Telegramda bot ochish

Bilasizmi, telegramda kanallar o`ylab topilmasdan oldin, barcha gunohkorlar botlar orqali ma`lumotlarni bo`lishishgan. Keyinchalik, botlar orqali doimiy yangiliklarni bo`lishish adminlar uchun bir oz noqulaylik tug`dirgani uchun kanallar o`ylab topildi. Nima ham derdik, Durovga rahmat.

Kanallardan “shaxsiy blog” sifatida foydalanadiganlar botlardan voz kechishdi. Lekin, botlarning ham o`z o`rni bor. Botlar asosan maxsus funksiyalarni bajarish uchun ishlaydi. Agar sizga telegramda bot kerak bo`lsa, marhamat maqolani davomini o`qishingiz mumkin, aks xolda sizni xulosa qismiga taklif qilamiz.

P.S. Biz botni hech qanday dasturlash tillarisiz ishlab chiqamiz. Zo`rmi ? Albatta, chunki odamzot har qanday vaziyatda minimal harakatlar bilan maksimal natijaga erishishga urinadi. Bu sizning tug`ma harakteringiz, shu sabab erinchoqligingiz uchun vijdoningiz qiynalmasin.

P.S.S : Agar bot emas kanal ochmoqchi bo`lsangiz, Kanal ochish maqolamiz ham bor.

Bot qanday ochiladi ?

Telegramda botlarni ochish uchun avvalo botingizni tizimdan ro`yhatdan o`tkazishingiz kerak bo`ladi. Buning uchun qidiruv qismiga @botfather deb yozing. Bu bot, botlarni otasi(kulguli bo`lsa ham).

BotFather ichiga kirib Start tugmachasini bosing. U sizga qo`lidan nimalar kelishi haqida ma`lumot beradi, ortiqcha e`tibor bermang.

Botfather ga /newbot habarini yuboring. Botfather sizga botga ism tanlashni taklif qiladi. Bot nomini kiriting (men tajriba deb qo`ydim).

Endi botingizga nik(username) tanlash kerak (Foydalanuvchilar shu nik orqali botingizni tanishadi va topishadi). Birgina talab, nikdan keyin _bot qo`shimchasi bo`lishi shart(Masalan: tajriba_bot)

Agar nik band bo`lmasa, botfather sizni botingizga oq fotiha beradi. Ah, uzr url manzil beradi. Misol uchun: t.me/tajriba_bot. Shu ssilka orqali botingizni ko`rishingiz mumkin. Shu bilan birga sizga maxsus kalit beradi. Bu kalitni omma tilida token deb ham atashadi. U tahminan mana bunday ko`rinishda bo`ladi:

5367817:AAGTviDzXH6hbj8gc5cZjYgDRZk-f8viveQRRV113

BU KODNI SAQLAB QO`YING, CHUNKI U ORQALI BOTINGIZNI BOSHQARISH MUMKIN.

Buni ham o`qib ko`ring:   Youtubedan video ko'chirish

Bot ochildi. Lekin u bir tiyinga qimmat va hech qanday vazifani bajarmaydi. Unga kimligini ko`rsatib qo`yish vaqti keldi.

Botni boshqaramiz:

Siz ochgan botni boshqarish uchun maxsus botlarni boshqaruvchi tizimga bog`lash kerak. Buning uchun qidiruv maydoniga @manybot deb yozing, ichiga kirib START ni bosing.

Endi Добавить нового бота ni bosing. Manybot tizimi sizga BotFather bergan tokenni unga yuborishingizni so`raydi. Nima ham qilardik, uni talablarini bajarishga majburmiz. Axir bizga bot kerakku.

Unga Botfather bergan tokenni yuboring. Agar barchasini to`g`ri qilgan bo`lsangiz:

Токен для @sizningbot_bot принят! ko`rinishida habar keladi.

Endi botingizga ta`rif bering. Qisqacha qilib, botingiz nima uchun yaratilgani haqida yozing va manybotga yuboring.

Ana bo`ldi. Botingiz tayyor. Endi u orqali botingiz obunachilariga o`z habarlaringizni yuborsangiz bo`ladi. Qanday qilib deysizmi ? davomini o`qing…

Birinchi habar

Botingiz foydalanuvchilariga habar yuborish uchun, o`z botingizga kiring va /newpost deb yozing.

Habarda har qanday mediafayllar va matnli habarlar ishtirok etishi mumkin. Bir vaqtni o`zida bir nechta habar jo`natsa ham bo`ladi. Kerakli habarni yozib, jo`nating va Отправить пост подписчикам tugmachasiga bosing. Habar jo`natilishi bilan, bot sizga siz unga jo`natgan habarni qaytarib jo`natadi( uzur ozgina chalkash gap tuzilmasi hosil bo`ldi). Aks xolda, yuqoridagi yo`riqnomani yana bir bor o`qib chiqishni tavsiya etamiz.

Botga rasm o`rnatish

Bot tashqi ko`rinishini yanada yaxshilash uchun unga rasm qo`yamiz. Buning uchun Botfather ga kirib /setuserpic ko`rinishida habar yuboring. Bot sizga profil uchun rasm jo`natishingizni so`raydi. Unga kerakli rasmni jo`nating.

Agar Success! Profile photo updated. /help ko`rinishida habarga ko`zingiz tushsa, tabriklaymiz, o`xshadi. Tekshirish uchun botingiz profiliga kiring.

Xulosa

Agar maqolani o`qimasdan, boshida aytganimdek xulosa qismiga nazar slogan bo`lsangiz, e`tiboringiz uchun rahmat. Dushmanlaringiz boyib ketib, sizga yomonlik qilishga vaqti bo`lmay qolsin.

Agar maqolani o`qigan bo`lsangiz va u sizga yoqgan bo`lsa, biz hursandmiz.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda botni sozlash sirlari

Savollar bo`lsa, komentariyada muhokama qilamiz.

 

 

13 комментариев

  1. Aka salom men botni savdo soxasida ishlatmoqchiman biror narsani nomini yoki markasini kirib yozsa uni narxi yoki xususiyatlari rasmlari chiqaradiga qilishim kerak qanday qilaman

    1. Assalom alaykum. Siz bergan shartlar bilan konstruktorlarda bot yaratib bo`lmaydi. Mazkur ishni bajarish uchun dasturlash tilini bilishingiz lozim. Men o`zim PHP dasturlash tilidan oz-moz habarim bo`lgani sabab bu ishni shu dasturlash tilida bajarsa bo`ladi degan fikrdaman.

  2. Assalomu alaykum ochgan botimni lichka bilan boglay olmayapman
    Masalan siz mening botimga salom deb yozsangiz kelmayapti nima qilishim kerak

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.