Qanday qilib esda qolarli domen tanlasa bo`ladi ?

O`gil ko`rsam, ismini Gitlerjon qo`yaman deydigan ota-ona bo`lmasa kerak(yana bilmadim, Ishani, Bryusli dan keyin shubhalanib qoldim). Har bir narsaning nomi uning o`ziga mos bo`lishi kerak. Shu qatorda saytingizni ham. Jarangdor, esda qolarli nom saytingizga odamlarni jalb qilishda muhim rol o`ynaydi. Lekin qanday qilib, chiroyli nom tanlash mumkin ? Bu mavzuni quyidagi maqolada muhokama qilamiz.

Saytingizni Xostingda ochasizmi yoki Konstruktorda ? Qaror qabul qilishda yordam beramiz.

Domen o`zi nima ?

Butunjahon o`rgimchak to`rida har bir sayt maxsus IP adreslar bilan saqlanadi. Lekin, insonlar shu saytlarga kirishlari oson bo`lishi uchun IPni o`rniga unga nom qo`yilgan. Aynan shu nom domen deyiladi.

Domenlar 2 ta tashkiliy qismdan iborat.

Masalan: Webology.uz: Webology – domen nomi, .uz – domen zonasi deyiladi.

Domen tanlash sirlari

Domen kamida 1 yilga ro`yhatdan o`tkaziladi, shu sababli uni e`tibor bilan tanlash kerak.

  • Eng birinchi navbatda domen saytning mavzusiga mos bo`lishi kerak. Avtomobillarga bag`ishlangan sayt nomi milliytaomlar.uz bo`lsa foyalanuvchilar dovdirab qolsa kerak.
  • Domen nomi qisqa va esda qolarli bo`lishi kerak. Uni o`zingiz og`zaki talaffuz qilib ko`ring, u “jarangdor” bo`lsa, yodda qolish ehtimoli yuqori bo`ladi. Masalan: mp3.uz, master.uz va h.k.
  • Agar saytingiz Tovar- va xizmatlarni taklif qilsa, aynan tovaringiz nomini domen nomi sifatida ishlatsangiz bo`ladi: traktor.uz, Samsung.uz, android.uz va h.k
  • Blog yoki shaxsiy brend uchun domen nomi sifatida familiyani ishlatsa ham chiroyli bo`ladi: Nmedov.uz, ulugov.uz
  • Foydalanuvchilar so`roviga qarab domen tanlash ham yaxshi. Masalan uy qidirayotganlar uchun : uybor.uz. Yoki onlayn dokon uchun: sotaman.uz. E`lonlar taxtachasi uchun : rabota.uz.

Domen zonasini tanlashda adashmang

Domen zonasi ko`pincha saytning auditoriyasiga qarab tanlanadi. Agar sizning auditoriyangiz faqat o`zbek foydalanuvchilari uchun bo`lsa .uz ni ishlatgan ma`qul. Agar rus va o`zbek bo`lsa .ru va .uz ham bo`laveradi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Sarmoyasiz saytga 100 ta odam to'plash

Umuman olganda har bir domen zonasini o`ziga yarasha o`rni bor:

.com – Kompaniyalar uchun. .net – internet xizmatlarini taklif qiladigan tashkilotlar uchun. .biz – tadbirkorlar uchun. .gov – davlat tashkilotlari uchun. .ru, .uz – kabi domenlar xalqaro domenlar xisoblanadi.

Eng xunik domen bu – domen nomini ichida domen zonasini ham ishlatmoqchi bo`lganlar. Masalan: bepuluz.net, tanishuvuz.ru va h.k. Bu juda hunik ko`rinadi va albatta ahmoqona jaranglaydi. Bunday domen tanlashni umuman maslahat bermagan bo`lar edim. Albatta bu mening fikrim.

Domen bandligini tekshirish

Eng qiyin bosqichdan ya`ni domen nom tanlashdan o`tib oldik. Lekin, siz tanlagan domen nomi band bo`lish ehtimoli ham bor. Shuning uchun uning band yoki band emasligini tekshirish lozim. Buning uchun : whois-service.ru saytiga kiramiz va qidiruv maydoniga domen nomini yozamiz. Agar u band bo`lmasa, darxol uni ro`yhatdan o`tkazib band qilib olish lozim. Aks xolda yana boshqa domen nomi qidirishga to`g`ri keladi.

Lekin taslim bo`lishga shoshilmang. Agar siz tanlagan domen band bo`lsa, domen nomini saqlab qolgan holda unga boshqa zona tanlang va yana tekshirib ko`ring. Masalan: salom.uz band bo`lsa, salom.com yoki salom.net ni qidirib ko`ring. Omadingiz kelib qolsa , domen sizniki bo`ladi.

Domenni qayerdan band qilsa bo`ladi ?

Agar domeningiz .uz zonasida bo`lsa:

https://cctld.uz/reg/ — saytidan o`zingizga yoqgan domen registratorlarini tanlab, ro`yhatdan o`tkazishingiz mumkin. Shaxsan men ahost.uz dan ro`yhatdan o`tkazganman. Chunki bu registratorda turli aksiyalar bo`lib turadi va ish sifati ham yuqori darajada.

Agar boshqa zonalarda bo`lsa quyidagi registratorlardan birini tanlashingiz mumkin:

  1. ru – 745 ta domen zonasidan ro`yhatdan o`tkaza oladi
  2. com – 1999 yildan beri faoliyat yuritadi. 48000000 ga yaqin klienti bor.
  3. Ru-center.ru — 2001-yildan beri faoliyat yuritadi
  4. ru – Rossiyadan sifatli registrator
  5. com — Amerika sifati
Buni ham o`qib ko`ring:   Konstruktor tanlashda adashmang!

Tekin domenlar:

Hamma narsani pulga sotib olsa bo`ladi deganlar adashadi. Dunyoda tekin narsalar ham bor J. Domen zonalarining ham tekin variantlari bor:

Dot.tk – registratori sizlarga .tk zonasida sizga tekin ga domen ro`yhatdan o`tkazishga ruxsat beradi. Lekin bu haqida boshqa maqolada gaplashamiz.

Xulosa:

Domen ro`yhatdan o`tkazganda iloji bo`lsa shartnomani 1 yilga tuzing, undan ko`p emas. Chunki 1 yil ichida nima bo`lishi hech kim bilmaydi. Balki, sizga bundan ham yaxshi sayt g`oyasi yoki yanada yaxshiroq domen nomi kelib qolar. Shunday qilsangiz, o`zgartirish vaqti kelganda to`lagan pulingizga achinmaysiz.

P.S. Barcha yozilgan qoidalarga qarama qarshi ravishda, Dunyoddagi eng uzun domen nomlari :

thelongestdomainnameintheworldandthensomeandthensomemoreandmore.com

gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooogle.com

llanfairpwllgwyngyllgogerychwyrndrobwllllantysiliogogogoch.co.uk

    Sizning fikringizcha domen qanday bo’lishi kerak ? Javoblaringizni komentariyda kutaman.

10 комментариев

  1. Menda Bir Savol Bor. Uni Sizga Bepulga Bervoraman(Yana Bilmadim, Balki 2000 So’m Paynet Qilarsiz :-)): Meni Bir Do’stim Sartaroshxonani Arendaga Olgan. (Bu Xona Faqat Sartaroshxona Uchun Va Shunga Moslashtirilgan). Endi Men Ham Ushbu Sartaroshxonani Olmoqchiman. Agar Do’kon Ochmoqchi Bo’lganimda Boshqa Joyda Ochardim. Lekin Men Aynan Sartaroshxona Ochmoqchiman. Savol: Agar Do’stim Bu Oy Arenda Pulini To’lay Olmasa Menga Bu Sartaroshxonani Berishadimi? (O’ylaymanki, Bu Badiiy Uslubni Siz Tushunasiz. Sizdek Yoza Olmagan Bo’lsam-da, Harakat Qilganim Uchun Va Yuqoridagi 2000 ni Olmaganim Evaziga 6yinlar.Lark.Ru Bilan Reklama Alishasiz. [Aloqa Mehmonxonada.] Aks Holda Tegishli Joyga Arz Qilaman :smiles:). O’sha Sartaroshxonani Menga Berishsa Bir Kelib Ketarsiz. Darvoqe, Salom Admin.

    1. Fikringizni judayam ajoyib tarzda bayon etganingizga qoyil qolmasdan ilojim yo`q. Lekin, meni ham to`g`ri tushuning. Reklamani 2 ta sabab uchun almashaman:
      1) Sayt tematikamiz bir xil bo`lishi shart
      2) Sayt tematikamiz bir xil bo`lmasa, u holda saytingiz host/xitlari mazkur sayt statistikasiga yaqin bo`lishi kerak.
      Menimcha, bir birimizni to`g`ri tushundik degan umiddaman. Saytimga kirib, maqolalarni o`qib turganingizni o`zi men uchun katta baxt.

    1. Fikrlaringizning aniq oqimini tushunish men uchun qiyin bo`layapti. Agar to`g`ridan to`g`ri javob beradigan bo`lsam:
      Agar do`stingiz uchun qimmatik qilgan joynng harajatlari sizning cho`ntagingizga to`g`ri kelsa, uni o`rniga o`tib olishingiz mumkin. Bu biznes strategiya.
      Insoniylik jihatidan vazifaga qaraydigan bo`lsak, do`stingizga yetmayotgan pul mablag`ini unga sarmoya sifatida berib, kelajakdagi daromadlariga sherik bo`lib olishingiz ham mumkin.
      Agar siz sartaroshxona ochish ixlosmandalari qatorida bo`lsangiz va sizning asosiy maqsadingiz «o`z sartaroshxonangizga ega bo`lish» bo`lsa, do`stingiz joyni bo`shatishini kutib o`tirmasdan, boshqa joydan harakat qilish. Chunki do`stingiz sizga raqobatdosh va uni joyiga ega bo`lish uchun «sinishi» ni poylash menimcha to`g`ri emas. Chunki u do`stingiz bo`lsa.
      Shu o`rinda «Cho`qintirgan ota» filmidagi bir ibora esga tushadi: «Bu faqatgina biznes, shaxsiy adovat yo`q» 🙂

  2. Savolimning Mazmuni: Domen Uchun Har Yil Pul To’lanadi, Menimcha. To’lanilmasa Domen Bo’sh Qoladimi. Uni Endi Boshqa Kishi Ulab Olishi Mumkinmi. | Do’stim Deb Shunchaki «Boshqa Kishi»ni Nazarda Tutganman. Ya’ni «Men Emas». Joiz Bo’lsa: Rus Tilida Do’st-Drug. O’z Navbatida Drugoe-Boshqa. Yana Ko’pgina Holatlarda Ko’rgandirsiz O’zidan Boshqa Shaxsni Do’stingiz Deb Yuritishadi.

    1. Aaaa, tushundim. Domen bo`sh qolgan vaqtda uni o`zingizga ulab olishga «ulgursangiz» gina u sizniki bo`ladi. Chunki, mazkur domen bo`shashini siz kabi kutayotgan boshqa foydalanuvchilar ham bo`lishi mumkin.

    1. Hozir telegram kanallar orqali pul topishning eng oddiy yo`li bu — Kanal ochib, uni ommalashtirib reklamadan daromad olish.
      Minuslari:
      — Kanalga mablag` tikish kerak
      — uzoq vaqt talab qiladi
      — aqliy mehnat va originallik kerak
      Plyus tomoni : bitta rivojlantirib olsangiz, kanal sizning passiv daromad manbaingizga aylanadi

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.