Telegramda kanal ochish nega kerak ?

Telegram — faqat muloqot uchun emas!

Hozirda telegramda juda ko`p kanallar ochilib ketdi.Telegramdagi ma`lumotlar yorug`lik tezligida boshqa odamlarga yetkaziladi. Bunday katta tezlikga kanallar va guruhlardagi ma`lumotlarni bo`lishish orqali erishiladi. Ba`zilar bu ishni tekinga qilsa, ba`zilar shu ishdan yaxshigina daromad olishadi. Yaqinda kun.uz saytining telegram kanalida reklama qo`yish narxlariga ko`zim tushib qoldi. Shovvozlar yaxshigina foyda qilishayotgan ekan. Shundan so`ng ,men ham o`z kanalimga ega bo`lishni va kun kelib Skruj Makdag kabi oltinlarga to`la hovuzga sakrashni orzu qilib qoldim. Ho`sh, kanal ochamizmi ?

Nima qilish kerak ?

Telegramda asosan kanal yoki guruhlar yordamida pul ishlanadi. Telegram ham hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlardan qolishmaydi. U orqali o’z biznesini rivojlantirish mumkin. O’zbekiston aholinisining 80% i telegramdan faol ravishda foydalanadi. Qolgan 20% i buni berkitadi. Bunday faol auditoriyaga ega dasturda reklama berish eng effektiv strategiya hisoblanadi. Biz esa aynan shunday reklama beradigan odamlardan pul ishlaymiz. Buning uchun esa oldin kanalni ommalashtirish kerak. U yetarli darajada obunachilarga ega bo`lgandan keyin reklama qo’yib behijolat pul ishlasa bo’ladi. Sabr va qat’iyatlilik kerak holos.

Qanday kanal ochamiz ?

O`zingiz qiziqgan sohada kanal ochishni maslahat bergan bo’lar edim. Kanal ochishdan oldin o’z raqobatdoshlaringizn o’rganing. Sizning kanalingiz ularnikidan qaysi sifati bilan ajralib turadi ? Kanalingiz auditoriyasiga ham e’tibor bering. Kvant yadro fizikasi kabi kanallarni telegramda kamdan kam odam o’qisa kerak. Kanaldan oladigan foydangiz to’g’ridan to’g’ri obunachilar soniga bog’liq. Shu sabab qiziqarli va kerakli kanal ochishga harakat qiling. Boshqa kanallardagi ma’lumotlarni ko’chirish orqali faoliyat yuritadigan kanal ochishdan foyda yo’q. Foydalanuvchilarni vaqtini olganingiz qoladi holos.

Birinchi qadam – eng muhimi

Kanaldan pul ishlash uchun avval kanalga ega bo`lish kerak. Menyuga kirib New Channel tugmasiga bosishim bilan kanal ochishga birinchi qadamni tashladim. Channel name : kanal nomi, Description: kanal ta`rifi . Hozircha Webology.uz ning kanalini ochaman. Keyingi sahifada adashish kerak emas. Chunki, telegramda 2 xil kanal mavjud:

  • Public Channel — Ochiq kanal. Foydalanuvchilar izlash maydoniga kanal nomini yozsa ko`rinadigan, kim hohlasa qo`shilaveradigan kanal.
  • Private Channel – Yopiq kanallar. Ularning ichidagi ma`lumotni ko`rish uchun albatta kanalga a`zo bo`lish kerak. Kanalga kirish uchun maxsus Tashrif ssilka si beriladi.
Buni ham o`qib ko`ring:   Aldanganlar qismati. Telegram mosheniklardan ehtiyot bo'ling

Kanalimiz yangi va foydalanuvchilar biz uchun juda muhim bo`lgani sabab, public channel (ochiq kanal) ni tanlaymiz. Link — bu kanalning adresi, ssilkasi. E`tabir bergan bo`lsangiz, habarlarda @nimadur ga o`xshagan so`zlar bor. @ keyingi so`zlar shu link ga yozgan so`zingiz bo`ladi. Men webology_uz deb yozdim. Ha aytgancha, link maydoniga , . kabi belgilarni yozib bo`lmaydi. Shuning uchun .(nuqta) ning o`rniga _(tagchiziq) ishlatsangiz chiroyli bo`ladi.

Kanalning tashqi ko`rinishini o`zgartiramiz

Kanal afti angorini to`g`irlash uchun chiroyliroq rasm qo`yish kerak. Chiroyli tashqi ko`rinishga ega har qanday narsa e`tiborni tortadi. Hoh u kanal bo`lsin, hoh qizlar. Qizlar… hayolni shu yerda ham buzishadi. Kanalning info sahifasiga kirib (kanalning rasmiga bosasiz) SET PHOTO ga bosamiz va chiroyliroq rasm tanlaymiz. Shu bilan kanal ochish va uni bezatish jarayoni o`z yakuniga yetadi. Lekin pullar qani ? Pul ishlash uchun hali ancha ish qilish kerak. Hammasi hali oldinda

Endichi ?

Hozircha kanalim ishga tayyor. Endi birinchi postni yozib, kanalni ommalashtirish bo`yicha strategiya tuzib chiqishim kerak.

Yaqinda ko’zim bir mashxur maqolaga tushib qoldi. Palach proektining administratori telegram kanalda reklama sotish mavzusida judayam ajoyib maqola yozgan ekan. Biz jamoamiz bilan uni o’zbek tiliga tarjima qildik. O’ylaymanki, u barchaga birdek manzur bo’ladi.

Telegram: Kanallar, Reklama va pullar haqida

Maqola bo`yicha Fikr mulohazalaringizni kutaman.

 

8 комментариев

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.