Omadli kanal ochishning 5 oltin qoidasi

Logotip, Nom, Ta’rif, Ssilka va Tematika: Telegram kanalning omadga erishishi shu 5 ustunning mustahkam bo’lishiga bog’liq.

Kanallarning noto`g`ri upakovka qilinishi – ularning o`lmasdan turib ko`milishiga olib keladi. Kanal nomi va logotip — foydalanuvchiga ilk ko’rinadigan faktorlardan biri hisoblanadi. Agar birinchi taasurot unga qiziq ko’rinmasa — 50% ishonchni yo’qotdingiz degani.

To’g’ri upakovka(yig’ilgan) qilingan kanal — uning ommalashishida katta ahamiyatga ega. Quyida, kanalni ochish vaqtida yo’l qo’yiladigan xatoliklar va foydali masalahatlar jamlangan. Ularni o’qib o’zingizga xulosa chiqarib olasiz degan umiddamiz.

Kanal tematikasi (mavzusi)

Qanday kanal ochish kerak ?

Avvalo nima uchun kanal ochayotganingizni bilib oling. Agar faqat moliyaviy foyda uchun bo`lsa, bu ish bilan shug`ullanmaganingiz ma`qul. Agar yillar davomida sizda biron soxaga tegishli tajriba va bilimlar yig`ilib qolgan bo`lsa va ularni omma bilan bo`lishmoqchi bo`lsangiz – telegram kanal eng ajoyib tanlov.

Kanal ochish orqali o’z xizmatlaringizni sotishingiz yoki reklama qilishingiz mumkin. Shu sabab, undan faqat pul topishda emas, ma’lum biznesni kengaytirish maqsadida ham foydalanish mumkin.

Yodda tuting: Kanalda obunachilar bilan ma’lumot ulashmoqchi bo’lsangiz,  avvaliga “Bu narsa ularga foydalimi” degan savolni o`zingizga bering. Chunki, siz ularni vaqtini olayapsiz. Agar obunachilar bekorchiga vaqt sarflaganini his qilishsa, kanaldan chiqib ketishadi.

Qaysi mavzuda kanal ochish kerak?

Albatta o`zingiz tushungan va qiziqgan mavzuda. O`z tajribangiz bilan o`rtoqlashing, qiziqarli va foydali ma`lumotlarni ulashing. Xozir odamlar real hayotdan virtual hayotga ko’chib o’tmoqda. Demak, haridorlar va pul ham virtual hayotdan o’z o’rnini topgan.

Umuman olganda qanday mavzuda bo`lishidan qat`iy nazar insonlarga foydali bo`lsin. Agar siz yozgan maqolalarni o’qigan obunachi qoniqish his qilsa u nafaqat kanalda qoladi, balki postlaringizni o’z yaqinlari bilan ulashadi.

Kanalga nom tanlash

Kanalga nom tanlashning bir necha variantlari bor:

Buni ham o`qib ko`ring:   Kanal adminlari yo'l qo'yadigan eng katta xato

Nom tanlashda maxsus texnika mavjud va u haqida quyidagi maqolada yozilgan. Maqola saytlar uchun nom tanlashga bag’ishlangan, lekin uning asosiy maqsadi — chiroyli, yodda qoladigan va mavzuga mos nom tanlashdan iborat.

Nom tanlashning oltin sirlari

Ulardan eng ommalashgani kanal tematikasi(mavzusi)ga mos nom tanlash: Musiclife, VideoBoom, Latifalar, Faktlar, Salomatlik sirlari,

Yoki kanal mavzusiga aloqador detallardan foydalanish: Afandi, DJ Channel, Sarpa.uz va h.k

Iloji boricha kanal nomini 1 ta so`zga sig`adigan qiling. U jarangdor, esda qolarli va qisqa bo`lishi kerak.

O`zingiz uchun bir necha variantlarni yig`ib ularni og`zaki talaffuz qilib ko`ring. Og`zaki talaffuz katta ahamiyatga ega, chunki do`stlar davrasida yoki ma`lum bir jamiyatda obunachi kanal nomini oson talaffuz qila olsin. Timoksetilinbarbebutanol kabi qiyin so`zlarni ishlatmang

Kanal qaysi mamlakatdagi obunachilarga mos bo`lsa, shu tilda nom tanlagan ma`qul.

Agar kanalingiz shaxsiy blog sifatida bo`lsa, ismingizdan foydalaning. Agar ozgina fantaziyani ishlatsangiz, judayam chiroyli nom tanlasa bo`ladi: Bahtee, Khasanov, PulatOFF, Alion.

Kulguli nomlar ham odamlar ongida saqlanib qolishi oson. Masalan: Bekortament, IT vachcha

Kanal nomida so`kinish va imloviy xatolardan qoching. Yaqin kelajakda kanalingizga reklama bermoqchi bo`lganlar sizni sifatli kanallar sarasiga qo`shishsin.

Agar sizning o`z biznesingiz bo`lsa va telegram orqali uni rivojlantirish niyyatida bo`lsangiz tashkilotingiz nomidan foydalanish — brend ni kuchayishiga va taniqli bo’lishiga sabab bo’ladi.

Kanal ta`rifi

Bizni vazifamiz 140 simvol ichiga kanal nima haqida ekanligi va uning asosiy maqsadini sig`dirishimiz kerak.  Shu qisqa satrlar orqali “Nega obunachilar aynan sizni kanalingizga a`zo bo`lishlari kerak” ligini keltirib berishingiz kerak.

Yodingizda tuting: Doim ta`rifga o`z nikingizni yozib qoldiring.  Kanalingiz bilan hamkorlik qilmoqchi bo`lganlar, sizni topishlari oson bo`lishi uchun.

Ta’rif yozishdan avval o’zingizga quyidagi 3 savolni bering:

  • Nega obunachilar aynan meni kanalimga a’zo bo’lishlari kerak ?
  • Qaysi sifatim meni raqobatdoshlarimdan ajralib turishimga sabab bo’ladi ?
  • Obunachilarga meni kanalim qanday naf keltiradi ?
Buni ham o`qib ko`ring:   Sifatli kanal tayangan 4 asosi

Javoblardan foydalanib, qisqa va tushunarli ta’rif yozishga harakat qiling.

Masalan bizda yangiliklar kanali bor:

Dunyoda sodir bo`layotgan eng so`nggi yangiliklardan habardor bo`ling!

Hamkorlik uchun: @creator (bu yerda sizni nikingiz bo’ladi)

 

Logotip tanlash

Logotip ham kanalingiz tematikasiga avtomatik tarzda bog`liq.

Bloglar uchun – shaxsiy portret rasm(foni oq bo`lsa undan ham yaxshi)

Kanal logotipida kanal nomi yozilishi ham yaxshi natija beradi.

Psixologik fakt: Sariq fonda yozilgan qora yozuv inson miyyasiga oson qabul qilinadi.

Logotip elementlarida, kanalingiz mavzusiga mos rasmlardan foydalaning.

Logotip yasash uchun endi maxsus dasturlarning keragi yo’q. Shunchaki Canva dan foydalaning.

Kanal ssilkasi(manzili)

Nom tanlashning oltin sirlari yana yordamga keladi.

Kanal ssilkasi qanchalik qisqa bo’lsa — shuncha yodda qolishi va uni qidiruv bo’limida yozish oson.

Ba’zida adminlar kanal ssilkasini nomi bilan bir xil qilib qo’yishadi. Bu telegramda izlash bo’limi orqali qo’shimcha trafik oqimi kelishiga sabab ham bo’ladi. Lekin, uzun link — xunuk link, bu meni fikrim.

Agar siz tanlagan nom band bo`lsa qo`shimchalar qo`ying. Masalan:

Webology – band !

Webology_uz, webology_off, webology_007, getwebology larni tanlashingiz mumkin.

Kanal ssilkasi kanal nomiga o`xshash bo`lsa yaxshi. @ingliz_tili – ssilkasiga bosganda o`zbekcha habarlar sahifasiga tushib qolish ahmoqgarchilik bo’ladi menimcha.

Xulosa:

Ushbu maqoladan biz — kanalning tashqi ko’rinishi qanchalik muhim rol o’ynashi haqida bilib oldik. O’ylaymanki, maqola nafaqat boshlang’ich adminlarga balki bu sohada tajribaga ega shaxslarga ham foydali bo’ldi.

Maqola bo’yicha sizning shaxsiy fikrlaringiz va takliflaringiz bo’lsa — ularni komentariyada kutib qolaman.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.