Mo’ljalga tegadigan reklama yasash

Samaradorlik va unumdorlik orasidagi farq nimada ekanligini bilasizmi?


Tasavvur qiling, xonangizda kiyimlar sochilib yotibdi. Ularni yig’ishtirish o’rniga, ulardan yostiq sifatida foydalanasiz.
Saranjonlash kerakligi aniq, lekin hafsala yo’q.
Agar siz kiyimlarni shundoqligicha olib shkafga tiqib tashlasangiz — bu samaradorlik. Ya’ni siz tutgan usul ish berdi. Faqat… Faqat siz foydalangan sehrli usuldan keyin boshqa odam shkafni ochib qolsa ustiga haqiqiy kiyimlar SUNAMI si yog’iladi.
Agar siz erinmasdan kiyimlarni taxlab ularni shkafga joylasangiz bu — UNUMDORLIK deyiladi. Faqat buning uchun vaqt va mehnat ketadi.
Shaxsan men, reklamalarni 2 turga bo’laman. Samarali va Unumdor.
Samarali reklama kanalga judayam ko’p foydalanuvchilarni olib keladi. Shu o’rinda 1 hafta ichida bu foydalanuvchilarni yarmi kanaldan chiqib ketadi.
Samarali reklama yasashning asosiy prinsipi — foydalanuvchini sizning reklamangizga bosishga majbur qilish. Uni qiziqtirish, ichini yondirish, shu ssilkaga bosmaganligiga afsuslanish hissini yaratish.
Samarali reklama ham sifatli va bemani turlariga bo’linadi
Siz bema’ni reklamalarni juda ko’p ko’rgansiz :

🔸 16 yoshlik qiz uyiga kamera o’rnatgan ekan, videosi internetga tarqab ketdi.
🔸 1 haftada 3 sm ga o’sadi
🔸 Ismim Madinka, chiroyli yigitlar bilan tanishaman va h.k

Bema’ni reklamalarda — reklama matni reklama qilinayotgan kanal mavzusiga umuman aloqador emas. Yuqoridagi matnlar bilan xoxlagan narsani reklama qilsa bo’ladi. Foydalanuvchi esa aldanaveradi. U oshxona deb yozilgan eshikni ochadiyu — xojatxonaga kirib qoladi. Uni qorni och, ovqat topa olmaganidan xonadan chiqib ketadi.
Bema’ni reklamalar — samarali lekin unumdor emas!
Sifatli samarali reklamada :
Reklama matni kanal tematikasiga va reklama qilinayotgan kanal tematikasiga aloqador bo’ladi.
Unda reklama posti huddi oddiy post kabi yoziladi. Foydalanuvchilarni asabini buzadigan REKLAMA so’zlari yo’q.
Masalan, kanal admini reklama qilayotgan kanalni boshqa foydalanuvchilarga reklama sifatida emas — maslahat sifatida taqdim etadi. Kerak odam bosadi, kerakmasi o’tqazib yuboradi.
Sifatli samarali reklama — kanalga faqat qiziqgan obunachilarni jalb qiladi. Majburiy kiritilganlarni emas.
Sifatli Samarali reklama — unumdor, lekin siz o’ylagandek fantastik natijalarni bermasa ham doimiy obunachilarni jalb qiladi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Nega kanaldan chiqib ketishadi ?

Sizning fikringizcha, haqiqiy unumdor reklama qanday bo’ladi?
Javoblaringizni komentariyalarda kutaman.

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.