Ucozni zabt etamiz

Ucoz, ucoz, ucoz… bu nom huddi mening birinchi qaynonam kabi sizga notanish. Bugun, jahonga mashxur bu konstruktorda ro`yhatdan o`tib ilk saytimizni ochamiz.

Ucoz haqida bir daqiqa

Sayt ochishni endi o`rganayotgan masterlar uchun Ucoz eng yaxshi tajriba maydoni. Chunki, uni ishlatish tekin(albatta, reklama kabi mayda injiqliklarga chiday olsangiz). Dizayn va modullarga boyligi sabab, o`zingiz hohlagandek sayt ochish siz uchun hech qanday muammo bo`lmaydi. Saytingiz uchun 400 mb beradi. Tekin tarifda ham domen ulashingiz mumkin. Yana bir plyus tomoni, bu – Ucoz ni ishlatish uchun dasturlashni bilish shart emas.

Qani olg`a!

Avvalambor ucoz.net saytiga kiramiz va ro`yhatdan o`tishni boshlaymiz.

  • Создать сайт tugmachasiga bosamiz.
  • Ro`yhatdan o`tishning 2 yo`lib bor.
    a) Agar ijtimoiy tarmoqda ro`yhatdan o`tgan bo`lsangiz, tarmoqdagi profil orqali ro`yhatdan o`tish mumkin ..
    b) Yoki, doimiy ishlatadigan e-mail ingiz orqali.
  • Keyingi sahifada shaxsiy ma`lumotlarni to`ldirish talab qilinadi. Kayfiyatingizga qarab hoh to`g`ri hoh boshqa ma`lumotlarni yozib yuboring. Faqat jinsni to`g`ri tanlang, bu sohada hazil qabul qilinmaydi :). Rasmdagi yechimni topib, ro`yhatdan o`tishni davom ettiramiz. Ha, ucozdan foydalanish shartlariga roziligingizni «ptichka» qilib tasdiqlang.
  • Tizim, siz kiritgan e-mail pochtaga “tasdiqlash xati” ni jo`natadi. Pochtani ochib, xatdagi ssilkaga bosing.
  • Endi telefon raqamni tasdiqlash kerak. Hohlasangiz, Сделать позже ssilkasiga bosing. Lekin, mening maslahatim, tasdiqlab qo`ygan yaxshi, baribir ish davomida shunga majbur qiladi.
  • Telefon omadli ravishda tasdiqlangandan so`ng, saytingizga tegishli harakatlar boshlanadi. Sayt nomini tanlashingiz lozim. Tizim sizga 3chi darajali domenni tekinga beradi. Ular shunchalik saxiyki, hatto 3 chi darajali domenni ham bir necha turini tanlash mumkin. Tanlab bo`lgandan so`ng, Создать сайт ga bosing va kutib oling, saytingiz tayyor!
  • Endi, saytga tegishli asosiy ma`lumotlarni kirgizing. Saytga nom va dizayn tanlang.
  • Eng qizig`i endi boshlanadi. Saytda ishlatmoqchi bo`lgan modullaringizni tanlang. Men blogni tanladim. Saytim nomi: ucoz.net . Blog ochishga ehtirosim kuchli, meni kechiringlar :).
Buni ham o`qib ko`ring:   Konstruktor tanlashda adashmang!

Finish line!

Tabrilkayman!!!. Siz hozirgina butunjahon o’rgimchak to’rida o’z shaxsiy saytingizga ega bo’ldingiz. Ucoz tizimida saytni boshqarish, mukammalashtirish va shunga o’xshagan qiziqarli ishlar bilan shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, maqola ostida fikrlaringizni kutaman.

 

8 комментариев

  1. Assalomu-alaykum!!! Hurmatli admin iloji bo`lsa ucos.net dan tekinga sayt ochilganidan keyin qanday qilib reklama qo`yib pul ishlash va webmonyni usha saytga ulab pul ishlash haqida ma’lumot bersangiz…. Javobingizni kutaman!!!

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.