Telegram: Kanallar va pullar

Salom hurmatli blog obunachilari. O’tgan mavzularimizda, telegram tarmog’ida kanal yoki botga ega bo’lmasdan turib pul ishlash haqida yozgan edik.

Bugun sizlar bilan, «Палач говорит» proektining administratori Pavel Goroditskiyning «Telegram kanallarda reklama sotish» mavzusidagi ajoyib maqolasi bilan bo`lishmoqchiman. Pavel, ijtimoiy marketing sohasida omadga erishgan shaxslardan biri va undan bir nechta omadga erishish sirlarini o`rganib olish, hech kimga zarar qilmaydi.

Sizlarga maqolaning asosiy mag`zini taqdim etamiz. Har ehtimolga qarshi:


Bu qanday bo`lgan edi …

2015-yil qishda kursdosh do`stim bilan «Палач» proektini ishga tushirdik. Proekt bir yil ish yuritgandan so`ng, shuni tushundikki, bizni hech kim o`qimasdi. Xatto 2016-yil aprelda «Палач» proektini yopish haqida o`ylab qoldik. Telegramda kanal ochish — bizning so`nggi umidimiz edi. Lekin do`stim «Biz ko`pi bilan 100 ta obunachi yig`a olamiz» derdi. Qarshiliklarga qaramay, kanal ochishga qaror qildim.

Birinchi oyning o`zida 1000 ta obunachi yig`ildi. Keyin, esa oydan oyga obunachilar oqimi tezlashib ketdi.

Biz saytdagi maqolalarni kanalimizga joylashtirar edik va u yerdan postimiz guruh va chatlarga tarqalar edi. Shu usul bilan, saytimiz tashriflari 15-17 barobarga o`sdi.

Obunachilar soni ortgan sari, kanalga reklama qo`yish orqali uni monetizatsiya qilishni boshladik. Kanaldan chiqgan daromad — saytimiz barcha harajatlarini yopishga yetar edi.

Maqolam, telegramda reklama sotish haqida. Balki, u kimgadir foyda keltirar. Oldindan aytaman: Men judayam yomon tadbirkor va bir tiyinga qimmat strategman, lekin shu minuslarim bilan ham yaxshigina reklama sotaman. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, bu ish har qanday odamning qo`lidan keladi.

 

Sabrsiz telegram-tadbirkorlarning eng asosiy savoli — Reklama taklif qachon keladi ?

 

2016-yilda, telegram kanallar endi endi ommalasha boshlagan bir vaqtda, 1000 ta obunachisi bor har qanday kanal — reklamadan muntazam ravishda daromad ko`rar edi.

Xozir limit 3000 obunachilargacha ko`tarilgan. Kanalingizdagi obunachilar shu limitdan o`tgandan keyin, «Kanalingizda reklama qo`yasizmi?» qabilidagi savollar sizga odatiy hol bo`lib qoladi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Nega kanaldan chiqib ketishadi ?

 

Reklama qo`ysam, obunachilar qochib ketmaydimi ?

 

Boshqa ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan, telegram foydalanuvchilari vafodorroq. Shu sabab, reklama postlari kamdan kam holda foydalanuvchini kanalni tark etishiga sabab bo`ladi.

Agar reklama va kontent orasidagi muvozanat to`g`ri saqlansa, kanalingiz gullayveradi. Bizda, har bir reklama posti uchun 2 ta foydali maqola mavjud. Shunday proporsiyada kuniga 3 ta reklama slotiga ega bo`lib, foydalanuvchilari 6 ta sifatli maqola bilan ta`minlaymiz.

5 ta barmoqni o`g`izga tiqish, yaxshilikga olib kelmaydi. Ba`zi kanallar kuniga 1 ta post yozadi, u ham bo`lsa, reklama posti. Admin, obunachiga reklama ko`rsatgani uchun, kompensatsiya sifatida foydali maqola bilan hursand qilishga majbur.

 

Reklamaga qanday narx qo`yish kerak ?

Bu savolga aniq javob berib bo`lmaydi. Men juda ko`p odamlar bilan shu narx masalasida gaplashib ko`rganman, ular o`rtacha — har bir obunachi uchun 0.75 rubl deyishgan. Shu prinsip bilan 9.000 rublga reklama qo`ydik, lekin o`z hisobimizga salbiy fikrlarni eshitganmiz.

Yana boshqalar, obunachi boshiga 0.5 rubl deyishgan. Unda har bir reklama postimiz 6.000 rubl bo`lardi, u ham qimmat.

Oxir oqibat narxlarni har bir obunachi uchun 0.25 rubl qilib belgiladik. Arzon narxdan ko`proq reklama sotish — bizning optimal taktika edi.

 

Reklama narxlarini qayerga yozish kerak ?

Men reklama prays listini tuzish uchun 40 daqiqa sarfladim. Endi kim menga reklama mavzusida murojaat qilsa, shu praysni unga yuboraman. Praysda tushunarli qilib, har bir tarifni yozib chiqganman. Kimga ma`qul kelsa, harid qiladi.

 

Qanday kanallarni reklama qilish kerak ?

Bu juda oson: Menga yoqgan va men obuna bo`lishim mumkin bo`lgan kanallarni reklama qilaman. Ba`zida rostdan ham obuna bo`laman.

Bu ro`yhatga quyidagilar KIRMAYDI:

1) Shaxsiy bloglar — eskirgan janr.

2) Kazino va shunga o`xshash( haqiqat va yolg`onni ajratish qiyin).

3) Boshqa kanallardagi yangiliklarni qisqartirib yozadigan qiladiganlar.

4) Faqat rasm, video yoki musiqa haqidagi kanallar.

5) So`kinadigan va ko`chirma postlar taqdim etadgian kanallar.

Obunachilar oldida sizni va kanalingizni uyaltirmaydigan reklama qo`ying.

 

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda botni sozlash sirlari

Reklamani qanday tuzish kerak ?

Bizning asosiy shartlarimizdan biri — reklama postini o`zimiz tuzamiz. Chunki, reklama matni kanal stilistikasidan uzoqlashib ketish kerak emas. Hozircha hamma hursand.

Reklama yozuvi qanday bo`lishi kerak ?

Reklama qilmoqchi bo`lgan telegram kanalingiz sizni nimasi bilan o`ziga tortadi ? Shuni tushunish va reklama matnida shuni yozish kerak.

Sizga yoqmagan kanallarni reklama qilish shart emas.

 

Reklamani qaysi vaqtda joylashtirgan ma`qul ?

Eng yaxshi vaqt — kechki, 19:00 dan 21:00 gacha. «O`lik vaqt» yo`q. Agar reklama matni yaxshi tuzilsa, auditoriya shundoq ham jalb bo`ladi.

 

Reklama o`rnini band qilish haqida

Hayotiy namuna : Bir odamga 21 avgust kuni reklama kerak va u sizga 20 avgust kuni pul to`lamoqchi. Lekin, 20-sanada u jim bo`lib qoladi. Unga qaytib murojaat qilsangiz, u «Kanal yuritish jonimga tegdi, reklama kerak emas» deydi va natijada siz ham vaqt ham pul yo`qotasiz.

Bu holat 1 2 martta takrorlangandan so`ng, band qilishni bekor qildim. Oldin to`la, reklama keyin qilinadi. Yoqmasa, chao.

 

Chegirma qilish kerakmi ?

Men faqat o`z do`stlarim va yaqinlarimga chegirma beraman.

 

Qo`pol buyurtmachilar bilan qanday muomula qilish kerak ?

Hozir bizda kuniga 15-25 ta reklamaga buyurtma bor. Bu kanallarning 80% — bir tiyinga qimmat. Bir kanalni reklama qilishdan bosh tortsangiz taxminan quyidagicha gaplarni eshitasiz:

  1. a) Sizning kanalingiz ham «axlat» (50%)
  2. b) «Nimani o`zgartirishim kerak ?» (40%)
  3. d) «Yaxshi, ishlab o`sishga harakat qilamiz» (10%)

 

Eng kerakli maslahat

Telegram o`sish davrida ekanligi ma`lum. Hamma kanal ochish, daromad olish va boyib ketish haqida o`ylaydi. Lekin, do`stlar, Telegram-kanal asosiy daromad manbai bo`lishi kerak emas. Kontent muhimroq.

Shuning uchun, hammaga omad tilayman. Yaxshi daromad toping va eng muhimi — faqat zo`r kontent tayyorlang.

Maqola manzur kelgan bo`lsa, uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing. Fikrlaringizni komentariyada kutaman.

One comment

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.