Siz bilmagan Ulug’bek Pulatov

El og`zida bu shovvoz haqida judayam ko`p mish-mishlar va savollar yuribdi.

Unga ishonsa bo`ladimi ? Qanday qilib u shuncha pul ishlayapti ? Biz ham qila olamizmi ?

Intervyularda u  internet biznes bilan shug`ullanishi va undan yaxshigina daromad olishi haqida ma`lumot bergan. Lekin, uning ish kuni qanday o`tishi, pul qayerdan kelib qanday sarf bo`lishi va o`rtada qanday qilib daromad paydo bo`lishi  — oddiy gunohkorlarga sodda tilda tushuntirilmagan.

Ulug`bek ning biznesi nimadan iborat?

Ulug`bek shug`ullanadigan biznes – infobiznes deb nomlanadi. Infobiznes da sotuvga turli hil vebinarlar, o`quv kurslari va videodarsliklar savdosi kiradi. Uning asosiy tovarlari – pul ishlash sxemalari (formulasi, yo`li, usuli) va ularni ishlatish uchun «o`quv kurslari». U o`zida sinab ko`rgan va daromad keltiradigan sxemalarni sotadi.

Telegramda pul ishlashni hamma hohlaydi, lekin ko`pchilik xatto sxema so`zi nima ekanligini ham bilmaydi. Sxemalarni tushuntirgandan ko`ra, cheklangan o`quvchilar sonini yig`ib ularga o`quv kursi sifatida dars o`tish oson va samarali hisoblanadi. U o`quvchilarni har biriga sxema ishlashini aniq tiniq qilib ko`rsatib beradi. Mana shuning uchun uning kurslari QIMMAT.

Ulug`bekning sirli texnologiyalari

Uning blogini kuzatib borar ekansiz, bir habari 2 3 martta kanalga qayta tashlanadi. Uning ko`p ishlatadigan so`zlaridan biri bu – запуск. Bu so`z to`g`ridan to`g`ri tarjimada – ishga tushirish, yo`lga qo`yish degan ma`nolarni anglatadi. Aslida esa bu – savdo yuritish texnologiyasidan biri.

Ulug`bekda Tovar bor. U odamlarga kerak. Agar uni oddiy reklamalar orqali sotsa – 100 so`m foyda ko`radi. Agar Zapusk texnologiyasi orqali sotsa – 1000 so`m foyda ko`rishi aniq. U bu haqida ko`p yozgan.

Lekin qanday qilib ? Jonli misol qilib, o`z blogimni keltiraman. Ulug`bek haqida ma`lumot olish uchun post kamida 30 ta “olov “ yig`ishi kerak edi. Buni qarangki, oddiy kunlarda postlarim tagida 30 ta ovoz yig`ilishi uchun 1 hafta vaqt ketsa, bugun 1 kundayoq yig`ildi. Men sizlarda mazkur savdo texnikasi(usuli)ni  sinab ko`rdim. Garov o`ynashim mumkinki, siz bu maqolani kutgansiz !

Buni ham o`qib ko`ring:   E-mail kerakmi ? Muammosiz!

Tovar haqida ma`lumot berdim, uni sizga kerakligini tushuntirdim. Undagi ba`zi ma`lumotlarni berib sizlarni qiziqtirdim. Ha, bu Ulug`bekni usulidek kuchli bo`lmadiyu lekin natija berdi. Shunday emasmi ? Sabringizni sinaganim uchun uzur).

Zapusk qanday qilinadi ?

Mazkur savdo texnikasi haqida Ulug`bek o`z blogida qisqa va tushunarli qilib yozgan:

1)     Haridorga Tovar borligi haqida ma`lumot berish kerak.

2)     Ushbu Tovar haridorga qanday foyda keltirishini bildirish va auditoriyani tovarga bo`lgan qiziqishini orttirish.

3)     Agar tovarni olmasa, u nimalarni qo`ldan chiqarishini tushuntirish va vaziyatni qo`ldan boy bermaslik uchun shoshirish

4)     Tovarni demonstratsiya qilish, ya`ni undagi ba`zi materiallarni ommaga havola etish. Ularning shubhalariga barham berish va sotishni boshlash!

Ulug`bekda zapusk 2 ta etapdan iborat:

Avvaliga u judayam ko`zga tashlanadigan sarlavha bilan yangi TEKIN vebinar o`tkazayotganini ommaga bildiradi. Masalan: 2 soatda qo`shimcha bilimlarsiz 500$ ishlash. Vebinar tekin bo`lgani sabab unga ko`pchilik a`zo bo`ladi.

Vebinar boshlanadi va Ulug`bek o`zini tanishtiradi. Avvaliga telegram haqida ma`lumot beradi. Keyin o`z yutuqlari bilan bo`lishadi. Keyin hamma biladigan ochiq faktlarni ulashadi.

Tekin vebinarning deyarli 70% postlari uning blogida shundoq ham yozilgan bo`ladi. Tekin vebinar aslida Pullik kurslarni reklama qilish uchun o`ylab topilgan. Sizga ovqatni tekinga berishadi – lekin qoshiqni sotishadi.

Ulug`bek sotayotgan kurslardagi bilim o`ziga qancha foyda keltirganini ommaga ko`rsatgandan keyin – uning sxemalari daromad keltirishiga shubha yo`qoladi.

—         Sizga telegram orqali 500$ ishlashni o`rgataman, buning uchun kanal ochamiz va zapusk qilamiz. Mana men zapusklardan 4700$ ishladim, bu sizning ham qo`lingizdan keladi

—         Emm, zapusk nima ?

—         Zapusk qilish haqida pullik kurslarimizda o`rgatamiz. Unga yozilish uchun quyidagi formani to`ldiring va h.k

 

Bu narsa trigger deyiladi. Ya`ni oldindan kutilgan savolga oldingan o`ylab qo`yilgan javob. Siz bilmagan har bir termin – bu trigger. Unga yechim topish uchun “pullik kurslarimizga” yozilish kerak.

Buni ham o`qib ko`ring:   Nega kanaldan chiqib ketishadi ?

Hullas tekin vebinar – tayyor klientlar bazasiga sotilishga tayyor maxsulotning chala ko`rinishi va to`liq versiyasini sotib olishga undash.

Ulug`bek o`ziga ishongan tadbirkor va o`z kurslari odamlarga foyda keltirishiga ishonadi. Hech bo`lmaganda tikkan pullarini qaytarib olishadi. Shu sabab, uning kursiga yozilgandan hech kim zarar ko`rmaydi(menimcha).

Xo`sh unda pul qanday topiladi ?

Avvalo unga haridorlar kerak. O`ziga kerakli auditoriyani to`plash uchun telegram kanalni – blog ko`rinishida ochish va o`z kurslaridagi “tekinga bersa achinmaydigan” qismini kanalga nashr etishdan boshlanadi.

Kanalni to`ldirish bilan parallel ravishda – reklamalar sotib olinadi. Yangi obunachilar oqimi Ulug`bekning blogiga tushadi va uning hayoti bilan qiziqishni boshlashadi. Bu vaqt ichida Ulug`bek – unda pul ishlash qobiliyati borligini xalqga bildiradi (daromadlardan skrinshotlar, pullarning rasmi va h.k.) .

Kerakli auditoriya yig`ilgunicha u o`z tovari (o`quv kursi)ni yashirin reklama qilishni boshlaydi.

Auditoriya yig`ilgandan so`ng – tekin vebinar o`tkazadi. Omadga erishgan biznesmen, pul ishlash yo`lini tekinga ulashganda – har qanday odam unga yoziladi. Vebinar orqali pullik kurslar sotiladi va mana sizga daromad!

O`quv kurslari tarifi eng kami 130$.

Reklama uchun 300$ tikilsa va u orqali 15 ta kurs sotilsa  1950 – 300 = 1650$ toza foyda.

Xulosa:

Shaxsan men Ulug`bekga shaxsiy habar orqali menga ham pul topishni o`rgatishini so`raganman. U meni o`quv kursiga taklif qilgan. Lekin, bu kursga pul to`lagim kelmagan(balki, tavakkal qila olmaganim uchundir). Lekin, uning blogida kurslar orqali pul ishlayotgan odamlar borligi ham yozilib turadi.

Unga ishonish kerakmi ? Bilmadim. Nima bo`lganda ham hammasi o`zingizga bog`liq. Siz harakat qilmasangiz, Ulug`bek tugul, Bill Geyts o`rgatsa ham foydasi yo`q.

Maqola manzur kelgan bo`lsa, fikrlaringizni kutib qolaman. Ishonaman, ular sizda talaygina )

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.