Siniq ssilkalardan qutulishning 3 yo’li

Saytni optimizatsiya qilish vaqtida oyoq ostidan chiqadigan kichik muammo — bu siniq ssilkalar. Ular huddi tungi uyquni buzadigan chivin kabi asabingizga tegib ketgan bo’lsa, darhol ularni aniqlab davolaymiz.

Siniq ssilkalar o`zi nima ?

Siniq ssilka – foydalanuvchi unga bosganda, server “sahifa mavjud emas(xatolik kodi 404) “ xatoligni beradi. Foydalanuvchi tomonidan so`ralayotgan fayl/rasm/sahifa manzili o`zgargan yoki serverdan o`chib ketgan bo`lsa yoki umuman mavjud bo`lmagan bo`lsa shu xatolik ro`y beradi

Saytingizda bunday turdagi ssilkalarni doimiy tekshirib turish siz va foydalanuvchilar uchun juda foydali. Sababi, saytingizga tashrif buyuruvchilar biron ma`lumotni izlab kelishadi. Tasavvur qilinga, “ana topdim” deganda server ularga “bu sahifa mavjud emas” deya javob qaytarsa nima bo`lishini. Saytingizga ilk bor kirayotgan odamlar boshqa qaytmaslikga qaror qiladilar.

Ayniqsa, qidiruv tizimlaridagi robotlar. Ular tanish bilishchilikni bilmaydi. Shu sabab, saytingizda tinmay siniq ssilkalarga uchrashsa, hisobotlari ijobiy bo`lishiga shubham bor. Ana shundan keyin, reytingdagi TOP o`rinlarn tushingizda ko`rasiz.

Qanday tekshirish mumkin ?

Kasallikni aniqlash uni 50% ga davolash degani. Saytni siniq ssilkalardan davolashning bir qancha yo`llari bor.

Yandex webmaster orqali davolash

  1. http://webmaster.yandex.ru/ ssilkasi orqali Yandex Webmasterga kiramiz (Ro`yhatdan o`tmagan bo`lsak, servizdan ro`yhatdan o`tish shart. Jarayon oddiy saytlarnikidek standart.)
  2. Ссылки -> Внутренние ссылки bo`limiga o`ting va u sizga ishlamaydigan ssilkalar ro`yhatini ochib beradi. Ro`yhatda sahifa manzili va yonida 404 belgisi bo`lgan har bir ssilka siniq hisoblanadi. Ularni qanday to`g`irlash uchun keyingi bo`limni o`qing.

 

WordPress uchun Broken link checker plagini

 

  1. WordPress admin paneliga kirib, plaginlar bo`limidan Broken link checker ni qidiring va so`nggi versiyasini o`rnating.
  2. Настройки»Проверка ссылок bo`limiga o`ting va plaginni rasmdagidek qilib sozlang:

 

  1. Admin paneldan Инструменты -> Неправильные ссылки bo`limiga o`ting. Plagin sizga notog`ri ssilkalar ro`yhatini ko`rsatadi.
Buni ham o`qib ko`ring:   SEO nima va u nega kerak ?

 

Onlayn serviz orqali tekshirish

 Brokenlinkcheck.com sayti orqali saytingizni siniq ssilkalarga tekshirishingiz mumkin. Buning uchun:

  1. Saytga kiring. Saytingiz nomini yozing
  2. Tekshiruv kodini kiriting
  3. Report all occurrences of each dead link (may be slower) ni tanlang
  4. Find broken links now ! ga bosing.
  5. Bir oz kutamiz va natija tayyor!

Qanday to`g`irlash mumkin ?

Qo`l bilan. Albatta qo`l dilan

Yuqoridagi har bir metodning natijasi – sizga siniq ssilkalar qaysi faylda joylashganini ko`rsatishdan iborat. Demak, bizda fayl nomi va siniq ssilka manzili bor. Endi shu faylni ochib, ssilkalarni to`g`rilasa bo`ldi.

Xulosa

Bilasizmi, nega bu maqolani yoritishga qaror qildim ? Saytni ommalashtirishda tinmay harakat qilayapman. Ba`zida blog, savol javoblar servizida saytim ssilkasini qoldiraman. Lekin, ba`zi foydalanuvchilar shu ssilka noto`g`ri qo`yilgani yoki mavjud bo`lmagan sahifaga yo`naltirilgani sabab saytimga tashrif buyura olishmayapti. O`z o`zidan , mehmonlar soni kamayib ketdi.

O’ylaymanki, maqolada keltirilgan metodlar sizlarga bu kichik bosh og’riqni yo’qotishda yordam beradi.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.