Men Google ni aldadim

Hammasi erta tongda, anchadan beri ishlatmayotgan webhamyonimga qayta kirmoqchi bo`lganimda boshlandi. Tizimga kirish uchun barcha ma`lumotlarimni kiritdim va profil egasi ekanligimni tasdiqlash uchun telefonimga sms-tasdiq kodi jo`natdi. Ana xolos…

Bajarib bo`lmas vazifa

Webmoneydan adashmasam dinozavrlar davrida ro`yhatdan o`tgan edim. Usha vaqtda ishlatayotgan telefon raqamim allaqachon rahmatli bo`lib ketgan. Shu sabab, tasdiq kodini saytga qayta kirita olmadim. Menda faqat bitta yo`l qoldi. E-mail orqali parolni tiklash

Taqdir hazilimi bilmadim, e-mail pochtamga kiraman desam u ham mendan tasdiqlash kodini so`rayapti. Gap shundaki, meni pochtam g-mail google pochta tizimida ochilgan. Agar tizimga bir necha qurilmadan kirgan bo`lsangiz, xavfsizlikni ta`minlash uchun tizim sizning telefon raqamingizga tasdiqlash kodini yuboradi. Tabiiyki, uning haqiqiy egasi bo`lsangiz shu kodni qabul qilasiz va saytga kiritasiz.

Topingchi, men gmailga qaysi telefon raqamimni kiritgan edim ? Ha, usha mening rahmatli telefon raqamimni. Pochtani ham webmoneyni ham bir vaqtda ochganman. Keyinchalik pochtamdan bir necha qurilmada Google Play Marketni ishlatish uchun foydalanganman. Ana shuning uchun gmail “haqiqiy egasini tasdiqlash” tizimini ishga tushirgan.

Pochtani tiklash afsonasi

Navbatdagi maqsad webmoney emas balki pochtani tiklash. Parolni unutdim funksiyasidagi barcha variantlar telefon raqami bilan bog`liq bo`lgani uchun ulardan foydalana olmadim. Deyarli umidizlikga tushib hammasiga qo`l siltab uyquga ketmoqchi bo`lganimda, yelkalarim tepasidagi dumaloq buyumga bir fikr kelib qoldi…

Yechim topildi!

Hozir yer shari 2 ga bo`lingan vaqt. Unda kimdir android yana kimdir IOS tizimini ishlatadi. Menda android va unga Gmail dasturi bor. Bu dastur Google tomonidan ishlab chiqarilgan bo`lib, GoogleMail tizimidagi pochtalarni boshqarish imkoniyatini beradi.

Shu dasturga kirdim va pochta ma`lumotlarini kiritdim. 2 daqiqa “kutish ekranini” poylaganimdan so`ng VUALYA, EVRIKA! Pochta ochildi va menda undagi xatlarni o`qish imkoniyati paydo bo`ldi. Avvaliga o`zim ham ishonmadim, keyin webmoneydan kelgan xatni o`qiganimdan so`ng ishondim.

Buni ham o`qib ko`ring:   Top 10 Hakkerlik hujumlari

Androiddagi gmail pochta dasturi uchun google hozirda hech qanday qo`shimcha himoya tizimini ishga tushirmagan. Bu mantiqan to`g`ri, chunki faqat telefon egasigina telefonidagi dastur orqali o`z pochtasiga kira oladi.

Xulosa

Agar sizning pochtangizga bir necha qurilmadan kirilgan bo`lsa va google sizdan haqiqiy egasini tasdiqlashni so`rayotgan bo`lsa va tasodifan ro`yhatdan o`tayotganda kiritgan telefon raqamingiz ishlamayotgan bo`lsa: Android yoki IOS dagi Gmail dasturi orqali pochtangizga kiring.

Lekin ming afsuski, webmoneyga baribir kira olmadim. Sababi, u baribir telefon tasdiqlanmasdan turib tizimga meni kirita olmas ekan. Nima ham derdim, tanish bilish bo`lmagandan keyin qiyin ekan.

 

P.S. 2016- yilda Google Chromebook dan xatolik topgan va buzgan odamga 100.000$ mukofot puli va`da qigan edi. Apple esa 1.5 mln$. Men hech narsaga da`vo qilmayapman. Hech bo`lmasa, oylik megabaytimni olib berishsin )

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.