Telegramdan daromad olish siri


Biz hammamiz  imkoniyatlar qutisi bo`lmish  telegram da pul ishlashni hohlaymiz. Lekin, vaqt o`tib shuni angladikki,  pullar har doim ham sizga oldi tarafi bilan qaramas ekan

Nima qilibdi ? Biz Adminlarmiz. Uncha munchaga taslim bo`lmaymiz. Agar omad bizga orqasi bilan kelsa “Sen orqadan yanada go`zalsan” deb gap ham otib qo`yamiz.

Taqdir doim bizga yangi imkoniyatlar eshigini taklif qiladi. Faqat bu eshiklarda “o`zingizga torting” yoki “o`zingizdan itaring” kabi yorliqlar bo`lmaydi. Shu sabab,  eshiklarni ocha olmaymiz va qat`iyatimiz sabab boshimizga bir qancha g`urralarni orttiramiz.

Nega ayrim kanallar yaxshi pul topadi, qolganlari esa  shunchaki hasad qiladi ?

Buning siri — ishga to`g`ri tomondan yondashishda. Xozir vaqt tez o`zgaradi. Kecha daromad keltirgan biznes model – bugungi talabga javob bermaydi. Agar sizning kanalingiz daromad keltirmasa, o`ylab ko`ring – balki siz tanlagan metodlar eskirib qolgandur.

Katta daromadga ega kanallar doim zamon talabiga javob beradigan ma`lumot ishlab chiqaradilar. Obunachilardagi talabni to`g`ri aniqlashadi va ularga sifatli xizmat ko`rsatishadi.

2-3 do`stning shunchaki telegram kanal ochish g`oyasi orqali “Kanallani Dodasi” dunyoga keldi. Endilikda ular  — internetda sayt ochish, dizaynerlik va reklama xizmatlari bilan ham shug`ullanishadi. Kanal ommalashgan sari unga dizayner, content menejer ishga olishgan.

Nega ortiqcha harajat ?

Kanal boshqarishni, trendlarni kuzatish, yangiliklardan habardor bo`lish, vaqtida nashr qilish va reklama bilan shugu`llanish. Bularni hammasiga ulgurish qiyin. Kanaldagi materiallarga talab katta. Hammasiga asoschilarni o`zi ulgurishi qiyin.  Asoschilarning vaqti faqat muxim va mushkul qarorlani qabul qilishga ketishi lozim. Doimiy ish jarayonini esa – har qanday messenjerni tushunadigan o`spirin bajara oladi.

Nega  kanalingiz “pul tug’mayapti”?

Bir necha yil oldin,  barcha ijtimoiy tarmoqlarda birgina biznes model orqali ko`pgina pul ishlashgan. Vaqt o`tishi bilan bu modelni ishlatgan proektlar ko`payib ketdi. Bozor bir xil usuldagi zerikarli proektlar bilan to`lib ketdi. Telegram ham.

Buni ham o`qib ko`ring:   Kanal uchun eng kerakli 5 bot

Bu modelning asl mohiyati – Ochish-Jalb qilish-Sotish dan iborat eti. Unga ko`ra, avvalo proekt ochilardi. Masalan telegram kanal. Kanalga obunachilarni yig`ish orqali auditoriyaga ega bo`lish. Obunachilar soni 5 xonali songa yetganda unda reklama sotishni boshlash.

Ushbu metod orqali maktab o`quvchilari ota-onasidan ham ko`p pul ishlardilar va bu pullarni boshqa shu turdagi proektga tikardilar.

Bu juda oson pul topish yo`li edi. Shunchaki ommaga qiziqarli bo`lgan mavzuda kanal ochib uni ichini ko`chirma materiallar bilan to`ldirishdan iborat. Sizni hech kim avtorlik yoki ko`chirmachilikda ayblamagan. Modelning omad siri – qancha ko`p obunachi bo`lsa, shuncha ko`p daromad.

Faqat bitta minus. Bu sxema qanday ishlashini bilgan “shovvoz”lar kanal obunachilarini botlar bilan to`ldirib nakrutka qilishga kirishishdi. Ochilganiga 1 hafta bo`lgan kanalda obunachilar soni 50.000dan oshgan va behijolat reklama sotar edi.

Lekin, reklama beruvchilar ham anoyi emas. Bunday kanallardan reklama berish samarasizligni bilgan zahoti,  ular  strategiyani o`zgartirishdi. Kanalda reklama sotib olishdan oldin, kanal obunachilari va postlar namoyishi  nisbati (%ERR ko`rsatkichi) ga qarab reklama sotib olishadigan bo`lishdi.

Endi faqat axmoqlarni aldash mumkin. Aqlli adminlar esa bu kanallardan reklama sotib olishmaydigan bo`lishdi. Har bir admin boshlanishida axmoq va ishonuvchan bo`lgani sabab nakrutka qilingan kanallar ularning hisobiga yashashda davom etmoqda.

Biz esa janoblar, siz bilan esli-xushli odamlarmiz. Bunday kanallardan reklama olmaymiz. Endi eskilik sarqitiga aylangan bu model ishlamaydi.

Internet blogerlari o`z obunachilariga aynan shu model orqali proektlarni monetizatsiya qilish(pul ishash) ni tavsiya qilishadi. Bunda ishlab chiqaruvchi proektga moliyaviy tomondan qiziqadi. Proekt sizga pul tug`ishi uchun unga vaqt va e`tibor berishni o`zi kamlik qiladi.

 

Pul ishlash uchun qanday kanal ochish kerak ? Qaysi kanaldan daromad ko`proq ?

 

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda bot ochish

20-asrda omadga erishishning asosiy siri –qat`iyatlikda bo`lgan. Gitler, Rey Krok, Tomas Edison …

Lekin hozirgi zamonda omad siri qat`iyat emas balki – xoxish, istak da. Odamlarga yordam berish istagi, hayotni yanada yaxshi qilish istagi va  eng asosiysi — o`zi yoqtirgan soxada faoliyat yuritish istagi.

Mana shunday qilib, trendda avtorlik kanallari yoki shaxsiy bloglar ommalashdi. U shunday kanalki, undagi postlar unikal va admin tomonidan yozilgan avtorlik matnlari bilan to`ldirilgan. Bu kanalda admin – postlar avtori bo`lgani sabab, obunachilar uning muxlisiga aylanishadi. Undagi obunachilar judayam layoqatli bo`lishadi va kamdan-kam holda kanaldan chiqib ketishadi.

Avtorlik kanali uchun qaysi mavzuni tanlash kerak ?

O`zingiz tushungan mavzuni tanlang. O`zingizga yoqgan mavzuda siz hech qachon ijod qilishdan to`xtamaysiz. Men ishonaman, sizda boshqa odamlar bilan ulashishni hohlaydigan tajriba bor. Faqat bitta shart bor – siz yozayotgan postlar odamlar uchun foyda keltirishi, ma`lum bir vaziyatlarda muammolarini hal qilishi kerak. Chunki, sizni kanalingiziz orqali ular o`z vaqtlarini sizdan olgan bilimga alishishadi. Avtorlik kanallarini oching, layoqatli auditoriyani yig`ing va reklamachilar o`zi sizni topib keladi.

Internet sizga o`z brendingizni yaratish va ommalashtirishda juda katta yordam beradi. Saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar – daromadingizni oshirish uchun bir qancha imkoniyatlar beradi. O`z biznesingizni ofitsial kanalini ochish – yangi haridorlarni jalb qilishda yordam beradi. Unda siz doimiy ishingiz, undagi qiyinchiliklar va yutuqlaringiz, ishlaringiz namunalarini o`z auditoriyangiz bilan bo`lishasiz.

Haridorlar xizmatingiz sifatiga ichkaridan baxo berishlari mumkin. Ish jarayoningiz shaffofligi haridorlarning sizga bo`lgan ishonchlarini oshiradi.

 

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.