Onlayn biznesga ega bo’lmoqchimisiz ?

Nega telegram onlayn biznes uchun eng yaxshi platforma ?

Hammani qo`lida telefon. Telefonda esa telegram. Odamlar real hayotdan virtual hayotga ko`chib o`tmoqda. Bu vaziyatdan unumli foydalangan holda, siz ham o`z biznesingizga ega bo`lishingiz yoki uni kengaytirishingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi ? E`tiboringizni quyidagi sabablarga qarating. Ishonamanki, ular sizga valyuta ko`rinishida foyda olib keladi.

Nega aynan Telegram ?

Bir daqiqaga telefoningizni qo`lingizga oling va kontaktlaringizga nazar soling. Qanchasi telegram dan foydalanadi ? Deyarli 80%.

Ayni damda Telegram foydalanuvchilarini umumiy soni 200.000.000 dan ortiq. Kuniga trilliardlab ma`lumotlar almashiladi. Shu olomondan unumli foydalanib, siz ham telegram orqali o`z maxsulotlaringizni reklama qilib olishingiz mumkin. Marketologlarning fikricha, hozir Telegramda qilingan reklama – telekanallarda qilinayotgan reklamadan ko`ra samaraliroq.

Hammasi TEKIN

Telegramdan foydalanish tekin. Unda kanal, guruh, bot ochish tekin. Turli media fayllarni yuborish tekin va cheklov yo`q. Habarlaringiz esa to`liq shifrlanadi va sizdan boshqa hech kim o`qiy olmaydi.

Telegram kanal orqali siz o`z maxsulotlaringizni obunachilarga reklama qilishingiz va ishlab chiqarishda bo`layotgan yangiliklarni ulashishingiz mumkin.

Guruhlar orqali o`z haridorlaringiz bilan jamoaviy suhbat olib borish mumkin. Bu sizning maxsulotingizga bo`lgan ishonchni oshiradi.

Botlar orqali o`z ishingizni avtomatlashtirishingiz mumkin.

Masalan: Buyurtma qabul qilish, Yetkazib berish xizmati va h.k.

Bu ish qurollari telegramning standart funksiyalariga kiradi va ularni barchasidan foydalanish TEKIN.

Kichik biznesni kengaytiramiz

Agar siz kichik biznes egasi bo`lsangiz – telegram orqali o`z maxsulotlaringizni sotishingiz mumkin. Telegram auditoriyasi o`rtacha 18 dan 44 yoshgacha bo`lgan odamlardan iborat. Ular xizmatlaringizga to`lov qilishlariga shubhalanmasangiz ham bo`ladi.

Telegramdan bozor sifatida foydalanishni ayollardan o`rganish kerak. Aynan ayollar ilk bor guruhlar va kanallar orqali kosmetika maxsulotlari va chaqaloqlar uchun trikotajlarni sotishgan. Hozirda chetdan kiyim olib kelib sotadigan odam uchun do`kon ochib arenda to`lash shart emas. Shunchaki, telegramdan to`g`ri foydalansa bo`ldi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Aldanganlar qismati. Telegram mosheniklardan ehtiyot bo'ling

Shu sabab, meni qo`limdan kelarmikin ? degan savolni umuman hayolingizdan chiqarib tashlang.

Xizmatlarni sotish

Agar siz biron hunar yoki kasb egasi bo`lsangiz – o`z xizmatlaringizni telegram orqali sotishingiz mumkin. Oddiy misol – Santexniklar telegram orqali o`z ish namunalarini haridorlarga yuborishadi. Sartaroshlar soch turmaklarini va h.k. Natijani haridorga ko`rsatish uni sizga bo`lgan ishonchini oshirishga sabab bo`ladi.

Shaxsan men, telegram kanallar uchun konsultatsiya xizmatini sotaman. Hozircha nolish yoq).

Telegram orqali siz istagan formatdagi media fayllarni suhbatdoshingizga yuborishingiz mumkin. Hohlasangiz, ish jarayonini videoga olib jo`nating. Yoki natijani rasmga oling. O`ylang va fikr qiling.

Doimiy yangilanishlar

Telegram platformasi bu funksiyalarga bir necha yilda ega bo`ldi. Avvaliga oddiy habarlar bilan almashish uchun ishlab chiqarilgan dastur – endilikda biznesning ajralmas bo`lagiga aylandi.

Hudo hohlasa, keyingi 2-3 yil ichida Telegram yanada ko`proq funksiyalarga ega bo`ladi. Shu sabab, bu qurolni o`z foydangizga ishlatishni ayni payti. Obunachilar kuniga ko`paymoqda. Ularni ichida sizning ham haridorlaringiz bo`lishi mumkin.

Telegram orqali pul ishlash

 

O’z biznesingizga ega bo’lmasangiz — mazkur qurollardan foydalanib kichik media tadbirkor bo’lishingiz mumkin. Telegram orqali shaxsiy biznesga ega bo’lish va undan daromad olish haqida keyingi maqolalarimizda batafsil yozamiz. Blogimizni kuzatishda davom eting. Maqola borasida savollarga duch kelsangiz, komentariyada yozishni unutmang.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.