SEO nima va u nega kerak ?

Saytingiz bor lekin foydalanuvchilar kammi ? Traffik oqimi juda pastmi ? Bunga 2 ta sabab bor :

  1. Saytingiz hech kimga kerak bo`lmagan mavzuda ochilgan (go`rkovlar blogi, dangasalik sirlari, ko`chirma sayt)
  2. Siz saytni ommalashtirishni bilmaysiz

Birinchi variantda sizga yordam bera olmayman, ming bor uzur. Siz uchun beradigan yagona maslahatim, saytingizni yoping va u haqida unuting yoki unga chiroyliroq nom tanlang 🙂

Agar unday bo`lmasa, siz ikkinchi variantga kelasiz. Sayt ochdim degani bu u o`z o`zidan yurib ketdi degani emas. Saytni ommalashtirish, odamlarga tanitish uchun ham bir qator kerakli harakatlar amallarni bajarish lozim. Axir uylandi – ota bo`ldi degani emasku, buning uchun ham nimadur qilish kerak. Saytingiz hali o`zingiz hohlagandek ommalashmagan bo`lsa, siz internet olamida hozircha kuyovsiz holos!

 

SEO o`zi nima ?

SEOSearch Engine Optimization (Qidiruv Tizimi Optimizatsiyasi) deyiladi. Buni saytga nima aloqasi bor ? Albatta bor. Saytingizga keladigan foydalanuvchilarni juda ko`p qismi aynan qidiruv tizimlaridan kelishadi(google, yandex, rambler, yahoo va h.k.). Agar siz shu tizimlar uchun saytingizni maksimal darajada moslashtirsangiz marra sizniki. Saytingiz qanchalik tizimga moslashgan bo`lsa, u shunchalik ko`p sizga foydalanuvchilarni yo`naltiradi va tizmida saytingiz reytingi oshishiga sabab bo`ladi. Qanday qilib deysizmi ? Foydalanuvchi qidiruv tizimiga kalit so`zni kiritgandan keyin, natijalar qidiruv sahifasida aks etadi. Natijalardagi saytlar tizimga moslashganligiga qarab aks etadi. Eng yaxshi reytingga ega sahifa natijalarda yuqorida turadi. Birinchi 3 ta sayt reklama huquqi asosida turadi. Qolgani reyting bo`yicha. Ammo, qidiruv tizimidan foydalanadiganlar asosan natijalarning birinchi sahifasidan uyog’iga o’tishmaydi. Shuning uchun ikkinchi sahifada aks etishni foydasi kamroq. Birinchi sahifaga tushish uchun esa, tizimdagi reytingiz baland bo’lishi kerak.

Reyting, qanaqa reyting?

Ha, afsuski har bir tizimning saytlar uchun o`z reyting ko`rsatkichi bor. Ulardan asosiysi Google va Yandex ning reyting ko`rsatkichlari hisoblanadi. Chunki bular eng ommabop qidiruv tizimlari deya tan olingan.

Buni ham o`qib ko`ring:   Siniq ssilkalardan qutulishning 3 yo'li

Google da PageRank — SahifaHajmi deyiladi. (0 dan 10 gacha)

Yandex da ТИЦko`rsatkichi. (0 dan cheksizgacha)

Har safar mazkur qidiruv tizim botlari saytingizni aylanganda saytingizdagi barcha sahifalardan nusxa olib o`z bazalarida saqlab qoladilar. Sahifangiz qanchalik shu botlarga moslashgan bo`lsa,  ular qidiruv tizimi natijalarida yuqorida aks eta boshlaydi.

Ko`rsatkichlar tez – tez yangilanib turadi. So`nggi yangilanishni http://pr-cy.ru/updates/ sahifasi orqali ko`rsangiz bo`ladi.

Saytingiz ayni damda qanday ko`rsatkichga ega ekanligi haqida : http://pr-cy.ru/ sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Hudo hohlasa, eson omonlikda keyingi maqolada SAYTNI TEKINGA OMMLASHTIRISH haqida suhbat quramiz . Hurmat bilan Webology

3 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.