Nega hammasi shunaqa, boshqacha emas ?

Siz o`tmishingizni to`g`irlagan bo`larmidingiz ?

Bugun men imtixondan yiqildim, ishdan bo`shadim, xotinim tashlab ketdi, erimni o`ynashi bilan ushlab oldim, qamoqga tushdim. Qaniydi o`shanda, qaniydi shuni, qaniydi mana bunga va hokazo va hokazo va h.k

O`tmishdagi xatoliklarimizni eslar ekanmiz, beixtiyor ichimizdan “Agar ushanda boshqacha yo`l tutganimda, natija boshqacha bo`lar edi” degan fikr o`tadi. BO`LMASDI! Natija siz kutayotgandek bo`lmas edi.

Nega deysizmi ? Chunki sizga “Kapalak effekti” halaqit beradi.

Kapalak effekti nima ?

Tanishing, Edvard Lorens. Tartibsizlik teoriyasining otasi va mashxur meteorolog. Yoshligida judayam zerikarli kasb bilan shug`ullanayotganini tushunib qoladi.

Innovatsiya qilish kerak” deydi, u va ob-havoni bashorat qiladigan dastur ishlab chiqadi.

Dastur unga kiritilayotgan ma`lumotlarga asoslangan holda keyingi kun ob-havosini bashorat qilishi kerak edi. Lekin, uning natijalari reallikga umuman teskari bo`lib chiqadi. Chunki, Lorens dasturga kiritayotgan sonlarni verguldan keyingi 4 — sonni yaxlitlab yuborayotgan edi. U shuni tushunib qoladiki, agar dasturga verguldan keyingi 25chi, 200chi yoki 9999 chi sonni o`zgartirsa ham natija butunlay boshqacha bo`lib chiqardi. Bu uning mashxur so`zlarini talaffuz qilishiga sabab bo`ladi :

Boshlang`ich ko`rsatkichlar aniq bo`lmasa, Tizimga kiritilayotgan ma`lumotlarning kichik o`zgarishlari yig`ilib – yakuniy natijaga katta ta`sir ko`rsatadi.

Boshlang`ich ko`rsatkich deganda – Tizim ishga tushirilish vaqtidagi ilk ko`rsatkichlar nazarda tutiladi. Sizga bu termin bir narsani eslatmayapdimi ?

«Na yerga va na o‘zlaringizga biron musibat yetmas, magar (etsa), Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta, bu Allohga osondir» (Hadid surasi, 22).

«Albatta, Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratdik» (Qamar surasi, 49).

Agar ushanda siz vaqtida uydan chiqib ketganingizda balki avtobusga ulgurar edingiz lekin uni baloni teshilib, ishga baribir kech qo`lishingiz mumkin. Balki siz avtobusga ulgurardingiz lekin borayotgan manzil portlab ketardi. Yoki, qorbobo o`z bug`ulari bilan sizni sexrli kemasida ishxonangizga olib borib qo`ygan bo`lar edi va siz ishdan bo`shamas edingiz. Oxirgisiga shubham bor).

Umuman olganda, mazkur termin uzoq kelajak u yoqda tursin yaqin 1 sekunddan keyin nima bo`lishini ham bashorat qilishni iloji yo`qligini izohlaydi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Megabayt ketkazmasdan onlayn kino ko'rish

Nega Kapalak effekti ?

Bu termin — Rey Bredberi nomli mashxur fantastik yozuvchining 1952-yilda yozilgan “…va to`fon keldi” nomli asaridan olingan.

Unga ko`ra: Bosh qahramon halokatni oldini olish uchun o`tmishga qaytib dinozavrlar bilan jang qiladi va tasodifan kichik kapalakni bosib o`ldirib qo`yadi. Kapalakni o`limi qator bir biriga bog`liq hodisalar ketma-ketligiga sabab bo`lib, kelajakni o`zgartirib yuboradi va kelajak aholisi prezidentlikga demokratni emas Fashistni tanlashlariga olib keladi..

Shu hikoya asosida termin nomi “kapalak effekti” deb ataladi. Hayotda har bir jonzotni, hatto u eng kichkina bo`lsa ham o`z o`rni bor ekanligni bu effekt tasdiqlaydi. Bizga esa, bu 1400 yil oldin aytilgan edi:

«O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 6-oyat)

Kichik o`zgarishlar jamlanmasi – natijaning katta o`zgarishiga olib keladigan hayotiy misollar:

Berlin devorining qulashi – Press-sekretar tomonidan yangi qonunni noto`g`ri talqin qilishi natijasida yuzb bergan. Qonunga ko`ra ba`zi nemislar devorning u tarafiga o`tishi mumkin deyilgan, lekin ba`zi so`ziga hech kim e`tibor bermagan. Natijada, devordan o`tuvchilar soni ko`payib, chegaradan o`tish uchun aholi devorni buzishga majbur bo`lgan.

Ikkinchi jahon urushi – 1918-yilda Britaniyalik askar Nemis askarini o`ldirmaydi. Taxminan 20 yildan so`ng shu nemes ikkinchi jahon urushini boshlanishiga sabab bo`ladi.

Terorizmning paydo bo`lishi – Hammasi, shahar komiteti a`zolari tomonidan shisha aralashgan taom bilan ovqatlantirilgan kuchuk o`lib qolishiga sabab bo`ladi. Kichik bolakay bu hodisani hammaga oshkor qiladi va natijada komitet kongresdan joy ololmaydi. Shunday qilib bolakay siyosat bilan qiziqib qoladi va ulg`ayib Kongressdan joy oladi. U Afg`onistonliklar uchun amerikaliklar yordami Tashabbuskori bo`ladi. Shunday qilib, urushda Mojaxidlar g`olib bo`ladi va tashkilotga yangi Tolibon va Al-qoida nomlarini berishadi.

Buni ham o`qib ko`ring:   URL qisqartiruvchi 5 serviz

Bu hayot haqiqiy MO`JIZA. U sir-asrorlar va qiziqarli hodisalarga boy. Ularni boricha qabul qilishimiz, tavba va shukronalik quchog`ida hayot kechirishimiz — omadga erishishning asosiy siri hisoblanadi.

Shu sabab, afsuslanmang do`stlar. Xatolarni eslab qoling va ularni takrorlamang. 

P.S. Telegram kanalimizga a’zo bo’lishni unutmang. Bu kichik ishingiz, kelajakda katta natijalarga olib kelishi mumkin.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.