Webhamyon nima va u nimaga kerak ?

Internetda biznes bilan shug`ullanmoqchi ekansiz, o`z kapitallaringizni saqlash uchun qulay, ishonchli va sifatli onlayn hamyon servizini tanlashingiz lozim. Mazkur sohada o`zini ko`rsata olgan eng ommabop serviz bu WEBMONEY hisoblanadi. Endi u bilan to`liqroq tanishamiz:

WebMoney – qisqacha ma`lumot

Webmoney onlayn hamyon tizimi sizga — internet olamida tekinga shaxsiy onlayn hamyonga ega bo`lish imkoniyatini beradi. Xizmatlardan foydalanish mutlaqo bepul. Real hayotda xizmat va tovarlarga naqd pul berganingiz kabi, internetda ham to`lovlar – onlayn valyuta da hisob kitob qilinadi.

Webmoney onlayn hamyonidan ro`yhatdan o`tishingiz bilan sizga maxsus kod(identifikator) beriladi. Omma tilida bu WMID deb ataladi. Bu sizning hamyoningiz seriya raqami desa ham bo`ladi. WMID orqali uning egasi haqida cheklangan ma`lumotga ega bo`lish mumkin.

Har bir hamyon maxsus BIZNES LEVEL (BL) ko`rsatikichiga ega bo`ladi. Bu ko`rsatkich hamyon foydalanuvchisi qanchalik ishonchli ekanligidan dalolat beradi. Agar hamyondan aktiv ravishda foydalansangiz va hech kim sizning WMID giz orqali sizga shikoyat qilmasa(aldov, moshenniklik qilmagan bo`lsangiz) sizning BL ingiz oshib boraveradi. Bu esa o`z navbatida siz va ish yuritayotgan odamlar o`rtasida ortiqcha shubha, gumonlarga o`rin qoldirmaydi.

Webmoney hamyonida sizga 5 tadan ortiq xalqaro valyutali hisob raqam ochishga ruxsat beriladi. Lekin, siz ulardan eng ommaboplari – Rubl (WMR) va Dollar(WMZ) dan foydalanasiz. Har bir valyuta hamyoning o`z qisqacha kodi nomi bor:

Rubl – WMR, Dollar – WMZ, WMU – Griven va hk. saqlanadi.

Webmoney servizida bir valyuta hamyonidan ikkinchisiga pulni konvertatsiya qilish mumkin. Konvertatsiya jarayonida ayni damdagi kurslar nisbatidan foydalaniladi. Va albatta har bir konvertatsiyadan foydalanilganda, webmoneyning komissiya haqqi umumiy summadan belgilangan foiz miqdorida yechib olinadi.

 

Webmoney onlayn hamyon qanday ochiladi ?

                Webmoney onlayn hamyoniga ega bo`lish uchun avvalo webmoney tizimidan ro`yhatdan o`tish kerak. Ro`yhatdan o`tish uchun:

  • WEBMONEY saytiga kiramiz va Регистрация bosamiz.
  • Yangi ochilgan sahifada telefon raqamimizni kodi bilan yozamiz va Продолжить ga bosamiz. Unutmang! Ro`yhatan o`tish vaqtida yozilgan telefon raqam keyinchalik hamyon bilan bog`liq operatsiyalarda kerak bo`ladi. Shu sabab, doimiy ishlatadigan raqamingizni yozing.
  • Keyingi sahifada tug`ilgan yilimiz, doimiy ishlatadigan e-mailimiz va maxsus savol tanlab javobini yozishimiz kerak(kod esdan chiqib qolsa, shu kodli savol orqali akkauntni qayta tiklasa bo`ladi)
  • Sahifa yangilanib, kiritilgan ma`lumotlar to`g`ri ekanligini tekshirish so`raladi. Bir ko`zdan kechirib, xatolari yo`q bo`lsa Продолжить ni bosing.
  • Tizim siz kiritgan telefon raqamiga tekshiruv kodini yuboradi. Shu kodni saytga kiriting
  • Endi so`nggi qadam qoldi. Siz kiritgan telefon raqami Webmoneydagi akkauntingiz logini sifatida xizmat qiladi. Endi akkauntingizga unga parol o`ylab toping. Parolni tasdiqlab, rasmdagi CAPTCHA kodini kiriting.
  • Tabriklaymiz, siz omadli ravishda ro`yhatdan o`tdingiz. Siz o`z shaxsiy onlayn hamyoningizga ega bo`ldingiz. Endi login va parol ni terib, o`z profilngizga kiring.
  • Akkauntingizga kirganingizdan so`ng WMID 123456789123 shunga o`xshash yozuvni ko`rasiz. Bu hamyoningizning seriya raqami, uni saqlab qo`ying. Sayt o`z e-mail manzilingizni tasdiqlashni so`raydi. Tasdiqlash uchun Запросить код tugmachasiga bosing. Telefoningizga tasdiqlash kodi keladi, uni saytga kirgizing.
Buni ham o`qib ko`ring:   Telegramda sarmoyasiz pul ishlash

            

Bu hali hammasi emas!  

Webmoneydan to`liq foydalanish uchun hech bo`lmaganda Formal Atestat kerak bo`ladi. Uni qanday olish haqida keyingi maqolamda bayon qilaman. Keyingi maqolada, qanday qilib Formal attestat olish, Xalqaro valyuta xamyonlarini ochish haqida suhbatlashamiz. Maqola borasida muhokamalaringizni, komentariyada kutaman…

2 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.