Megabayt ketkazmasdan onlayn kino ko’rish

Salom, hurmatli blog obunachilari. Bugun sizlarga bilan qanday qilib megabaytlarni ketkazmasdan onlayn kino ko`rish mumkinligini beraman. Afsuski, bu faqatgina UMS ning baxtli abonentlari uchungina ishlaydi. Qolgan gunohkorlarga esa: “Afsus, bu sizning poezdingiz emas” deb qolaman. Agar uyga provayder tomonidan internet o’rnatilgan bo’lsa, allplay dasturidan kino ko’rsangiz, megabaytlaringiz ketmaydi. Chunki bu portal tas-ix da ishlaydi


Allplay + UMS

UMS o`z abonenlarini o`zgacha xizmat bilan hursand qildi. Endi siz AllPlay dasturini yuklab olib, undagi film/serial/TV ni maxsus “podpiska” evaziga megabaytlarni sarflamagan holda ko`rishingiz mumkin.

Bu xizmatni shaxsan o`zim sinovdan o`tkazdim va ishontirib aytamanki, 1 megabaytim ham ketmadi. Faqatgina kino ko`rish qimmatli vaqtim va uyqim ketdi. Negaligini hozir tushunib olasiz

Xizmatlar va Tariflar

Allplay dasturi o`zida bir necha onlayn film ko`rishga mo`ljallangan maxsus portallarni jalb etadi. Shu xisobdan, Allmovies.uz, Player.uz Onlayn TV va Onlayn Radio.

Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun siz maxsus “podpiska” sotib olishingiz kerak.

Podpiska – bu obuna bo`lish desa ham bo`ladi. Siz 1 kunga, 1 hafta va 1 oyga obuna bo`lishingiz mumkin.

Agar siz UMS abonenti bo`lsangiz, siz uchun maxsus UMS мобильное TV podpiskasi mavjud bo`lib, bu podpiskani sotib olganingizdan so`ng, dastur orqali qancha kino ko`rsangiz ham megabaytlaringiz ketmaydi!. Naqd oltin tuxum qo`yadigan g`oz.

Nimadan boshlash kerak ?

Avvalo, siz Allplay dasturini Google Play market yoki App Store dan yuklab olishingiz kerak ( Play Martketdagi dasturlarni kompyuter orqali yuklamoqchi bo`lsangiz, mana bu maqola sizga qo`l keladi).

Dastur yuklangach, unga kiring va ixtiyoriy portallardan birini tanlang. Masalan: Player.uz

Portal ichiga kirgach, dasturning chap taraf yuqori qismida menyu belgisi bor.

Unga bosib, UMS мобильное TV ga bosing.

Serzidan foydalanish uchun ro’yhatdan o’tish lozim. Buning uchun maydonga telefon raqamingizni yozing. Sayt sizga tekshiruv kodi yuboradi. Uni dasturga kiritasiz va siz shu portalning foydalanuvchilaridan biriga aylanasiz.

Buni ham o`qib ko`ring:   Blockchain sodda tilda

Siz bir vaqtning o`zida bir necha portallardan pospiska sotib olishingiz mumkin. Xoxlasangiz, faqat bittasidan. Qaysi biri qulayroqligi haqida pastroqda yozaman.

O`zingizga mos tarifni tanlang va Купить подписку tugmachasiga bosing.

Shu oynaning yuqorisida sizning ayni damdagi aktiv podpiskalaringiz ko’rinib turadi. Yonida, podpiskaning tugash vaqti ham bor.

Siz tanlagan tarifdagi summa hisobingizdan yechib olinadi. Ana endi, qaysi portaldan podpiska sotib olgan bo`lsangiz, usha portalga kirib behijolat onlayn film tomosha qilsangiz bo`ladi. Megabaytlar esa ketmaydi!

Tekin maslahat

Bekorchilar uyushmasining hurmatli a`zosi sifatida sizga bir necha masalahat bermoqchiman.

  • Agar siz biron serial ko`rmoqchi bo`lsangiz, podpiskani 1 oyga sotib oling
  • Agar faqat kino uchun bo`lsa, 1 kunga sotib olgan qulay. Chunki, har bir portalga yangi kinolar har kuni qo`shilgani bilan pichoqga ilinadigan i kam. Men ko`pincha Shanba kuni kechasi sotib olaman.
  • Agar faqat serial uchun bo`lsa, Player.uz ga obuna bo`ling. Sababi, seriallaringizning yangi qismlari shu saytda tezroq chiqadi. Seriallar bazasi ham ko`p.
  • Kino ko`rish uchun Allmovies ga obuna bo`ling. Chunki bu saytda nafaqat yangi balki eski kinolarni ham ko`rishingiz mumkin. Saytning kino bazasi juda katta
  • Onlayn TV – to`g`risi bu xizmatdan foydalanib ko`rmadim. Chunki, hozir deyarli hammani uyida Kartali televizor . Shaxsan menga, qizig`i bo`lmadi.
  • Telefoningiz Android tizimida ishlasa, USB -> HDMI kabelini sotib olib, telefonni televizoringiz HDMI portiga ulab qo`ysangiz bo`ladi. Har holda, telefondan ko`ra televizorda kino ko`rish qulayroq.
  • Kinolarni Naushnikda ko`rishni maslahat beraman, ba`zi kinolarning ovozi pastroq. Yaxshilab eshitish uchun telefonni yuzga yaqinroq olib kelish kerak. Bu esa, ko`zlarga katta zarar.
  • Oldingizga sovuq choy olib qo`ying. Hali rahmat deysiz :).

 

P.S. Podpiskani 1 kunga olsangiz, u sizga 24 soatga xizmat qiladi. Ya`ni, bugun soat 12:00 da olgan bo`lsangiz, ertaga 12:00 gacha.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.