Play Marketdan kompyuterga fayl yuklash

Assalomu alaykum, hurmatli blog obunachilari. Bugun sizlar bilan kichik ayyorlik sirini bo`lishmoqchiman.

Odatda android operatsion tizimiga ega baxtli foydalanuvchilar Google Play dasturi kerakli o`yin, dastur va kitoblarni telefonlariga yuklab oladilar. Bu tezkor va ishonchli. Lekin, tasavvur qiling sizga shu dasturlarni APK fayl ko`rinishi kerak. Deylik, kompyuteringzdagi android emulyatorga o`rnatish uchun. Ming afsuski, ayni damda, Google Playning sayti orqali dasturlarni kompyuterga yuklab olishning iloji yo`q. Shu sabab, biz, boshqa servizga murojaat qilamiz.

Senimi Play Market, qani shoshmay tur!

Ho`sh qanday qilib, Play marketdagi dasturlarni komyputerga to`g`ridan to`g`ri yuklab olish mumkin ? Javob aniq: APK downloader onlayn servizi orqali.

Mazkur serviz, sizga play marketdagi har qanday dasturni yuklab olish uchun to`g`ridan to`g`ri ssilkasini beradi.

APK downloader servizidan fayl ko`chirib uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligini amalga oshirish lozim.

  • Avvalo Google Play saytiga kirib, o`zingizga yoqgan dasturni toping.(Misol uchun : telegram)
  • Brauzeringizni manzillar yoziladigan satridan sahifa URL(manzili) ni ko`chirib oling. (rasmda qizil bilan belgilangan)

  • Bir oz muddatdan so`ng, serviz sizga dasturni yuklab olish uchun to`g`ridan to`g`ri ssilka beradi.
  • Click here to download dastur nomi now   tugmachasiga bosing va dasturni yuklab oling

Xulosa

Hammasi Clash Royale o`yinidan boshlandi. Telefonim quvvati tez tugab qolayotgani sabab, bu o`yinni kompyuterga yozib olmoqchi edim. Emulyator topdimku, lekin o`yinning APK versiyasini topish muammo bo`ldi. Mana endi bu boshog`riqlar ortda qoldi. Lekin, shu o`yin qimmatli vaqtimni o`g`irlab qo`ymoqda.

Maqola sizlarga manzur kelgan bo`lsa, uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.