Tez va oson pul topish

TEZ, OSON va QO`SHIMCHA BILIMLARSIZ pul ishlashni hohlaysizmi ? Men ham. Shunaqa ish beradigan tanish bilishlar bo`lsa iltimos men bilan aloqaga chiqsin :). Hazil. Maqsadga o`taman, bugun sizlar bilan shaxsiy proekt va maxsus bilim talab qilmaydigan pul ishlash yo`li, ya`ni – CAPTCHA kod larni aniqlab pul ishlash haqida gaplashamiz.

Ushbu proektda pul ishlashning plyuslari – rus tilini oz-moz bilgan, 2 ta ( hech bo`lmasa 1 ta) ko`zi, klaviaturani bosish uchun barmoqlari bor va sabrli bo’la oladigan odam kerak.

Minuslari – bu proektdan millioner bo`lib ketish qiyin. Agar uni admini bo`lmasangiz. Shu sabab, yolg`on ro`yolarga berilmang va ishga kirishing.

P.S. Pullarni chiqarish uchun webhamyon yo’qmi ? Webhamyonga ega bo’ling

Rucaptcha.com – CAPTCHA kodlar orqali pul ishlash

CAPTCHA – rasmga berkitilgan kod.  Rucaptcha.com pul ishlash tizimida siz shu kodlarni muvaffaqiyatli topganingiz uchun pul ishlaysiz. Har bir to`g`ri topilgan kod uchun sizga belgilangan miqdorda pul to`lanadi. Sizga ozgina rus tili, bir chimdim ingliz tili va katta sabr kerak bo`ladi xolos.

Har bir to`g`ri topilgan captcha uchun minimal 0.01 wmr to`lashadi lekin kurs har 80 daqiqada o`zgarib turadi. Qiyin captchalarga narx ham yuqori bo`ladi.

Serviz orqali ishlagan pullaringiz 16 wmr ga yetishi bilan uni o`zingiz hohlagan web hamyonga chiqarib olishingiz mumkin.

Nimadan boshlash kerak ?

Rucaptcha.com saytiga kiramiz va Регистрация tugmasiga bosamiz.

Maydonlarni kerakli ma’lumotlar bilan to’ldirib Зарегистрироваться tugmasiga bosamiz

Ro`yhatdan o`tgandan so`ng, Bosh sahifaga kiramiz va Я Работник bo`limidagi Далее ssilkasiga bosamiz

Kabinetga kirganimizdan so`ng, panelning yuqori qismidagi Начни зарабатывать ga bosamiz.

Qarshimizda ish stoli ochiladi. Aynan shu kichik oynacha orqali sizga turli hil captcha kodlar beriladi. Ishni boshlash uchun старт tugmasini bosing va ish boshlanadi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda pul ishlash sirlari

Ish boshlangandan so’ng tizim sizga birma-bir captcha kodlarni berishni boshlaydi. Kodni maydonga kiritib, Enter tugmasini bosing(yoki Отправить tugmachasiga). Agar captcha kodni to’g’ri topsangiz tizim sizga pul to’laydi.

За сессию заработано — 1 ish sessiyasida ishlagan pulingiz

Введено капч — 1 ish sessiyasidagi kiritgan captchalaringiz

Ishni to`xtatish niyyatingiz bo`lsa, o`zingiz hohlagan vaqtda стоп tugmasini bosing.

P.S. Kodni terish vaqt bilan chegaralangan. Pastdagi yashil chiziq tugashi bilan tizim to`xtab qoladi.

Tayyorlov kursi

Tizim yangi foydalanuvchilarga ishni to`liq o`rganib olishlari uchun maxsus Tayyorlov kursi dan o`tkazishadi. Tayyorlov kursidan o`tgan foydalanuvchi tizimda bemalol pul ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi.

Sizdan diqqat va sabr talab qilinadi. Ingliz va Rus tilidagi bilimlaringiz sizga bu yerda judayam qo`l keladi. Ayniqsa rus tili.

Tayyorlov kursida omadli ravishda o`tgan foydalanuvchi, ishni boshlayveradi.

Foydali maslahatlar    

Saytdan topilgan daromad unchalik ko`p bo`lmasada, xosting harajatlarini to`lashga yetadi. Umuman olganda, hammasi o`z harakatingizga bog`liq. Mazkur proekt, mening ilk daromadimni qo`limga olishda sababchi bo`lgan.

  • Captchalarning narxi kechki soat 01:00 dan 07:00 gacha yuqori bo`ladi. Sababi, tunda ishlaydigan masterlar kam. Shu sabab, captchaning narxi ozgina o`sadi. Tunda ishlangan 30 daqiqa, kunduzgi 2 soatdan ko`ra unumliroq.
  • Dam olib ishlang. Kompyuter ekraniga 2 soat tinmay qarab o`tirishni o`zi bo`lmaydi. Ish tez joningizga tegib qoladi va taslim bo`lish uchun yana bir sabab topiladi
  • Agar captchani yechish qiyin bo`lib ketsa, uni o`tkazib yuboring. Iloji boricha to`g`ri kod kiritishga harakat qiling.
  • Referallar jalb qiling. Tizim siz jalb qilgan har bir referalning daromadidan 10% bonus beradi. Deylik, sizning ssilkangiz bo`yicha ro`yhatdan o`tgan foydalanuvchi 100 wmr ishlasa, sizga 10wmr bonus beriladi. Bu passiv daromad va siz ishlamasdan ham pul topsangiz bo`ladi degani. Hammasi harakatingizga bog`liq!
Buni ham o`qib ko`ring:   Siz bilmagan Ulug'bek Pulatov

Quyida noodatiy CAPTCHA lar va ularni yechish sirlari mavjud. Agar captchalarni yechishga qiynalayotgan bo`lsangiz, savollaringizni komentariya orqali qoldiring. Biz sizga yordam beramiz!

Faqat dumaloqchalar ostidagi harflarni kirgazing

Agar captchalarni tushunnish qiyin bo’lsa Не могу разобрать tugmachasiga bosing

Pullarni yechib olish

Og’ir mehnat qilgan har qanday odam qo’liga daromadini olishi bilan charchoqlari esdan chiqadi. Yoki daromad kamligidan kayfiyati buziladi. Kimda qanaqa. Hozir esa pularni qanday qilib onlayn hamyonimizga chiqarib olamiz.

Ishlagan pullaringiz panelning chap tarafida ko’rsatilgan bo’ladi:

Kabinetda Вывести средства tugmasiga bosing

O’zingiz ishlatadigan webhamyonni tanlang va hamyoningiz raqamini kiriting:

Hamyonga chiqarish uchun kerakli summani kiriting:

Tayyor! sizning arizangiz sahifa pastidagi ro’yhatda aks etadi:

Pullaringiz maksimal 1 — 2 ish kunida hamyoningizga tushadi. Pul tushgandan so’ng Дата выплаты ustunida Ожидает выплату o’rniga pul chiqarib yuborilgan sana turadi.

Xulosa o’rnida

Nima ham derdim, omadingizni bersin, mazzala qilib yuboringlar va boyib ketinglar. Faqat, halol ishlashga va albatta o’zingizni va ko’z nuringizni asrashga harakat qiling. Savollaringiz bo’lsa, komentariyada kutaman. Maqola manzur kelgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlarda ulashing.

14 комментариев

      1. Ha Lekin Shunchaki Qo’yib Qo’ymaymizda. Bannerchamizni O’rnatasiz. Na’muna Sifatida Bosh Sahifada Shu Banner Qo’yilgan. O’zim Yasadim Java Telda. Ko’ribBaho Berarsiz. | Ha Hali Bo’sh. Lekin Siz Boshlab Berishingiz Mumkin. Hayotda Doim Birinchi Bo’lish Kerakda.

    1. Emm, banner ? Uzur tushunmadim, hali rivojlanmagan katalogga saytimni qo`yish uchun sizni banneringizni qo`yishim kerakmi ? Menimcha siz marketing strategiyasini yaxshi ishlab chiqmagansiz chog`i, bunday taklifga aqli bor odam ko`nmaydi. Rahmat

  1. (Aqli bor odam ham ko’nar ekan. Masalan 6yinlar.lark.ru o’zimni saytim bo’lgani uchun qo’shganman). Xo’p unda siz menga tushuntirib bering, katalog qanday boshqariladi. Xuddi saytlar kolleksiyasini yig’gandek shundoqqina qo’yamizmi. Bu bir tomonlama reklamaku, axir.

    1. 1) Katalogingiz tekin xosting va tekin 3-darajali domenda.
      2) Katalogingiz domeni hech qanday PR/Тиц ko`rsatkichlariga ega emas. (Aynan shu faktor tufayli, katalogga a`zo saytlardan banneringizni ularni saytiga joylashtirishni so`rashingiz notog`ri)

      Katalogni boshqarish uchun avval boshlang`ich baza xosil qilishingiz kerak. Sizning katalogingiz qidiruv tizimlarida ommalashishi kerak.
      Saytingizga o`zingizdan boshqa hech kim kirmasa, unga ssilka joylashtirishdan nima naf ?
      Siz — biz kabi gunohkorlarga hech qanday shartlarsiz saytni katalogga qo`yishni taklif qilishingiz kerak. Turli hil aksiyalar o`tkazing va h.k va h.k

  2. Tushunarli. Yordam tariqasida biror aksiya tuzilishiga misol keltiring. To’g’ri menda ham aksiya g’oyalar tug’ildi, lekin, tajribali master sifatida sizdan eng maqbulini kutish mumkin.

    1. Avvalo katalogingizni tashqi ko`rinishi haqida qayg`urishingiz lozim. Mobil telefonlarga va kompyuterga moslasha oladigan adaptiv dizayn hozir urfda.
      Keyin, yosh va internetda bekorchi vaqti bor(internetda hamma bekorchi :)) odamlarga aksiya e`lon qilib, katalogga turli saytlarni pul evaziga qo`shishni amalga oshirsa bo`ladi. Masalan, 1 ta sayt 100 so`mdan.
      Ular sizning katalogingizga sayt qo`shaveradi, siz eng yaxshilarini moderatsiyadan o`tqazib, katalogingizni to`ldiraverasiz. Shu o`rinda, aksiya ishtirokchilariga ham pul to`layverasiz. Qarabsizki, 1 oyga qolmasdan katalogingiz saytlarga to`lib ketadi.
      Katalogga qo`shilgan saytlarni pr/cy ko`rsatkichlari va ayni damdagi statistikasi ko`rinadigan qilsangiz nur ustiga a`lo nur bo`ladi. U yog`i fantaziyangizga bog`liq.
      Blogimizga beminnat tashrifingiz uchun sizga rahmat:)

      1. To’g’ri tushungan bo’lsam mana bunaqa savol bermoqchiman: Undan ko’ra hech kimdan so’rab o’tirmay saytlarni qo’shib qo’yaverayda. Kim dadasini chaqirib keladi, «nega saytimni katalogingga qo’shding» deb?

        1. Albata, bazani to`ldirish uchun boshlang`ich strategiya shu bo`ladi.
          Va yana, agar biron saytga boshqa saytdan tekinga ssilka yo`naltirilgan bo`lsa, bu yaxshi habar. Dadasini chaqirish o`niga sizga rahmat aytadi

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.