Telegram akkauntni o’chirish

Insonlar orasida uzoq masofani bilintirmaslik va doimiy aloqada bo’lish uchun o’ylab topilgan messenjerlar ba’zida katta muammolarga olib kelishi mumkin.  Telegramni ko’pchilik turli sabablarga o’chiradi:

Oiladagi janjal, vaqtni o’g’irlab qo’yish, harajatlar ko’payib ketgani va tishlar to’kilishi bunga yaqqol misol

Telegram akkauntni o`chirish

Buni qarangki, telefondan telegram dasturini o`chirish bilan telegram to`liq o`chmas ekan. Ya`ni siz dasturni o`chirasizu, lekin akkauntni emas.  Telefoningizda telegram dasturi bo`lmasa ham, tanishlaringiz sizga telegram orqali habar yoza olishadi. Siz qachonki, yana telegram dasturini yuklab olganingizda, sizga yuborilgan habarlarni o`qish imkoniyatiga ega bo`lasiz.

Dasturni to’liq o’chirish uchun telegram maxsus funksiya ishlab chiqgan.

Telegram akkauntni o’chirish uchun :

  1. Mana  bu (ssilka: https://my.telegram.org/auth) sahifaga kiring. Your phone Number maydoniga telefoningiz kodi bilan kiriting va Next ni bosing. Masalan: 998946580150
  2. Telegram dasturi sizga telegram dasturi orqali tasdiqlash kodini yuboradi. Shu kodni Confirmation code maydoniga kiriting. Tekshiruv kodi rasmdagi ko’rinishda bo’ladi:
  3. Kodni to’g’ri kiritsangiz, telegram sizni boshqaruv paneliga kiritadi. Paneldan Deactivate account ssilkasiga bosing
  4. Why are you leaving ? maydoniga bir nima deb yozib yuboring. Aslida bu maydonga, telegramni o’chirishga nima sabab ekanligini yozish kerak.
  5. Harakatlaringiz ongli ravishda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun telegram yana bir bor «Qaroringizga aminmisiz ?» deydi va siz Yes, delete my account ni tanlang. Yana o’zingiz bilasiz )

Telegram Kaput!

So’nggi qadam, dasturni telefondan ham o’chirib tashlang. Vualya. Endi siz telegram olamidan butunlay o’chib ketdingiz.

 

 

 

20 комментариев

    1. Aynan qaysi joyida xatolik bo`layapti ?.
      1- my.telegram.auth/deactivate sahifasiga kiring
      2- raqamingizni yozing
      3- Sizning telegramingizga tasdiqlash kodi keladi
      4- Shu kodni my.telegram.auth/deactivate sahifasiga kiring
      5. Akkauntni o`chirishni tasdiqlang bo`ldi

    1. Telegram serveriga bitta raqam uchun murojaat lar soni kopayib ketgan bolsa shu habar chiqadi. Ya`ni, telegram, plus va boshqa telegram api dan foydalanadigan dasturlar bir vaqtda bitta akkauntga ulangan bolsa yoki, siz judayam kop martta akkauntni o`chirishga urungan bo`lsangiz telegram sizga rad javobini bermoqda. Kamida 24 soatdan keyin urinib ko`rishni maslahat beraman

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.