Sayt qanday ochiladi ?

5 yil oldin men ham internet olamida shu savollarga javob izlab qiynalib yurgan edim. Usha paytlarda sayt ochish uchun hech bo`lmaganda html dasturlash tilini bilish shart edi. Lekin, hozirgi internet servizlari bilan oddiy havaskorlar ham o`z saytlariga ega bo`lishlari mumkin. Siz o`zingiz sayt ochmoqchimisiz ? u holda bu maqola siz uchun!

Sayt o`zi nima va u nega kerak ?

Tasavvur qiling internet bu bir katta bino. Saytni esa undagi kvartiralardan biri desak ham bo`ladi. Avvalambor, sayt ochishdan maqsadni aniqlab olish kerak. Sayt ochish uchun odatda quyidagilar sabab bo`ladi:

  1. Yangi sayt ochish orqali o`z brendini yaratish
  2. Brendini reklama qilish. Ko`pchilik o`z biznesini kengaytirish maqsadida o`z saytiga ega bo`lishni va dunyoga biznesi haqida ma`lumot berishni hohlaydi. Yoki onlayn internet do`kon ochish.
  3. Blog – kundalik sayt. Siz sayohatchimisiz ? yoki oshpaz ? qaysi soha vakili bo`lishingizdan qat`iy nazar o`z tajribangizni dunyo bilan bo`lishmoqchimisiz ? Unda blog ko`rinishidagi sayt siz uchun.
  4. Yuklamalar sayti . Har qanday yangi fayllarni omma bilan bo`lishishni istaganlar uchun. Bu musiqiy fayllar, dasturlar, o`yinlar bo`lishi mumkin.
  5. Forum saytlar. Forum – majlislar zaliga o`xshaydi. Forum foydalanuvchilari biron mavzuni muhokama qilishadi.
  6. Internetga yoshlarning 80% I muloqot qilgani kirishadi. Yodingizdami, bir paytlar juda ommalashgan narod.uz chati bo`lardi.
  7. Sayt orqali pul ishlash. Pul ishlashni oldiga asosiy maqsad qilib qo`ygan ko`p yosh dasturchilar saytning yo`nalishi, maqsadi va undagi materiallar sifatiga e`tabor bermay qo`yadilar va natijada foydalanuvchilarni yo`qotadilar. Agar saytdan pul ishlamoqchi bo`lsangiz avval saytning sifatiga e`tibor berishni maslahat bergan bo`lar edim.

Yuqoridagi ro`yhatni cheksiz davom ettirish mumkin. Lekin, saytlarning asosiy turlari va sabablari shulardan iborat. Siz qaysi yo`nalishda sayt ochmoqchisiz ? .

Maqsad aniq, endi nima ?!

Demak, yo`nalishni tanlab oldik. Navbatdagi qilinishi kerak bo`lgan ish bu saytimizga chiroyli nom tanlash. Saytning nomi “internet lug`ati”da domen deyiladi. Chiroyli domen tanlash siri maqolasi qaror qabul qilishingizda yordam beradi degan umiddaman.

Chiroyli nom tanlash bilan birga, saytingiz uchun “logotip” ham yasab qo`yish zarar qilmaydi.

Logotip – saytingiz ma`nosini aks ettiruvchi rasm. Asosan, saytning yuqori qismida joylashgan bo`ladi.

Endi saytni quramiz

Saytimiz ko`z oldimizda huddi “lego” donachalidek turibdi. Endi bularni yig`ib yaxlit konstruksiyaga aylantiramiz. Ilk saytimizni ochish uchun Ucoz konstruktoridan foydalanamiz. Birinchi qadamni esa saytimizni Ucoz konstruktorida ro`yhatdan o`tkazishdan boshlaymiz.

Konstruktor haqida qisqacha ma`lumot Konstruktorlar maqolasida yozilgan.

Sayt ochildi, endichi ?

Saytni ochish – ish yakuniga yetdi degani emas. Bu hali boshlanishi. Oldingizda sizni juda qiziqarli sayohat kutmoqda.

Endigi qiladigan ishimiz, bu saytga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish va sayt statistikasidan habardor bo`lish. Bu nega kerak deysizmi ? Saytni ommalashtirish bo`yicha boshlang`ich va eng kerakli harakatlarni bajarmasa, unga tashrif buyuruvchilar soni 1 tadan ko`paymaydi. Usha 1 ta ham o`zingiz bo`lasiz. Internet lug`atida ommalashtirish SEO deb ataladi. U haqida boshlang`ich ma`lumotni SEO nima va u nega kerak ? maqolasidan bilib olishingiz mumkin.

Sayt statistikasidan habardor bo`lib turish uchun, liveinternet hisoblagichini o`rnatamiz.

Saytingizga foydalanuvchilar qidiruv tizimlari orqali tashrif buyurgani sabab, Saytni qidiruv tizimlaridan ro`yhatdan o`tkazish kerak.

Qissadan xissa

Agar yuqoridagi instruksiyaga to`g`ri amal qilgan bo`lsangiz, hozir ekran qarshisida faxr bilan saytingizga qarab o`tirgan bo`lishingiz kerak. Aks xolda, yana harakat qiling, izlaning. Savollaringiz bo`lsa, komentariyada kutib qolaman.