Telegram botlari va ularning daromadi haqida

“Bot” chilarga ishlash jonga tegmadimi ?

Bank tizimi qanday ishlashini bilasizmi ? Xalqdan olgan omonat pullarni 10% qilib qaytarish sharti bilan yana o`sha Xalqga kredit hisobida 15% dan beradi. Qarz beruvchi bilan Qarz oluvchini bir joyda jamlagani uchun 5% ustamasi bor.

Botlar ham huddi shu sxema bo`yicha ishlaydi. Faqat ularda omonat pullar o`rniga “e`tibor va vaqt” bilan savdo qilinadi.

Avvalo, bu botlarni foydalanuvchilarga taklif qilayotgan narsasi – pul ishlash. Lekin, foydalanuvchilar pul ishlashmaydi – ular o`z vaqtlarini bu botga arzonga sotishadi. Qanday qilib deysizmi ?

Bu botlar qayerdan paydo bo`lib qoldi va nega ular bunchalik mashxur ?

Botlar borki, ba`zi muammolaringizni yechadi. Botlar bor ba`zida sizga shu muammolarni tug`diradi.

Bot chilar sizlar pul ishlashingiz uchun ko`rsatayotgan postlarni – reklama beruvchilardan olishadi. Reklama beruvchilar – Kanallarning admini. Ular kanallarida nashr qilinayotgan postlarni “prosmotr(ko`rinish soni)” ni shu botlar orqali ko`paytirishadi.

Bot orqali ko`rgan postingiz uchun 10 so`m olasiz. Adminlar esa shu bot orqali sizga postini reklama qilgani uchun 20 so`m to`lashadi. O`rtadagi 10 so`m esa tadaaaamm – foyda.

Botlar qanday ommalashadi  ?

Ofising sen bilan bo`lsa – qanday yaxshi. Zal, Yotoqxona xatto xojatxona ham senga ofis bo`lishi mumkin. Shunchaki, qo`lingga telefonni ol va botni ishga tushir. Endi sen boshliqning sassiq gapiga, hamkasblarning g`iybati va oshxonadagi bemaza ovqatga chidab o`tirishing shart emas. Shunchaki, telefonni ol va botni ishga tushir.

Mana shunday propaganda bilan botlar turli kanallarga reklama berishadi. Lekin, bu botlar siz tasavvur qila olmaydigan darajada tez rivojlanishadi. Bilasizmi, sabab nimada ? Tarmoqli marketing.

E`tibor berdingizmi, postlarni ko`rish 10 so`m. Botga do`stlarni jalb qilish(referral yig`ish) 50 so`m. 5 ta postni ko`rgandan, 1 ta odamni botga orqamdan olib kelganim yaxshi, deysizda – botni o`zingiz bilmagan holda ommalashishiga yordam berasiz. Narxlar atiydan shunday qo`yilganki, siz postlarni ko`rishdan ko`ra – botga odamlarni jalb qilishga majbur qiladi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda kanal ochish nega kerak ?

Endi pulga kelsak, botchilar qancha pul ishlashadi ?

Botga obuna bo`lgan har qanday foydalanuvchi – uning haridorlar bazasidan o`rin oladi. Barchamizga ma`lumki, botlar obunachilarga turli xabarlarni yuborsa bo`ladi(рассылка). Kichik e`lonlardan tortib – REKLAMA postigacha.

Aytaylik, botning a`zolari soni 1.000.000 ta odam. Agar bu botga Reklama posti uchun buyurtma bersangiz, sizni reklamangizni 1.000.0000 ta odam ko`radi degani. Yomon emas, to`g`rimi. Lekin puli ham shunga yarasha.

Shunchaki, ichingizni qizitgim keldi:

76.000 ta a`zosi bor botda a`zolarga reklama postini yuborish – 600 rubl(84.000 so`m)

Demak, million uchun – 1.105.160 so`m bo`lar ekan J. Mana bizni e`tiborlarimiz jamlanmasi qancha turadi )

P.S. Yanada qiziqarli maqolalarni 

da o`qing.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.