Nakrutkami ? Muammosiz !

                Ijtimoiy tarmoqlardagi postingiz, rasm yoki sahifangiz uchun cheksiz like lar olishni hohlaysizmi ? Boz ustiga, TEKINGA!. “Bo`lishi mumkin emas”, “Tekin pishloq faqat qopqonda bo`ladi” qabilida fikr yuritadigan gunohkorlarni hozir hafsalasi pir bo`lishi aniq. Tanishing Bosslike!

Nakrutka o`zi nima ?

Nakrutka — hisoblagichlar ko`rsatkichini sun`iy ravishda o`zgartirish. Hisoblagichlar deganda, har qanday hisob yuritadigan tizim. Misol uchun: Facebookdagi like lar, Instagramdagi love lar, Telegram kanallardagi obunachilar va sayt statsitikasidagi host/xit lar va h.k.

Bosslike – nakrutka tizimi

Mening nazarimda, ishlash uchun qulay va eng ko`p funksionalni o`zida jalb etgan tizim bu Bosslike.ru

U orqali siz Facebook, Vkontakte, Instagram, Twitter va Youtube dagi obunachilarni yoki layklarni sonini ko`paytirishingiz mumkin.

Ishni boshlash uchun tizimdan ro`yxatdan o`tishning o`zi kifoya. Buning uchun bosh sahifadagi Вход tugmachasiga bosing:

Ro’yhatdan o’tish jarayoni judayam sodda, shu sababli u haqida to’xtalib o’tmadim.

Tizim qanday ishlaydi ?

Tizimda nakrutka qilish uchun ballar ishlash kerak. Ball ishlashning 2 xil yo`li bor.

  1. Vazifa bajarish orqali ishlab topish
  2. Sotib olish

Ballarni qanday ishlanadi ?

Tizimda ballar turli vazifalarni bajarish orqali ishlanadi. Misol uchun: Biron postga like bosish, uni bo`lishish(ulashish –share), yoki repost qilish. Ishlangan ballaringiz orqali siz xam tizim foydalanuvchilari uchun vazifa yaratishingiz mumkin.

Ball ishlash uchun panelning yuqori qismidagi  tugmachaga bosing.

Panelning chap tarafida ijtimoiy tarmoqlardagi vazifalar ro`yhati bor. Ulardan o`zingizga keraklisini tanlab ball ishlashga kirishsangiz bo`ladi.

Kerakli vazifa turiga kirsangiz – tizim sizga birma bir vazifalarni ko`rsatadi. Har bir vazifa to`g`risida – uni bajarganlik uchun ball miqdori ko`rsatilgan.

Vazifa ustiga bossangiz yangi oyna ochiladi. Mazkur oynachada vazifada ko`rsatilgan amalni bajarib uni yopishingiz bilan tizim sizga ball beradi.

Buni ham o`qib ko`ring:   O'zgacha matn yozing!

 

Siz to`plagan ballar panelning yuqori qismi o`ng tarafida  ko`rsatilgan bo`ladi

Nakrutka qilish

 

Nakrutka qilish uchun panelning yuqori qismidagi  ga bosing

 

 

Yangi ochilgan sahifada:

  • Kerakli ijtimoy tarmoqni tanlang (Facebook, Vkontakte, odnoklassniki, twitter, youtube, instagram)
  • Kerakli harakatni tanlang (Like bosish, share qilish, obuna bo`lish, izoh qoldirish)
  • Ссылка — bu maydonga kerakli post, rasm yoki sahifaning manzilini kiritishingiz kerak.
  • Цена за 1 задание: Vazifa bajarilganligi uchun ball ni belgilang
  • Количество: Vazifa necha bor bajarilishi kerakligini yozing
  • Создать задание tugmasini bosing

P.S. Narx belgilashda raqobatni ham inobatga oling! Narx baland bo`lsa, uni bajarilishi imkoniyati yuqori bo`ladi

Agar barchasini to`g`ri bajargan bo`lsangiz, sahifa pastida sizning vazifangiz chiqadi.

Unga qarab, ayni damda nechta odam uni bajargan va nechta imkoniyat qolganini ko`rib tursangiz bo`ladi. O’zingiz hohlagan vaqt Остановить tugmachasiga bosib, vazifani to’xtatib qo’ysangiz bo’ladi.

Xulosa

Nakrutka qilish huddi bosh og’riq dori ichishga o’xshaydi. Doimiy, ishonchli va tabiiy emas. Shu sabab, faqat kerak paytda foydalaning. Tizimdagi foydalanuvchilarning profillari ko’pi pul ishlash uchun ochilgan. Shu sabab, ular postlaringizga like bosishi ko’proq naf keltiradi. Nakrutka orqali orttirilgan do’stlariga sizni postingizni share qilish huddi quduqga baqirishga o’xshaydi. Naf yo’q. Quduq ovozni o’zida yutib yuboradi. Falsafaga berilib ketdim chamasi.

P.S Savollaringiz bo’lsa izohlaringiz orqali kutaman. Maqola manzur kelgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishsangiz hursand bo’laman. E’tiboringiz uchun rahmat.

 

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.