Sarmoyasiz saytga 100 ta odam to’plash

Besabrlik — barcha omadsizliklarning kaliti. Bu shunday kalitki, faqatgina axmoqlik qulfinigina ochadi.

(c) O`zim o`ylab topdim

Sarmoyasiz faqatgina tiklab bo`lmas asablar hisobiga saytni ommalashtirishni hohlaysizmi ?

Oramizdagi odamsimon mavjudodlarning ko`p qismi, qilayotgan harakatlarini darhol natija berishini kutishadi. Bir shovvoz, “yovvoyi tyulenlar” mavzusida sayt ochadi, lekin unga deyarli hech kim kirmagani sabab, saytni yopib yuboradi.

Saytni ochib qo`yib, kerak bo`lsa, odamlarning o`zi keladi – degan falsafa bilan ish yuritish, qimmatli vaqtingizni yo`qotishga sabab bo`ladi.

Ha, tan olaman “yovvoyi tyulenlar” O`zbekistondagi eng ommabop mavzulardan biri emas. Lekin, 22.000.000 aktiv aholidan hech bo`lmaganda 1.000 tasi shu tyulenlar bilan qiziqishi mumkin. Demak, agar kerakli harakatlarni amalga oshirsa, “Yovvoyi tyulenlar” kuniga o`rtacha 1.000 o`zbek axolisi e`tiborini qozonadi.

 

Partizancha SEO

Partizancha SEO ni yana Bezlarning SEO si ham deb atashadi. Bu usul orqali siz – saytingiz ssilkasini turli saytlar/servizlar da qoldirishingiz mumkin. Nega Partizancha ? Chunki, partizanlar hech narsadan qo`rqishmaydi xatto 1 umrlik ban olishdan ham. (Siz qo`rqasizmi ? ha, men ham qo`rqaman).

Saytimga ilk tashriflarni — maqola mavzusiga o`xshash boshqa maqolalarda fikr qoldirish bilan to`plaganman. Masalan,”Telegram kanallar” mavzusida maqola yozilgan bo`lsa, google dan “Telegram kanallar” deya so`rov berganman. Natijadagi saytlarga kirib, maqolani ba`zi o`qib, ba`zida o`qimasdan komentariyaga “Maqola zo`r ekan, Mana bu saytda ham shu mavzuda qiziqarli ma`lumot bor ekan ssilka qabilida post qoldirganman.

Muhimi siz sayt egasi ekanligingizni xitlashtirmaslik kerak. Aks xolda, komentariya o`chiriladi va sizni spam ga tiqib qo`yishadi. Bu esa, ishoning menga, ayanchli holat.

Webology da oldin, komentariyalar moderatsiyasi yo`q edi. Shu sabab, ba`zi shovvozlar komentariyalarda saytlarini to`g`ridan to`g`ri reklama qilib ketishardi. Hech birini spamga tiqmaganman, lekin, fikrlarini o`chirib tashlar edim.

Men aqlli va donoman

Savol javoblar saytini bilasizmi ? Misol uchun: otvet.mail.ru yoki o`zimizning qnb.uz . Bu saytlarda gunohkorlar osiy bandalardan nima qilish kerakligini onlayn savol berish orqali so`rashadi. Savollarga hohlagan odam javob bera oladi. Ba`zi odamlar bor “Kecha 3-qavatdan to`g`ri asfaltga yiqilib tushdim, 6 ta joyimdan qon oqayapti, qo`lim ko`karib ishgan lekin faqat boshim og`riyapti, nima qilish kerak ?” ko`rinishida ham savol berishadi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Xosting yoki Konstruktor : To'g'ri qarorgacha 7 qadam

Hullas, bunday saytlarda iloji boricha aktiv bo`lish va qulay paytni poylash kerak. Orada kimdir “Yovvoyi tyulenlar necha yil yashaydi” deb savol berib qolsa, saytingiz ssilkasini berasiz. To`g`ridan to`g`ri emas, balki maskirovka orqali. Masalan: “Tyulenlar odatda 6 yil zerikarli hayot kechirishadi, manba: tyulenlar.uz” ko`rinishida. Ssilkaga o`tish ehtimoli 90%.

Telegram kanal

Telegram kanal ochish – sayt ochishdek oson. Lekin, unga odam yig`ish azob. Siz kanalga odam yig`ishni o`ylamang. Aksincha, kanalingiz postlarini shunday yozingki, odamlar uni ko`rgach, albatta boshqa odamlar/guruhlar ga ulashsin. Masalan:Yovvoyi tyulenlarga oid qiziqarli fakt(Masalan: Yovvoyi tyulenlar – umri davomida Ummon bilan duet etmagan) va biron guruh/kanalingizda bo`lishing. Agar post yaxshi bo`lsa u tez tarqalib ketai.. Kanalingizda esa, Tyulenlar hayotiga oid qiziqarli maqola va faktlar, rasm va videolarni yuklang. Maqolalarni shunday yozingki, foydalanuvchi g`ilak bo`lsa ham oxirgacha o`qishga majbur bo`lsin.

Bunda sizga maqola yozish, o`quvchini qiziqtirish qobiliyati kerak bo`ladi.

Do`st bo`lamizmi ?

Sizning saytingiz mavzusiga o`xshash saytlar talaygina. Aynan tyulenlar bo`lmasada, hayvonot olamiga doir. Shunday saytlarni topib, ular bilan ssilka almashish kerak. Ya`ni, ular sizni saytingizni reklama qilishadi, siz ham ularni saytini reklama qilasiz. O`zaro hamkorlik, saytingizga foydalanuvchilar oqimini ko`paytirishi aniq.

Unday saytlarni qanday topsa bo`ladi ? Google va Yandex. Ularga saytingiz kalit so`zlarini yozib chiqing. Qaysi sayt sizga yoqsa, uning admini bilan hamkorlik mavzusida bog`laning. Avvaliga ko`pchilik rozi bo`lmaydi. Sababi, saytni daromad olish uchun ochishgan. Reklamaga pul to`lashni so`rashadi. Siz ularga o`rta barmog`ingizni ko`rsating keyinroq bog`lanishingizni ayting va keyingi sayt bilan bog`laning.

100 ta urinishdan 2 tasi ko`nsa ham harna. Ha, aytgancha ssilkalarni 2 -3 tadan oshirmang.

Xulosa

Yuqoridagi sxema 100% ishlaydi. Uni o`zim sinab ko`rganman va shubha qilmayman. Agar sizda o`xshamasa, demak siz qayerdadir adashgansiz yoki erinchoqsiz. E`tiboringiz uchun rahmat, fikrlaringizni kutib qolaman.

Buni ham o`qib ko`ring:   SEO nima va u nega kerak ?

P.S. – saytingiz ssilkasini har yerda ham qoldiravermang, qidiruv tizimlari banlashi mumkin.

2 комментария

    1. Salom Omonjon. Blogimizga tashrif buyurganingiz uchun minnatdormiz.
      Saytingizga kirib ko`rdim, yomon emas. Dizayn ustida bir oz ishlash kerak deb o`ylayman. Saytingizda bir necha imlo xatolariga ko`zim tushdi. Ularni to`g`irlash kerak.
      Ayni damda siz bilan hamkorlik qila olmayman. Ming bor uzur.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.