Webmoneyni naqdlash

Internetda ishlagan pullaringizni ishonchli odamlardan naqdlab olishni istaysizmi ? Tez, oson va ortiqcha muammolarsiz elektron pullarni harid qilishnichi ? Men ham. Shu sabab bu vazifani yechimini topishga kirishib ketdim.

Forumlardan – Onlayn bozorga

Avvallari wap/web masterlar hostingni chetdan ijaraga olishar edi. O`z o`zidan kichik jamiyatda elektron pullarga ehtiyoj sezila boshladi. Talab kuchaygani sari taklifchilarning ketmoni ucha boshladi.

Avvaliga uzmob.uz(rahmatli) forumi keyin uzmasters.ru forumi Webmoney hamyonidagi elektron pullarni savosi bilan shug`ullanishdi. Elektron pullar aylanmasi kichik bo`lgani sabab, Webmoney sotuvchisining hisobiga Paynet orqali pul to`lash yo`li bilan WMR larni sotib olar edik. 1945-yildagi buxankaga navbatda turgandek deya olmaymizu lekin WMR bizda yoki kam yoki qimmat bo`lar edi.

Forumlarda ayyor va yolg`onchi sotuvchilar chinakam musulmonlarning totalizatorda yutib olgan harom pullarini naqdlab beraman deb aldab ketishni boshlashdi(Harom surib ketadi degani shu bo`lsa kerak). Forum ham ishonchdan chiqdi. Lekin, bir hikoyani tugashi keyingisini boshlanishiga sabab bo`ladi deganlaridek:

WMZTASHKENT.COM – Norasmiy elektron valyutaning onlayn bozori

 

Wmztashkent.com sayti men uchun qutqaruv balonchasi kabi ta`sir qildi. Sodda, tushunarli va muhimi ISHONCHLI.

Ishonchli ekanini qayerdan bilding dersiz balki. Bir joyim bilan sezdim. Agar saytga kirib bosh sahifasiga yaxshilab nazar solsangiz : belgisi bor. Bu nishonga ega bo`lgan sotuvchilar sayt rahbarlari ishonchiga kirgan yoki hali qo`lga tushmagan o`g`rilar bo`lishi mumkin. Hazil albatta, bu odamlardan cho`chimasdan elektron pullarni sotib olishingiz mumkin.

Saytda Webmoney, Qiwi hatto kriptavalyutalar savdosi bilan shug`ullanadigan odamlar ham bor.

Qanday sotib olinadi yoki sotiladi ?

Mazkur saytda sotuvchilar o`zlaridagi elektron pullarni e`lon berish orqali sotishadi. Shu sabab, sotib olish uchun kerakli sotuvchi bilan telefon yoki telegram orqali bog`lansangiz kifoya.

Buni ham o`qib ko`ring:   Wmmail.ru - Mening ilk dollarim

E`lon berish uchun saytdan ro`yhatdan o`tishingiz lozim.

Yangi e’lonlardan doimo habardor bo’lib turish uchun maxsus telegram kanal ham bor.

Xulosa:

Bugungi maqola abort bo`lgan go`dak taqdiridek qisqa bo`ldi shu sabab mendan hafa bo`lmaysizlar degan umiddaman. Bu maqola hayotingizda uchratgan eng qisqa narsalarning eng foydalisi bo`lib qo`ladi deb o`ylayman.

4 комментария

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован.