Nega kanaldan chiqib ketishadi ?

Bu mavzu bir necha asrlardan beri adminlarni qiynab kelmoqda….

Chunki:

  1. Sen zerikarli postlar bilan obunachilarni joniga tegib ketgansan
  2. Foydalanuvchi kanalga obuna bo`lishdan oldin shirakayf bo`lgan. Hushiga kelganda esa, “betayin” kanalga a`zo bo`lganini bilib qolgan.
  3. Sen xasissan va kanalingga kuniga 5 marttalab reklama qo`yasan. Reklamalar ham o`zingga o`xshagan musor kanallarniki
  4. Chunki kimdir sendan ko`ra yaxshiroq yozadi. Chiroyli matn yozishni o`rgan.
  5. Chunki sen kanalni botlar va ishonuvchan foydalanuvchilar bilan to`ldirib tashlagansan.

Va yana +10500 ta sabab bor. Inson bu inson, ularni to`liqligicha tushunib bo`lmaydi. Bu haqida @greenlampbooks kanali admini juda yaxshi so`zlarni aytgan:

O buyuk Admin! Chiqib ketayotganlar haqida o`ylama. Bularning bari xovliqish va ruxning cho`kishidan. Agar kanalga 1 ta odam kelib 5 tasi chiqib ketsa, jaxling chiqmasin. Bu sening axmoqligingdan emas, balki telegramda foydalanuvchilar aylanmasi juda katta va tezligidan bo`ladi. Shunday kunlar keladiki, 1 tasi chiqib, 5 tasi qo`shiladi. In-Yan garmoniyasi, sonlar esa… ularni kimga ham keragi bor ? Biroq, seni Buvijoning yaxshi ko`radi, men ham. Albatta agar sen so`tak bo`lmasang(Balki, shunda ham seni yaxshi ko`rarman).

Umuman olganda, agar kanalingda 15 ta senga notanish obunachi bo`lsa – bu juda yaxshi yangilik. Ulardan 5 tasi chiqib ketsa nima bo`pti ? Axir 10 tasi qoladiku! Ana ushalar haqida o`yla. 10 kishi seni zo`r deb biladi. Ularni ko`nglini yangi, sifatli ma`lumotlar bilan xushla. Seni zo`r deb bilmaydigan foydalanuvchilarni kanalga obuna bo`lishidan nima naf ? Xa, aytgancha, tomoqni xo`llab olish esdan chiqmasin.

 

Akkaunt va Kanalni buzishdan saqlanish

Do`stim, bu juda oson. Har yerga burun suqavermasdan, kanal va akkaunt bog`langan raqamingni begona go`zallarga berma(yaqin do`stlar ham bundan holi emas)! Bu qizlar seni adoi tamom qiladi, birodar. Kun kelib uyg`onsang umumiy soni 533 ta bo`lgan obunachilari bor kanalingdan ayrilib qolgan bo`lasan. Shu sabab, har ehtimolga qarshi : Telegram sozlamalaridan 2 etapli autenfikatsiya funksiyasini yoqib qo`y. Bu hayotda nimalar bo`lmaydi deysan…

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.