URL qisqartiruvchi 5 serviz

Uch narsa kalta bo`lishi kerak : Til, yubka va aforizmlar

Ашот Наданян

Qisqa yo`l bilan tez natija beradigan har qanday harakat, insonlarga g`or davridan beri manzur kelmoqda. Shular qatorida URL qisqartirish servizlari ham katta xizmat qiladi.

URL qisqartirgich nima o`zi ?

https://www.google.ru/search?newwindow=1&biw=1366&bih=657&ei=ySiGWpswhpmTBeu9p_gK&q=%D1%81%D0%B5%D1%80%D0%B2%D0%B8c+%D0%B4%D0%BB%D1%8F+%D1%81%D0%BE%D0%BA%D1%80%D0%B0%D1%89%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D0%B5+%D1%81%D1%81%D1%8B%D0%BB%D0%BE%D0%BA&oq=%D1%81%D0%B5%D1%80%D0%B2%D0%B8c+%D0%B4%D0%BB%D1%8F+%D1%81%D0%BE%D0%BA%D1%80%D0%B0%D1%89%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D0%B5+%D1%81%D1%81%D1%8B%D0%BB%D0%BE%D0%BA&gs_l=psy-ab.3…25509.26493.0.27309.3.3.0.0.0.0.611.1092.4-1j1.2.0….0…1c.1.64.psy-ab..1.0.0….0.-jtQ2xAiNG0

Xo`sh yoqdimi ? http://bit.ly/2o4DFnK Endichi ? Menimcha tushunarli bo`ldi deb o`ylayman. Internet olamida shunday servizlar mavjudki, ular uzundan uzun va xunuk URL larni sizga qisqa, tushunarli va yodda qoladigan qilib qisqartirib berishadi. Ularni URL qisqartirgichlar deb nomlashadi.

Bu servizlar nima uchun kerak ?

Hamma o`z maqsadiga asosan, ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda bu servizlardan foydalanadi. Misol uchun:

  1. Ba`zi saytlarda simvol uchun cheklanish o`rnatilgan( Masalan: Twitter)
  2. Sayt manzilini xotirada saqlab qolish qiyin
  3. Referal ssilkani berkitish uchun
  4. Eng muhimi, qisqa url lar foydalanuvchi ko`ziga chiroyli ko`rinadi

Eng ommabop servizlar

Ayni damda bizning ro`yhatimizda 5 ta eng ommabop va tez ishlaydigan servizlar bor:

 

Bu qanday ishlaydi ?

Bu servizlardan foydalanish juda oson. Misol tariqasida menga eng yoqgan serviz bit.ly dan foydalanamiz.

Eng avvalo https://bitly.com/ saytiga kiramiz .

Maydonga kerakli sahifa URL sini kiritamiz

Serviz sizga shu urlni qisqartirilgan variantini taqdim etadi

Siz har safar ssilka kiritganingizda, serviz ushbu ssilkani maxsus identifikator bilan belgilab o`z bazasida saqlab qoladi. Masalan: http://bit.ly/2EJROQJ. Bunda 2EJROQJ ssilkangiz identifikatori.

Har safar http://bit.ly/2EJROQJ manzili chaqirilganda, serviz shu identifikatorni bazasidan qidirib, shunga bog`langan url manzilga foydalanuvchini yo`naltiradi.

Xulosa

Agar qaysi servizdan ko`proq foydalanasiz deb mendan so`rashganda, albatta bit.ly deb javob bergan bo`lar edim. Lekin, yuqoridagi servizlarni har birini o`ziga yarasha plyus tomonlari bor. Masalan Yandex ning Kliker i. Unda sizga tekinga QR kod ham generatsiya qilib berishadi.

Buni ham o`qib ko`ring:   Blockchain sodda tilda

Menimcha, har bir servizdan o`z maqsadingizga qarab foydalansangiz maqsadga muvofiq bo`lar edi.

 

3 комментария

    1. Assalomu alaykum. Yaxshi fikr. Lekin, URL qisqartiruvchi serviz foydalanuvchini bir manzildan boshqasiga yo`naltiradi holos. Buning uchun uning arzimagan kilobaytlari ketadi.
      Agar ko`pchilik tas-ix qisqartirgichlaridan foydalansa, ssilkaga bosadigan odamlar aldanib qolishlari mumkin. Chunki, serviz tas-ixda joylashgani bilan u yo`naltiradigan manzil tas-ixga tegishli bo`lmasligi mumkin.
      Misol uchun:
      Spaces.ru saytidagi faylni olib, uni tasix servizda ssilkasini qisqartirdik. Sahifaning tasix ekanin tekshiruvchi serviz — ssilka tasix da ekanligidan habar beradi. Menga o`xshagan sodda odam unga bosib faylni tasix bo`lmagan Spaces.ru saytidan yuklab olaman. Natijada, kuygan megabayt va ko`z yoshlar.
      Albatta, bu turdagi servizlarning o`zimida ham mavjudligi katta plyus. Faqat bu servizlarni umuman tasix deb tarif berish kerak emas. Shunchaki, O`zbekistonda ochilgan mahalliy URL qisqartiruvchi serviz deb qo`ya qolishsin.
      Komment judayam qalin bo`lib ketdi. Muhokama uchun mavzu tashlaginingiz uchun tashakkur

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.