Saytni tekinga ommalashtirish

Ilk bor sayt ochish bilan shug`ullanganimda, hech kimnikiga o`xshamagan origina materiallardan iborat proektim bor edi. U menga do`stu ham yor edi. Lekin, usha davrda ommalashtirishning “M” harfini ham tushunmaganim bois, saytimni o`zimdan boshqa hech kim bilmagan. Keyin esa qidiruv tizimlari qanday ishlashini va saytimga tashriflar sonini ko`paytirishni yo`llarini izlay boshladim. O`qilgan kitob va maqolalardan shularni tushundimki, yozilgan metodlarning ba`zilari eski, ba`zilari natijasiz va ba`zilaridan ba`zilari haqiqatda foydali ekan. Shu foydali qismini sizlar bilan bo`lishmoqchiman.

Quyidagi metodlarni o`qishdan oldinSEO o`zi nima va u nega kerak ligini bilib olish zarar qilmaydi.

Tekin ssilkalar

Ba`zi saytlarda ro`yhatdan o`tganingizdan keyin “shaxsiy profil ma`lumotlari”ni to`ldirish qismida “sayt” degan maydon ham bo`ladi. U yerga saytingiz manzilini joylashtirishingiz mumkin. Agar ssilka joylashtirayotgan saytingiz PageRanki yuqori bo`lsa yanada yaxshi. Bu usul orqali siz saytingizga yo`nalgan ssilkalar sonini ko`paytira olasiz.

O`rinli komentariyalar

Saytingiz tematikasiga mos keladigan forum, blog larga tashrif buyuring. Ustalik bilan maqolalarga fikr qoldiring. Shunday fikr bildiringki, saytingizni reklama qilayotganingiz bilinib qolmasin. Huddi 3 –shaxs nomidan gapirayotgandek. Agar bilinib qolsa, admin komentariyani o`chirib tashlashi mumkin, sizni esa ban kutadi.

Top Reytinglar

Top reyting saytlaridan ro`yhatdan o`ting. Maksimal 2-3 ta, eng yaxshilaridan(PR nisbatan yuqori reytinglardan). Bu usul orqali siz reyting saytda sayt ssilkasini qo`yasiz va bir vaqtni o`zida saytingizga tashrif buyuruvchilar statistikasidan ham habardor bo`lib turasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar

Saytingizni ijtimoiy tarmoqlarda offitsial sahifasini oching. Unga kerakli materiallarni yozib, do`stlaringiz bilan ulashing. Statusingizga saytingiz manzilini yozib qo`ying. Statistikaga ko`ra ijtimoiy tarmoqlardan tashqi saytlarga o`tishlar soni kam. Lekin, siz uchun harna.

Kataloglardan ro`yhatdan o`ting

Ochiq onlayn kataloglar sayt ssilkasini joylashtirish uchun juda yaxshi imkoniyat. Ozgina vaqt va 2 3 krujka kofe ketadi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Sarmoyasiz saytga 100 ta odam to'plash

Savol javoblar sayti

Ko`pincha, qidiruv tizimidan mukammal foydalana olmaydigan odamlar “savol-javoblar” saytlarida savollarini beradilar. Shu savollarga javob sizning saytingizda bo`lsa, tekin reklama qilish uchun juda yaxshi usul.

Nikneym lar bilan o`yin qiling

Saytlardan ro`yhatdan o`tayotganingizda login o`rniga saytingiz manzilini yozing. “.”(nuqta) ni o`rniga “_”(tagchiziq) ni ishlating. Masalan: webology_uz .

E`lonlar sayti

Agar saytingiz onlayn bozor ko`rinishida bo`lsa, OLX.uz kabi mashxur e`lonlar saytida o`z tovarlaringizni reklama qilishingiz mumkin. Albatta ochiq oydin emas, qog`ozga o`rab. Masalan, e`lon ta`rifida saytingizdagi Tovar ssilkasini joylashtirasiz. U yog`I tasavvur kuchingizga bog`liq.

Ssilka almashish

Saytingiz tematikasiga mos keladigan boshqa sayt topib, u bilan o`zaro ssilka almashing. Ba`zida bu uchun haq to`lashadi. Lekin, kelisha olsangiz, tekinga ham qilsa bo`ladi.

Xulosa

Maslahatim, ochiq oydin reklamadan, bezlarcha ssilka qoldirishdan qoching. Aks xolda qidiruv tizimlari qora ro`yhatiga tushib qolasiz. Bu esa , tirik chilikni beliga tepadi. Saytingizga reklama beruvchilarni ishonchi yo`qoladi.

 

 

13 комментариев

    1. Iliq bildirgan fikringiz uchun rahmat.
      Komentariyalarga ssilka joylashtirish ochiq reklama ko`rinishida bo`lgani uchun ba`zi adminlar uni tahrirlashadi va komentariya egasini bloklashadi. Shu sabab, unchalik maslahat bermagan bo`lar edim.

    1. Saytdagi barcha materiallar avtorlik maqolalar hisoblanadi. Ularni o`zim yozaman shu sabab unikalligi 95% dan yuqori. Men tanlagan tematikada raqobatdoshlarning kamligini hisobga olsa, qidiruv tizimlari saytimga ko`proq odam yo`naltiradi. Saytning trasti ham oshadi. Bu hozircha taxmin va yaxshi niyyat.
      Saytingiz weblog.uz mi ? Undagi materiallar, hatto o`yin va dasturlarning ta`rifi ham ko`chirmaku ! Saytingizdagi materiallar boshqa portallarda ham borku. Bu yo`nalishda sizni raqobatdoshlaringiz ko`p. Agar ular sizdan ko`ra ko`proq ommalashgan bo`lsa, qidiruv tizimlari sizni ulardan keyin ko`rsatadi. Bunday katta raqobatni yengib chiqish uchun sizda «sexrli qayla» bo`lishi kerak deb o`ylayman. Ya`ni, usha ommabop portallardan ajralib turadigan sifati. Xozircha saytingiz tas-ix tizimida joylashgani plyus. Lekin, bu yetarli emas.
      Eng alam qiladigani tuzukroq dasturchi saytingizga grabber yasab o`z saytiga joylashtirsa, qilgan mehnatlaringiz bir tiyin bo`ladi.
      Saytdagi yuklamalarga o`zingiz ta`rif yozing. Foydalanuvchilarga nimani taklif qilayotganingizni avval o`zingiz yaxshilab bilib oling. Pichoqni oldin o`zingga ur, keyin boshqaga.

    1. Aka sayt ishlaringizga omad sayt bundan ham gullasin. Mening saytimni ham bir ko`rib berasizmi fikr uchun sayt yaxshimi yuqmi xatolarini aytsangiz iltimos sayt manzili itblogy.ga

  1. Aka sayt ishlaringizga omad sayt bundan ham gullasin. Mening saytimni ham bir ko`rib berasizmi fikr uchun sayt yaxshimi yuqmi xatolarini aytsangiz iltimos sayt manzili itblogy.ga

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.