Top 10 Hakkerlik hujumlari

Salom, hurmatli blog o`quvchilari. Bugun sizlar bilan qiziqarli faktlarni bo`lishmoqchiman. Kompyuter asri boshlangandan beri eng shov-shuvli hakerlik hujumlari haqidagi ma`lumot sizlarni befarq qoldirmaydi degan umiddaman.

Aytgancha, oldingi maqolamizda Saytlarni qanday qilib buzishadi ? degan savolga javob bergan edik. O’qishni maslahat beraman, zerikmaysiz.

P.S. Xatosiz, mukammal ishlaydigan dasturiy tizim mavjud emas, bu mening fikrim va nega bundayligi haqida quyida guvoh bo`lasiz.

Pentagonga qilingan hujum

Kevin Mitnik – hakerlarning eng birinchi va mashxur avlodi. 12 yoshida avtobus biletlarini soxtalashtirishni o`rganib olgan va shaxar bo`ylab tekinga sayohat qilgan. Yana, “MakAvto” ovozli habar bildirish tizimiga kirib, xaridorlar bilan gaplashgan.

16 yoshiga kelib, Digital Equipment Corporation kompaniyasi tizimini buzib, u yerdan dasturiy ta`minotni o`g`irlagan. Afsuski yoki yaxshiyamki, dasturchi politsiya tomonidan ushlanib, 1 yil qamoq jazosiga mahkum qilingan.

Mitnik, talabalik davrida 2 gigagerts dan kamroq TRS-80 protsessoriga ega kompyuter yordamida ARPANet tarmog`i orqali AQSH xavfsizlik xizmati kompyuterlariga kira oladi. Shovvoz yetarlicha ehtiyotkorlik qilmagani sabab, yana qo`lga tushadi.

Shundan keyin FQB (FBI) agentlari Kevinni hujjatlarni qalbakilashtirish, telefon raqamlarni klonlash kabi jinoyatlarda ayblab yana qamoqga tiqishadi(Bunday yutuqlar bilan unga O`zbekistonda hech kim qizini bermagan bo`lardi).

Esini yig`ib olgan Kevin, ozodlikga chiqgandan so`ng, bir necha kitoblar yozadi va hatto uning kitoblari asosida “Взлом” nomli kino ham olinadi. Hozirda Kevinning kompyuter havfsizligi yo`nalishida ish yuritadigan o`z kompaniyasi mavjud.

Vladimir Levin va Citibank

1994-yilda Rossiyalik haker Vladimir Levin, Citibank to`lovlar tizimini buzish orqali AQSH, Finlandiya, Isroil, Germaniya va Niderlandiya dagi hisob raqamlarga 10 mln dollardan oshiq pullarni o`tkazib yuboradi.

Keyinchalik uni tutishadi va 3 yil qamoqda tongni qarshilashga majbur qilishadi. Keyingi sorovlar natijasida shuni ma`lum qilishdiki, bank tizimini Rossiyaning boshqa hakerlar guruhi buzish yo`lini o`ylab topgan ekan va bu algoritmni Levinga 100$ sotishgan.

Buni ham o`qib ko`ring:   Men Google ni aldadim

NASA serverlariga hujum

Yana bir yosh hakkerlardan biri bu Jonatan Jeyms. Uning repertuarida : o`zi o`qiydigan maktab tizimini buzish, Bell South telekomikatsiya kompaniyasi tarmog`ini buzish va AQSH xavfsizlik xizmati serverini buzish kabi ajoyib ishlar mavjud. Shuncha ishkalni u atigi 15 yoshida qilishga ulgurgan.

Xaker tarmoqga kirish bilan cheklanmay 3000 ga yaqin xatlarni olib, NASA ning kosmik kemani boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta`minotini o`g`irlaydi.

Buzg`unchi tezda aniqlanadi lekin voyaga yetmagani sabab, jazodan qochib qoladi. Afsuski, uni TJX dokonlar tamog`ini buzishda ayblashadi. Xavfsizlik organlari Jeymsni uyida tintuv o`tkazishadi lekin TJX ga aloqador hech narsa topisha olmaydi. Jeymsni shantaj qilishmoqchi ekanliklarini bilib qolib u o`z joniga qasd qiladi. O`limi oldidan : Adolatli sud tizimiga ishonmasligi haqida xat qoldiradi.

Estoniyaga hujum

Kompyuter mayli, tarmoq mayli lekin butun boshli Davlatga qilingan kiberhujumga nima deysiz ?

2007 yilning aprelida hakerlar Estoniyaga kiberhujum uyushtirishadi va barcha davlat saytlari, yangiliklar portallarini ishdan chiqarishadi. Hujum natijasida ushbu xizmatlar 2 hafta ishlamaydi. Bundan tashqari bir nechta banklarga ham hujum uyushtirilgan va shu sabab, Estoniya fuqarolarining bir qismi pul o`tkazmalaridan foydalana olishmagan.

Tizimni qayta ishga tushirish uchun Estoniya ma`lum muddatga “internetdan uziladi”. Bu kiberhujum tarixdagi eng shov-shuvli hisoblanadi.

SSSR ning ilk xakeri

1983 – yilda SSSR tarixida ilk bor yuqori texnologiyalar bo`limida jinoyat uyushtiriladi. Hakerlar AVTOVAZ ni dasturiy ta`minotini ishdan chiqarishadi va konveyer 2 kunga ishlamaydi. Eng qiziq joyi : usha davrda SSSR konstitutsiyasida bunday jinoyatga hali jazo belgilanmagan edi.

So`zim yakunida…

Yangiliklar va shov-shuvli maqolalarga e`tibor bersangiz, qachon qarama AQSH serverini, Pentagonni yoki NASA ni buzishadi. Bizdan o`rganishsa bo`lmaydimi :). Ko`z tegmasin, yurtimiz har qanday hujumga bardoshli tizimda ish yuritadi. Bilasizmi nega ? Chunki bizda qariyalarga hurmat bor, yoshlarga esa izzat. Qanchalik aqlli bo`lmagin, Yaratganga yoqmasa, dasturing baribir ishlamaydi. Yaxshilab qaranga, Yevropada qanchadan qancha rivojlangan davlatlar bor, lekin tinchlik yo`q.

Buni ham o`qib ko`ring:   E-mail kerakmi ? Muammosiz!

O`zingiz uchun xulosa qiling azizlar, hammasi ham “ilm” ga bog`liq emas. Do`dalarimizu, Onaxonlarimiz sog` bo`lishsin. E`tiboringiz uchun rahmat!

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.