilarni saytda ko`proq ushlab turish imkoniyatiga ega bo`lasiz.

 

Hisoblagichni qayerdan olaman ?

Internetda hisoblagichlar ko`pincha top-reyting saytlar orqali beriladi. Hozir ommalashgan servizlardan biri bu liveinternet reytingi hisoblanadi.

Hisoblagichni olish uchun liveinternet.ru saytiga kiramiz. Bosh sahifada Получить счетчик ssilkasiga bosamiz:

Keyingi ochilgan sahifada kerakli maydonlarga saytimiz haqidagi ma`lumotlarni joylaymiz.

Участие в рейтингах bo`limidan Saytimiz mavzusiga mos tematikani tanlaymiz.

Статистика bo`limidan Общедоступно ni tanlang. Shunda statistika ma’lumotlari hammaga ko’rinadi.

Ma’lumotlar kiritilgandan keyin дальше tugmasini bosing.

Serviz kiritilgan ma’lumotlaringizni yana bir bor ko’zdan kechirib, xatosi bo’lmasa tasdiqlashingizni so’raydi. Agar xatolik bo’lmasa, Зарегистрировать tugmasini bosing.

Tayyor!. Siz hozirgina liveinternet tizimidan ro’yhatdan o’tdingiz. Bu tizim sizga maxsus html kod beradi. Statistika ma`lumotlari aynan shu html kod orqali saytingizda aks etadi.

HTML kodni olish uchun получить html код ga bosing.

Ochilgan sahifadan didingizga mos hisoblagich dizaynini tanlang va получить html код счетчика ga bosing. Yuqoridagi html kod saytingiz statistikasi aks etish uchun xizmat qiladi. Hisoblagichni odatda saytning past qismi yoki o’ng taraf sidebar ga joylashtirishadi. Kayfiyatingizga qarab joylashtiravering.

Buni ham o`qib ko`ring:   SEO nima va u nega kerak ?

UCOZ da qanday qilib hisoblagich qo’shsa bo’ladi ?

Ucoz tizimi o`zining maxsus statistika tizimi mavjud. Hohlasangiz uni o’zini o’rnating. Lekin, liveinternetdan foydalansangiz, tekinga uning katalogiga ssilka ham joylashtirgan bo’lasiz. Bitta o’q bilan 2 ta quyonni urish degani.

Ucoz ni o’z statistikasini o’rnatish uchun uni kengaytmalardan yoqish zarur. Buning uchun ,ucozdagi saytingiz admin paneliga kiring. (saytingiz.ucoz.net/admin sahifasi)

Panelning Modullar sahifasida Расширения yozuvi qarshida » + « belgisiga bosing va ro’yhatdan Статистика ni tanlang. Bo’ldi!

Liveinternet hisoblagichini o’rnatish uchun :

Admin panelga kirib -> Дизайн -> Редактор -> Страницы сайта sahifasiga o’ting.

Qarshingizda, saytingiz sahifalarini umumiy dizayni turibdi. Bizning vazifamiz, hisoblagich saytni barcha sahifalari pastida ko’rinib turishi.

Kod yozilgan maydonni eng pastida </body> tegi bor. Bu sahifaning tugashini bildiradi. Siz esa, liveinternet hisoblagichini aynan shu </body> dan oldin joylashtiring va Сохранить ga bosing. Endi saytni kirib yangilasangiz, vualya, hisoblagich tayyor!

Savollaringiz bo’lsa, marhamat. Maqolam orqali kimgadir foydam teggan bo’lsa, bag’oyatda hursandman

 

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.