Membersgramm — Sifatga tupuring

Barchaga assalomu alaykum. Hafta davomida zerikmadingiz degan umiddaman. Bugun sizlar bilan sayohat qilmoqchiman. Qayerga ? Bu yolg`on dunyoning yana bir afyuni – nakrutka(sun`iy ravishda ko`rsatkichlarni o`zgartirish) olamiga. Qani ketdik

Hammasi nimadan boshlangan edi

Qadim qadim zamonda, hali dinozavrlar qirilib ketmasdan, yirtqich hayvonlar bilan o`txorlar do`st bo`lgan bir paytlarda odamlar telegram kanallarga haqqoniy yo`l bilan obunachilarni to`plashar edi.

Hammasi do`damdan qolgan sxema bo`yicha: Kanal och, unga ma`lumotlarni qo`sh, ilk 200 obunachini kontaktlaringdan jalb qil va postlarni guruhlarda tarqat. Agar, boshlang`ich kapital bo`lsa, reklama sotib ol.

Bu sxema yillar davomida pand bermay ishladi. Natijada telegram olamida yangi ВП(Взаимный пиар)[o`zaro piar hamkorlik] guruhlari ishga tushdi. Endi adminlar kanallarni o`zaro reklama qilishishga kirishishdi.

Orada bir shovvoz chiqib Мега пиар nomli maxluqni o`ylab topdi. Unga ko`ra hamma o`z kanalidagi postlarni tekinga bir guruhda bo`lishishi kerak edi.

Vaqtlar o`tib, Piar tizimi mukammalashib bordi va Подборка(to`plam) lar ishga tushdi. Adminlar kanal obunachilari soniga qarab turli kategoriyaga bo`lindilar. Maxsus bot esa, kategoriyada 5 ta admin kanali yig`ilishi bilan shu 5 ta admin kanalida bitta umumiy to`plam postni obuna qilar edi.

Shunday qilib, kanalni rivojlantirish uchun hamma adminlar tinmay ter to`kib, kechalari uxlamasdan, yemasdan va xojatxonaga kirmasdan ishlashar edi. Topgan foydalarini 75% i ko`zni tiniqlashtiruvchi doriga va buxanka noniga ketar edi.

Nakrutkalar davri

Telegram kanallari qanday ishlashini tubdan o`rganib chiqgan shovvozlar, kanal adminlariga – nakrutka orqali obunachilarni sun`iy ravishda ko`paytirib berishni taklif qilishdi. Kimdir foydalandi, yana kimdir nakrutkachini so`kib, dasturi kuyib ketishini niyyat qildi. To`g`rida, kanalga 100 ta odam to`plash uchun haftalab mehnat qilish kerak. Bular esa, 1 daqiqada mazkur natijaga erishayapti.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda pul ishlash sirlari

Nakrutka avvaliga passiv simkarta raqamlaridagi odamlarni kanalga qo`shishdan boshlanib – robotlar bilan tugadi. Botlar bilan ishlash oson edi. Chunki ularning akkaunti o`chib ketmaydi, kanaldan chiqib ketmaydi va “Nega menu bu kanalga qo`shding,***” deb so`kinmaydi.

Nakrutkaning yana bir turi bu mavzuga aloqador bo`lmagan reklama edi. Bunday reklamalarga ko`zingiz tushgan: “Zarinaning qilgan ishini ko`rsangiz”, “Bu qizni videosi internetni portlatdi, oxirigacha ko`rish uchun buni bosing”, “Kelinning birinchi kechada nima qilganini bilasizmi “ – bu tugmachalarga cheksiz ravishda bosib chiqsangiz ham “Kelinni birinchi kecha nima qilganini” bila olmaysiz(Usha kuni u uxlagan, rahmat shart emas). Bunday reklamalarga 70% odam bosib ko`radi. Natijada begona kanalga a`zo bo`lish bilan yakunlanadi.

Endi nakrutkani hamma qiladi

Nakrutka davrining boshlanishi – eski tizim qabilida ishlaydigan yangi dasturlarni keltirib chiqardi. Tanishing, Telemember. Bu dastur huddi klik-klublar usulida ishlaydi. Siz bir kanalga a`zo bo`lasiz, u kanalni admini sizga a`zo bo`ladi.

Telemember qirolligi davrida yaxshi natijalarni ko`rsatdi. Odamlarning orqasidan hali tuvakni izi ketmasdan kanalga 1000lab odam qo`shib tashlashdi. Lekin, yorug` kunlarning birida halollik tarafdori bo`lgan adminlarning duolari ijobat bo`lib, Telemember dasturi ishdan chiqdi. Bunga serverga berigan judayam ko`plab so`rovlar sabab bo`ldi. Qisqa qilib aytganda, foydalanuvchilar ko`payib ketganidan ular o`zi bilmagan holda Telemember serverig DDOS hujum uyushtirishdi.

Uning o`rniga membersgram keldi. Bu dastur Telememberning mukammalashgan va tezkor varianti edi. Aynan hozir, bu dastur yangi kanallarning deyarli 80% oyoqga turmoqda.

Dastur akalaridan tez, sifatli va judayam qulay qilib tuzilgan. Dasturga kirib, kanallarga a`zo bo`lasiz. Har bir kanalga a`zo bo`lganingiz uchun 2 tanga beradi. Tangalar soni 80 taga yetganda, o`z kanalingizga 20 ta obunachi yig`ishingiz mumkin.

Diqqat eslatma! Obuna bo`lgan kanallardan chiqib ketmang! Hech bo`lmasa 2 kun. Aks xolda, Membersgram dagi tangalaringiz kamayib ketadi.

Buni ham o`qib ko`ring:   LiveGrambot - Obunachilar bilan jonli muloqot

Membersgram – sifatga tupuring, son muhimroq!

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.