Ucoz saytni sozlashning oltin qoidalari

Ucozda sayt ochdik, lekin, uni sozlamalarini optimal holatga keltirish ham farz ham qarz. Bugungi maqolamizda, ucoz da ochilgan saytimizni sozlamalarini ham o`rganamiz ham to`g`rilaymiz.

Avvalo, saytni boshqarish uchun saytingiz admin paneliga kirishingiz kerak. Admin panelga kirish uchun http://saytingiz .ucoz.(domeningiz)/admin/ manzili bo`ylab brauzerdan o`ting va Uid orqali saytingiz admin paneliga kiring.

 

 

Sarlavhalardagi birinchi nom admin panelning bo`limi hisoblanadi. Bo`limlar admin panelning yuqori qismida joylashgan bo`ladi

Настройки – > Основные

Eng avvalo, saytingizga tegishli asosiy ma`lumotlarni ko`zdan kechirib chiqing. Ilk bor saytni sozlashda yo`l qo`yilgan xatoliklarni to`g`irlang. Misol uchun, sayt nomi o`zgargan bo`lishi mumkin yoki uning manzili.

Saytingiz tezroq ommalashishini istasangiz, Ucozning TOP100 reytingi da ishtirok etishni maslahat berar edim. Buning uchun Сайт участвует в Рейтинге и ТОП 100 ni yoqing.

Категория сайта : Saytingiz kategoriyasini tanlang

Pastdagi maydonga saytingiz haqida qisqacha ma`lumot berib o`ting.

O`zgartirishlarni kiritib bo`lgandan keyin, O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

Sozlamalar saqlangandan so`ng, tizim sizga habar beradi.

Настройки– > Поиск по сайту

Saytingiz bo`ylab ma`lumotlarni qidirish tizimi shu bo`limda sozlanadi. Undagi sozlamalarni quyidagidek qilib o`zgartirib chiqing

Материалов на странице – 10 (saytdagi maksimal materiallar soni. 10 tadan oshiq bo`lsa sahifa hajmi katta va xunuk bo`lib ketadi. Maksimal 15 ta)

Максимальное количество символов в описании – 255 (Material ta`rifidagi simvollar soni)

Модули, в которых нужно осуществлять поиск — Все модули (hammasini yoqiq holatda qoldirsangiz ham bo`ladi),

O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

Настройки– >Дата и время

Rasmdagidek qilib sozlang. Umuman olganda, vaqtni ko`rsatish formatini o`zingizga yoqadigan qilib tanlasangiz ham bo`ladi. Shaxsan menga, vaqtning shunday formatda ko`rinishi qulay bo`lgani uchun tanladim.

Buni ham o`qib ko`ring:   Liveinternet hisoblagichini o'rnatish

O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

 

Настройки – >Системные

Главная страница: Главная страница (Foydalanuvchilar saytga kirganda tizim ularni qaysi sahifaga birinchi bo`lib yo`naltirishi. Asosan, bosh sahifa. Undan foydalanuvchilar o`zlariga kerak bo`limga o`tib oladilar)

ЧПУ: yoqilgan (Odamga tushunarli URL manzillar. Masalan: http://bajarildi.ucoz.net/post/11 emas http://bajarildi.ucoz.net/maqola-nomi)

Счётчик пользователей онлайн: yoqilgan (Ayni damda onlayn foydalanuvchilar hisoblagichini ko`rsatish)

Макс. число пользователей на странице: 20

Сокращать внешние ссылки с помощью сервиса u.to: yoqilgan (Ichki ssilkalar chiroyli ko`rinishi uchun u.to url qisqartirgichidan foydalanish. URL qisqartirgichlar haqida batafsil)

reCAPTCHA: yoqilgan (reCAPTCHA botlardan himoya tizimini yoqish)

Отключить Ajax для переключателей страниц: yoqilgan (Sahifalardan o`tayotganda u to`liq yangilanmasdan, uning asosiy qismi yangilanadi. Kimga qanday qulay bo`lsa usha sozlamani tanlasa bo`ladi.)

O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

Настройки – >Инструменты– >Комментарии

Социальное комментирование: yoqilgan (Foydalanuvchilar, ijtimoiy tarmoqlaridagi profillaridan foydalangan holda, saytingizda fikr qoldira oladilar)

Запретить анонимное комментирование: yoqilgan (ro`yhatdan o`tmagan foydalanuvchilar ham fikr qoldira oladilar. Fikr qoldirish uchun ro`yhatdan o`tishga vaqtini ketkazadigan foydalanuvchilar juda kam. Shu sabab, bu sozlama yoqiq bo`lsa, saytingizda biron maqolani muhokama qilish oson bo`ladi. Lekin, buni yomon tarafi ham bor. Bo`lar bo`lmas fikrlar ko`payib ketishi mumkin. Yoqish yoki o`chirish o`zingizga bo`g`liq)

Древовидный режим вывода комментариев: yoqilgan (komentariyalar o`qish uchun qulay ko`rinishda aks etadi)

Модули, в которых доступно комментирование: qaysi modullarda fikr qoldirish tizimi o`rinli deb hisoblasangiz, usha modullarni tanlab chiqing.

Количество комментариев на странице: 10

Выводить новые: Сверху (yangi komentariyalar birinchi aks etadi. Bunda ham o`zingizga bog`liq. Lekin, yangi fikrni o`qish uchun sahifani pastiga tushishga ko`pchilik erinadi.)

O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

 

Buni ham o`qib ko`ring:   7 daqiqada fotogalereya ochish

Настройки -> Контактные данные

Foydalanuvchilarga o’zingiz haqingizda ko’rsatmoqchi bo’lgan ma’lumotlaringizni yozing.

Инструменты->Социальный бар

Foydalanuvchilar saytdagi ma`lumotlarni ijtimoiy sahifalarda bo`lishishlarini hohlasangiz, bu sozlamani yoqing.

Добавить кнопки «Поделиться» на сайт tugmachasiga bosing. Yangi oyna ochiladi va u oynada Usocial.pro ni ishga tushirish uchun biron ijtimoiy tarmoqdagi profilingizni tanlang.

Profilni tasdiqlaganingizdan so`ng, sahifadan kerakli ijtimoiy tarmoqlar ro`yhatini tanlang. Ularga kerakli elementlar(effekt, stil va joylashuvini) o`zingizga yoqadigan qilib sozlang.

O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

Инструменты->Замена стандартных надписей

Bu sozlama orqali ucoz modullari nomini o`zingizga yoqadigan qilib o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Masalan, men ba`zi modullar nomini o`zbekchaga tarjima qilib qo`yganman. Albatta, bekorchilikdan

O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

Дизайн -> Прочее

PDA версия сайта: yoqilgan (saytingizni mobil versiyasini yoqadi)

O`ng taraf yuqoridan yashil Сохранить tugmasiga bosing.

Дизайн->Водяной знак

Накладывать водяной знак (watermark) на загружаемые картинки: yoqilgan

Ushbu sozlama saytingizga yuklangan har qanday rasmga sayt tamg`a(belgi, copyright) o`rnatadi. Bu materiallaringizni boshqa odamlar o`g`irlashidan yaxshi himoya.

3 xil belgi qo`ysa bo`ladi:

  • Oddiy matn
  • Chiroyli shrift bilan boyitilgan matn
  • Rasm

O`zingizga maqbul variantni tanlang.

Положение водяного знака: Нижный правый угол (o`ng taraf pastga joylashtiradi. Chiroyli ko`rinadigan usul.)

Maqola so`ngida

Umuman olganda, yuqoridagi sozlamalarni o`zingizga yoqgan qiymat bilan o`zgartirib chiqsangiz ham bo`ladi. Biz sizga faqatgina eng optimal (unumdor) variantini taqdim etdik xolos. Maqolani oxirgacha o`qiganingiz uchun rahmat. Keyingi mavzularda ko`rishguncha!

One comment

  1. Foydali ma’lumotlar uchun rahmat! lekin afsuski ushbu maqolada ham men so`ragan (saytni hisobraqamga ulash) narsalar haqida ma’lumot yuq ekan…. Agar iloji bo`lsa menig e-mail manzilimga yozsangiz sizga bir nechta savollarim bor edi… yokiy telegram, vk, ok, ijtimoiy tarmoqlardaa

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.