Telegramda sarmoyasiz pul ishlash

Telegram – ba`zi odamlar uchun nafaqat muloqot markazi balki daromad manbaiga aylangani sir emas. Shu o`rinda bugun biz ham Telegramda tez, oson va qo`shimcha sarmoyasiz daromad olishni o`rganamiz.

 


Rucaptcha endi telegramda!

Rucaptcha.com sayti yodingizdami ? Ha, huddi usha captcha kodlarni terish orqali pul ishlash haqida. Endi shu saytning telegramdagi boti orqali ham pul ishlasa bo`ladi. Qanday qilib deysizmi ? Davomini o`qing.

Bu qanday ishlaydi ?

Eslatib o`tamiz, bot orqali pul ishlash uchun avvalo rucaptcha.com saytidan ro`yhatdan o`tgan bo`lishingiz kerak. Ro`yhatdan o`tish uchun mana bu sahifaga o`ting.

Rucaptcha saytining telegramdagi maxsus boti sizlarga turli hil captcha larni yuboradi. Siz esa, ularni yechib, botga jo`natasiz. Mana shunday o`zaro iliq munosabat orqali siz pul ishlaysiz, Rucatpcha esa hursand bo’ladi.

Nimadan boshlash kerak ?

Rucaptcha botini ishga tushirish uchun mana bu manzildan o’tamiz va START tugmachasini bosamiz. Hohlasangiz, telegramdan  @captchasolver_bot deb izlashingiz mumkin.

Bot sizga rucaptchadagi profilingizga kirishni so`raydi. Unga /auth habarini jo`nating

Rucaptcha saytidagi e-mailingizni jo’nating

Profilingiz Parolini yuboring.

Agar hammasini to`g`ri kiritgan bo`lsangiz, quyidagi rasmdagidek habar keladi

Endi botga /begin so`zini yuboring

Bot sizga CAPTCHA larni yuborishni boshlaydi. Siz esa ularni yechishga va asabingizni buzmaslikga harakat qiling. Aytgancha, captchalar sizga yuborilgandan so’ng, ularni tezroq yechishga harakat qiling. Agar 40 sekund ichida yechimni jo’natmasangiz, sizga pul berilmaydi.

Agar ishlab zerikkan bo`lsangiz, ishni to`xtatish uchun botga /end so`zini yuboring. Aks xolda, sayt sizni berilgan captchalarni aniqlamaganlikda ayblab ban berishi mumkin.

Agar mabodo, sizga umuman tushunarsiz CAPTCHA kod yuborilsa, /new habarini yuboring va bot sizga yangi captcha yuboradi.

Solverbot komandalari haqida

Botning to`liq qobiliyatlari haqida aytib o`tish ham muhim, menimcha.

Buni ham o`qib ko`ring:   Youtubedan video ko'chirish

/new – Yangi captcha so`rash

/pay – Pullarni hisob raqamga chiqarish

/unban – Blokdan chiqarish

/register – Rucaptcha dan ro`yhatdan o`tish

/balance – Ayni damdagi balans

/help – Buyruqlar bo`yicha yordamni chaqirish

/begin – Captchalarni yechishni boshlash

/auth – Rucaptcha foydalanuvchilarini autentifikatsiya qilish

/logout – Botdagi profildan chiqish ketish

/end – Captcha yechishni to`xtatish

/start – Botni ishga tushirish

Xulosa

Guvohi bo`lib turibsizki, telegram messenjeri endilikda aktiv suhbatdan , tilla tuxum qo`yadigan g`ozga aylanib qoldi. Captchalarni telefondan yechish noqulay, uning ustiga megabaytlar va doimiy to`lib boradigan kesh telefon hotirasini egallab qo`yadi. Lekin, bular siz uchun bahona bo`la olmaydi. Har bir sessiyadan keyin, keshni tozalash va rasmlarni avtoyuklash funksiyasini o`chirib qo`yish siz uchun sezilarli darajada iqtisod bo`lar edi.

Mening birinchi xotinim aytganidek, “Epchil qo`llarda to`g`ora ham barabanga aylanadi”.

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.