Telegramda botni sozlash sirlari

Ouuu, salom hurmatli saytga obuna bo`lganlar va foydalanuvchilar. Bilasizmi, oldingi maqolada Telegramda bot ochish haqidagi maqolamdan so`ng turli savollar paydo bo`ldi. Aynan, botga qanday qilib tugmacha(knopka) o`rnatish, buyruqlarni boshqari va yana bir qancha boshqotirmalar. Sizni ishontirib aytishim muminki, bugun shu savollarga blogning aynan shu sahifalarida topasiz. Bizni qiziqarli maqola bo`ylab sayohat kutmoqda, qani ketdik:

P.S. Barcha harakatlar bekorchi blogger tomonidan bajarilgan, ularni qaytarish uchun haqiqatda bekorchi ekanligingizga ishonch hosil qiling.

Tugmacha tuzish

Tugmachalar botdagi buyruqlarga osonlik bilan bog`lanish uchun o`ylab topilgan. Har bir tugmacha maxsus buyruqga bog`langan bo`ladi. Shu sabab, avvalo buyruq tuzishimiz lozim. Keyin esa, shu tugmacha yasab, unga shu buyruqni bog`laymiz.

 

 

 

 

Buning uchun:

  • Botimizga kiramiz va Пользовательские команды -> Создать команду ga bosamiz.
  • Foydalanuvchilar buyruqga murojaat qilishlari uchun unga nom beramiz. Nom berayotganda “/buyruq_nomi” ko`rinishida yozamiz va jo`natamiz.
  • Buyruq chaqirilgandan keyin foydalanuvchiga ko`rsatiladigan ma`lumotni botga yuboring. U matn, rasm, video yoki fayl bo`lishi mumkin. 1 tadan ko`p habar yuborsa ham bo`ladi. Kerakli ma`lumotni kiritgandan so`ng, Сохранить ga bosing.
  • Endi, buyruqga tugmachani ulash uchun Настроить гл.меню — > Добавить пункт меню ga kiring va kerakli buyruqni tanlang.
  • Endi, tugmacha uchun nom yozing. Nom yozayotganda smayliklarni ishlatsa ham bo`ladi.
  • Tugmachalarni bosib, tekshirib ko`ring. Agar knopka ishlasa, o`zingizni shirinlik bilan mehmon qilsangiz ham bo`ladi.

Buyruqdagi ma`lumotni taxrirlash

Tezkor zamonda ma`lumotlar tinmay yangilanishi odatiy hol. Agar siz ham buyruqlaringizdagi ma`lumotlarni taxrirlamoqchi bo`lsangiz:

  • Botingizga kiring va Пользовательские команды — > buyruqni tanlang
  • Редактировать ответы команды ga bosing va bot sizga, ayni damda bu buyruq qanday ma`lumotni o`zida saqlayotganini ko`rsatadi. Ma`lumotni o`chirish uchun uning tagidagi /buyruqnomi__delete ssilkasiga bosing. Bot o`chirishni tasdiqlashingizni so`raydi. Удалить сообщение ga bosing.
  • Xabar omadli ravishda o`chgandan keyin, Добавить сообщения к команде ga bosing va yangi ma`lumotni yuboring. Keyin Сохранить ga bosing. Bo`ldi. Shirinlik sizni kutmoqda.
Buni ham o`qib ko`ring:   Post tagida Ulashish tugmachasini o'rnatish

Tugmachalar joylashuvini o`zgartirish

Ilk bor tugmachalar tuzganda hammasi ketma- ket ko`rinishda bo`ladi. Lekin, ulardan foydalanish qulay bo`lishi chiroyli qilib joylashtirsa bo`ladi. Buning uchun:

  • Botga kiramiz va Пользовательские команды -> Настроить гл.меню ga kiring.
  • Kerakli tugmacha tanlang.
  • Tugmacha joylashtirish uchun turli variantlarni taqdim etadi. Ulardan o`zingizga eng qulayini tanlang.

Fikr mulohazalaringizni komentariyada kutaman. E`tiboringiz uchun rahmat!

 

6 комментариев

    1. Salom Darkshade, avvalo blogimizga tashrif buyurganingizdan minnatdormiz. Agar siz so`rovnoma o`tkazmoqchi bo`lsangiz
      @vote botidan foydalanishingiz kerak. Uning yordamida turli variantli so`rovnomalarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
      Bu botni qanday ishlatish haqida Mana bu maqolada yozganman.

  1. Salom botga /start bergandan keyin xech qanaqa punkt chiqmayaptiku masalan / asss dp buyruq bersa keyin punktlar chiqyapti /start bergandan keyin punktlani birdan qanaqqib chiqarsa b6ladi

    1. Punkt deganda tugmachalarni nazarda tutayotgan bo`lsangiz. Ularni botning bosh ekraniga chiqarish uchun, Botga kirib Пользовательские команды -> Настроить гл.меню bo`limiga o`tasiz. Kerakli tugmachani tanlaysiz tamom

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.