Post tagida Ulashish tugmachasini o’rnatish

Har bir admin kanali raqobatdoshlari orasida ustunlikga ega bo`lishi uchun doimo yangiliklardan habardor bo`lishga, postlarni original usulda taqdim etishga va doimo qorni to`q yurishiga intiladi.

Biznesda “knowhow” tushunchasi bor. Ishlab chiqarishdagi “sir” – o`zbekchasiga. Kung-fu panda multfilmini ko`rgan bo`lsangiz, “PO” ning otasi: “Lag`monlarimning siri sehrli qaylada” deydiku, ana shu “sehrli qayla” sizning knowhow ingiz bo`ladi.

Kanallar orasidagi raqobat shiddatli darajada tus olayotgan bir vaqtda qaysidur uyqisragan admin yuzini yuvmasdan: Postlarning tagiga alohida “Ulashing” tugmasini o`rnatadi. Bir oz vaqt o`tgandan keyin qolganlar “Bu qanday qildi ?” degan savol bilan o`zlarini qiynashdi. Kimdir javob topdi, kimdir esa javob topish niyyatida shu maqolani o`qimoqda.

Ulashing tugmachasini o`rnatish

Postlar tagida turadigan tugmachalar – inline tugmachalar deb ataladi. Hozircha inline tugmachalarni postlarga qo`shadigan birgina bot mavjud: @controllerbot. Bu so`z sizga begona bo`lsa Controllerbot ni kanalga ulash maqolasini o`qib chiqishni tavsiya qilaman. Chunki Ulashing tugmachasini postlarga shu bot orqali o`rnatamiz.

Demak @Controllerbot ni kanalga uladik.

Endi, yeb turgan ovqatingizni chetga oling va diqqatingizni quyida yoziladigan matnga qarating:

Kanalingizndagi postlarning ssilkasiga e`tibor bergan bo`lsangiz – har bir post ssilkasida uning ID si yozilgan:

https://t.me/webology_uz/133

https://t.me/webology_uz/134

https://t.me/webology_uz/135

(Kanaldagi post ID sini bilish uchun uning ustiga “bir martta bosib” Copy Post Link ga bosasiz va post ID si buferda saqlanib qoladi. Siz uni hohlagan joyingizga Вставить qilib foydalanishingiz mumkin.)

Postning ID (133, 134, 135) oldingisidan bittaga ko`p. Ya`ni sanoq ko`rinishida ko`paymoqda. Biz esa qo`shmoqchi bo`lgan postimizga tugmacha o`rnatmoqchimiz. Ya`ni hali obuna bo`lmagan postga. Har bir post ID si oldingi post ID sidan 1 taga ko`p ekanini hisobga olsak:

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda botni sozlash sirlari

Yangi post ID = Oxirgi post ID + 1 bo`ladi.

Nega bu ertakni o`qidim ? Hozir bilib olasiz.

@tgshare_bot – Ulashish ssilkalarini generatsiya qiladigan bot

Agar bu botga siz ixtiyoriy ssilkani yuborsangiz u sizga “ulashish” ssilkasini yuboradi. @tgshare_bot ga kiring va Start tugmachasini bosing.

Demak, bizning kanalimizda oxirgi post https://t.me/webology_uz/135 . So`nngi post ID si 135. Agar hozir kanalga biron post joylashtirsak u postning ID si 136 bo`ladi.

Demak, biz @tgshare_bot ga https://t.me/webology_uz/136 ssilkasini yuborishimiz kerak.

Bot esa bizga https://t.me/share/url?url=https%3A//t.me/webology_uz/136 ko`rinishida ssilkani yuboradi. Aynan shu ssilka biz e`lon qilmoqchi bo`lgan postimiz uchun ULASHISH tugmachasining ssilkasi.

@Controllerbot dan inline tugmacha o`rnatamiz

Kanalga Controller bot orqali ulagan boshqaruv botingiz ga kiring va hohlagan matningizni yozing.

Bot sizga javoban qaytargan post namunasi tagida Добавить URL кнопки tugmachasiga bosing.

Botga  quyidagi namuna ko`rinishida ssilka yuboring.:

Ssilka matni – share bot qaytargan ssilka

ssika matnida smayliklarni ishlatish ham mumkin. Qolgani fantaziyangizga bog’liq

Namuna:

Do’stlarga ulashing — https://t.me/share/url?url=https%3A//t.me/webology_uz/136

Qarabsizki post tagida Ulashing tugmachasi tayyor turibdida. Endi postni obuna qilsangiz bo`lgani.

Xulosa:

Mana shunday qilib, o`z sehrli qayla larini berkitib yurgan ayyor adminlarning sirlarini fosh etdik. E`tiboringiz uchun rahmat. Savollaringiz bo`lsa komentariya orqali berishingiz mumkin.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.