Saytga mobil versiya kerakmi ?

Deyarli har doim sayt ochib bo`lgandan so`ng, shu savolni o`zimga beraman. Gohida nega shu narsani vaqtliroq o`ylab qo`ymaganman deb o`ylab qolaman. Lekin, hayotning tasodiflarga to`la ekanligi, unda oldindan nima bo`lishini hech kim bilmasligini kafolatlaydi. Ha, biz oldindan nima bo`lishini faqatgina taxmin qilamiz holos. Ho`sh, Saytingizga mobil versiya kerakmi ?

Nega ? Nega ? Nega ?!!!

Web sahifangizga tashrif buyuruvchilar soni ko`paygani sari, undagi ma`lumotlarni o`qish uchun turli qurilmalardan kiradiganlar ham ko`p. Agar saytingiz kompyuterlar uchun mo`ljallangan bo`lsa, mobil qurilma yoki planshetdan foydalanidiganlar uchun saytdan foydalanish biroz noqulaylik tug`diradi.

Hozir, 2017 – yilda deyarli hammada kamida….kamida 1 ta telefon bor. Jahon statistikasiga ko`ra esa yildan yilga mobil internet foydalanuvchilari ortib bormoqda. Chunki mobil telefon orqali hohlagan joyingizda, hohlagan saytingizga kirishingiz mumkin. Zamon bilan hamnafas bo`lishni istasangiz, sizga darxol saytingizni mobil qurilmalar uchun qulayliklarini o`ylab chiqishingizni maslahat beraman.

Muammoning yechimi

Saytning mobil qurilmalarga qulayliklarini yaratishda 2 xil yo`l bor.

  • Moslashuvchan dizayn
  • Mobil modul

Moslashuvchan dizaynadaptive, responsive, flexible kabi nomlanadi. Bunday dizayn turli qurilmalar ekraniga moslashib oladigan hususiyatga ega. Bunda saytning hech qanday ichki qismi( script, kod) lari o`zgarmaydi. Faqatgina tashqi ko`rinishi o`zgaradi holos.

Mobil modul — Bu alohida modul bo`lib, saytingizni 2 ga ajratib qo`yadi. Bunday modul maxsus detektorlar orqali saytga kirayotgan mehmonni qurilmasini aniqlaydi. Agar u kompyuterdan kirayotgan bo`lsa, uni web sahifaga yo`naltiradi. Agar telefondan bo`lsa, unga telefonlar uchun mo`ljallangan versiyaga yo`naltiradi.

Plyus va Minuslar

Moslashuvchan dizaynning yaxshi tomoni – sizdan dasturlash ilmi talab qilinmaydi. Shunchaki ishlatayotgan skriptingiz uchun moslashuvchan hususiyatga ega dizayn tanlasangiz bo`ldi. Bunday dizaynlar adaptive, responsive, flexible kabi kalit so`zlar bilan aniqlanadi. Dizayn hususiyatlarida shu so`zlar ishtirok etganmi, demak ular moslashuvchan. Minus tomonlaridan biri, saytingizni hajmi kamaymaydi. Unga kirayotgan foydalanuvchi avvaliga web sahifani to`liq yuklab oladi, keyin ekranga moslashadi. Megabaytlar harji o`sha o`sha qolaveradi. Agar saytingiz sahifalari og`ir bo`lsa, uning yuklanishi ham sekinlashadi. Bu esa o`z navbatida mexmonlarni yoqotishga sabab bo`ladi.

Mobil modul – bu modulni o`rnatish, sozlash va ishga tushirish uchun ozgina dasturlash ilmidan habaringiz bo`lishi kerak. Yana bir minus tomoni: siz ishlatayotgan skriptning mobil versiyasi 80% pullik bo`ladi. Lekin, proektingiz kelajagiga ishonsangiz, sotib olishingiz mumkin. Plyus tomonlaridan biri: saytingiz tez yuklanadi,chunki sahifalar hajmi kichraygan bo`ladi. Bu esa o`z navbatida mehmonlar megabaytlari harjini qisqartiradi. Mobil modul – telefondan kiradigan foydalanuvchilar uchun saytning eng kerakli bo`lgan qismini ko`rsatadi. Ortiqcha elementlar olib tashlanadi.

Kichik bir metafora ular orasidagi farqni aniq ajratib olishga yordam beradi deb o`ylayman.

Deylik, oilangizda avtomat uzatgichli Captiva 4 bor. Oddiy do`konga chiqib kelish uchun siz shu mashinada 2 litr benzin sarf qilasiz. Uni har qaysi oila a`zolaringiz haydab ketaveradi. Mana bu moslashuvchan dizayn.

Agar mayda chuyda ishlar uchun deb alohida Spark sotib olsangiz, Captivani faqat nozik joylarga haydaysiz. Natijada oddiy do`konga chiqib kelish uchun 0.5 litr benzin sarf qilasiz. Har bir mashinaning o`z vazifasi bo`ladi.

Xulosa:

Agar saytingiz yengil sahifalardan iborat bo`lsa, u holda moslashuvchan dizayn eng yaxshi qaror. Aks xolda mobil modul o`rnatganingiz yaxshi.

 

4 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.